O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet219/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Gepatoprotektor vositalar
Bu guruhga gepatotsitlar membranasini mustahkamlovchi, patologiyada ularni qayta tiklanishini ta’minlovchi dori vositalar kiradi. Ma’lumki, membranalarning funksional holati va ularda joylashgan ferment sistemalarining faolligi ko‘p jihatdan fosfolipidlarning tarkibi va miqdoriga bog‘liq. Gepatoprotektorlar ta’sirida jigar hujayralarning harxil turdagi zaharli toksik moddalar va omillarga qarshi turish qobiliyati ortadi. Bir vaqtning o‘zida jigarda reparatsiyali regeneratsiya, oqsil sintezi , safro hosil qilish, yutish va ajratish jarayonlari kuchayadi, distrofiya va sitoliz jarayonlari kamayadi. Ko‘pgina gepatoprotektorlarning ta’sir mexanizmi erkin radikallar hosil bo‘lishini kamaytirish, antioksidant sistemaning tarkibiga kiruvchi fermentlar (superoksid-dismutaza, katalaza), glutation va boshqa birikmalar miqdorini oshirish, DNKga bog‘liq RNK polimeraza faolligi kuchayishi tufayli oqsil sintezi ortishi bilan bog‘liqdir.
Essensiale (Essentiale) – tarkibida fosfolipidlar, to‘yinmagan yog‘ kislotalari (linolev-70%, linolen, olien kislotalari) piridoksin NCl, sianokobalamin, nikotin­amid, riboflavin, tokoferol, tiamin va xokazolar bor. Jigarning zararsizlantirish, uglevod va yog‘ almashinuvidagi ishtirokini yaxshilaydi. RNK va DNK biosintezi me’yorlashadi, gepatopitlarning turli omillar ta’sirida jarohatlanishini oldini oladi. Transaminazalar faolligini, bilirubin miqdorini qonda kamaytiradi. Gepatotsitlarni yog‘lar bilan infiltratsiyasini susaytiradi, chunki jigar parenximatoz faktornni (PXF) hujayra membranasidagi lipidlar qavatiga kiritadi. Parenteral (tomirga tomchilab) va enteral yo‘l bilan qo‘llaniladi .Davolash sxema asosida 14 kundan 6 oygacha davom etadi.
Ko‘rsatmalar: o‘tkir va surunkali gepatitlar, distrofiyalar, jigar sirrozi, qandli diabetda jigar funkatsiyasini yaxshilash uchun, alkogolizm ,nurlanish xastaligi va boshqalar. Noxush ta’siri: ba’zida dispepsiya (ichilganda), SOE ortib ketishi.
Legalon (karsil) – o‘simliklardan ajratilganda flavonoid modda. Tarkibida uchta izomer birikma mavjud: slibin, silidianin, silixristin. Uchchalasining umumiy nomi «silimarin» deb ataladi. Gepatoprotektorlik ta’siriga ega. Dori vositaning 80% glyukuron va sulfat kislotasi bilan bog‘langan holda safro tarkibida ajraladi. Ichakdan tahminan 20% qayta so‘riladi va jigar-ichak doirasida aylanish hosil qiladi. Dori vositaning katta miqdori jigar va buyrakda to‘planadi (boshqa a’zolarda yo‘q darajada) 24 soat davomida dori vositaning tahminan 6% peshob tarkibida ajraladi. Ichilgandan keyin dori vositaning qonda maksimal konsentratsiyasi 0,5 soatdan keyin bo‘ladi. T½tahminan 6 soat. Safro tarkibida 2 soatdan keyin maksimal konsentratsiyada ajraladi. Dori vositaning tahminan 40% ichakdan tez rezorbsiyalanadi. Legalonning ta’sir mexanizmi uning membrana stabilizatorlik xossasi bilan bog‘liq.
Ko‘rsatmalar: essensialennikiga o‘xshagan.
Noxush ta’siri: allergik reaksiyalar.
Siliboro‘simlikdan olingan flavanoidlar aralashmasi. Xuddi legalonga o‘xshash dori vosita.
Liv-52 – bir qancha o‘simliklarning sharbati va qaynatmasidan ajratilgan quruq moddalar aralashmasi. Jigar funksiyalarini yaxshilaydi, gapatotsitlarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi, ularning regeneratsiyasini oshiradi, jigarni yog‘li infiltratsiyasini oldini oladi, jigarda oqsil sintezini me’yorlashtiradi, ishtahani va ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Ichakning evakuator funksiyasini yaxshilab, meteorizmni bartaraf etadi. Dori vosita tabletka shaklida ichiladi. Ko‘rsatmalar: essensiale kabi, hamda anoreksiya, ozib ketish, diabet. Noxush ta’siri: Layella sindromi.
Vitogepat – qoramol jigaridan tayyorlangan dori vosita.
Sirepar – jigarning oqsilsiz gidrolizati.
Vigeratin – jigarning liofillangan ekstrakti va pankreatindan iborat dori vosita. Oxirgi uchta dori vositalar ham gepatoprotektorlik xossasiga ega.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish