O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet221/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Surgi vositalarining tasnifi:

  1. Neorganik moddalar – tuzlardan iborat surgi vositalari magniy sulfat, natriy sulfat, tabiiy va sun’iy karlovar tuzi.

  2. Organik birikmalar

  1. O‘simliklardan olinadiganlari:

  1. o‘simlik moyi – (kastor moyi) kanakunjut moyi

  2. tarkibida antraglikozidlari bo‘lgan dori vositalar: Tog‘jumrud po‘stlog‘ining ekstraktlari , rovoch ildizi, sano barglari.

  1. Sintetik vositalar: fenoftallin, izafenin.

Magniy sulfat, natriy sulfat (tabiiy va sun’iy karlovar tuzi). Ushbu dori vositalar kuchli va anchagina tezroq ta’sir etib ichni suradi. Odatda dori vositalarni 1-2 stakan suv bilan ichiladi, ta’siri tahminan 3-6 soatdan keyin yuzaga chiqadi.
Ta’sir mexanizmi: dori vosita MITdan yomon so‘rilganligidan (tahminan 20%) so‘riladi) ichakda osmotik bosimni oshiradi va ichakdagi najas va ichak shirasining suyuq qismini reabsorbsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Natijada ichak bo‘shlig‘idagi suyuqlik (suv, ichak shirasi) so‘rilmay najas hajmini oshiradi. Bunda ichak devori taranglashadi, undagi mexanoretseptorlar qo‘zg‘aladi va ichak peristaltikasi reflektor kuchayadi (6g. magniy sulfat tuzi 100 ml. suvni ushlab qoladi). Bir vaqtning o‘zida ichak devori taranglashishi uning shilliq qavatlarida xoletsistokininni sekretsiyasini kuchaytiradi, u esa nafaqat ichak peristaltikasini, balki MITdan qon aylanish tezligi, bezlar sekretsiyasini,o‘t pufagini qisqarishini oshiradi, oddiy sfinkterini bo‘shashtiradi, safroni oqishini kuchaytiradi. Tuzlardan iborat surgilar ichakning ma’lum qismiga emas, balki hamma qismlariga ta’sir ko‘rsatadilar.
Qo‘llanilishi: safro haydash, surgi vositasi sifatida, ichakni tekshirishdan oldin tozalash uchun, gijjaga qarshi vositalarni qo‘llashda, o‘tkir zaharlanishlarda, duodenumni zondlashda.
Noxush ta’siri: ko‘ngil aynash, qayt qilish, poliuriya, ichak yallig‘lanishini kuchayishi. Magniy sulfat MNS faoliyatini susaytiradi, AD pasaytiradi, miorelaksatsiya rivojlantiradi. Hayz ko‘rish davrida, buyrak faoliyatini buzilishlarida, homiladorlik, o‘tkir gastroenterokolitlarda qo‘llash mumkin emas . Tarkibida dag‘al to‘qimalar ko‘p bo‘lgan poliz ekinlari, mevalar, karam, sholg‘om, lavlagi, sabzi, trup, qovoq, o‘rik, olxo‘ri, qovun, tarvuzlar va ko‘katlar (ukrop, kashnich, ko‘k piyoz) ham qabziyatlarda yaxshi natija berishi mumkin. Chunki ular tuzlar kabi ichakdan suvni shimilishini kamaytirib, najas hajmini oshiradilar va peristaltikani kuchaytiradilar. Gidrofilligi yuqori bo‘lgan metilsellyuloza, agar-agar, zig‘ir urug‘i, dengiz karami ham ich surish xossasiga egadirlar. Lekin ushbu dori vositalarning surgi ta’sir kuchi tuzlarinikidan ancha sustdir.
Kanakunjut moyi (Oleum Ricini) ushbu dori vosita kanakunjut urug‘idan ajratilgan toza yog‘dan iborat. Ichilganda 12-barmoqli ichakda lipaza ta’sirida glitserin va ritsinol kislotasiga parchalanadi. Ritsinol kislotasi esa ichakdan suv va elektrolitlarni so‘rilishini susaytiradi. Najas hajmi ortadi. Bundan tashqari ritsinol kislotasi ichak shilliq qavatidagi retseptorlarni qo‘zg‘atib, peristaltikani kuchaytiradi. Parchalanmagan moy va hosil bo‘lgan glitserin ichakning ichki devoriga najasni ishqalanishini kamaytiradi va harakatini osonlashtiradi. Dori vosita ta’siri ichilgach 2-6 soatdan keyin boshlanib, tahminan 6 soat davom etadi.
Qo‘llanilishi: qabziyat, ichakni rentgenologik tekshiruvidan oldin tozalash. YOg‘da eruvchi moddalar bilan zaharlanganda qo‘llash mumkin emas (kerosin, benzin, benzol, erkak paporotnigi)
Noxush ta’siri: qayt qilish, qorinda og‘riq, bachadonni reflektor qisqarishi, gipokaliemiya. Davomli qo‘llanganda ozuqa vositalarini so‘rilishini va ovqat hazm bo‘lishini buzadi.
Tozalangan vazelin moyi – ichakda najasni o‘rab olib uni surkalishini va harakatini osonlashtiradi. MITdan so‘rilmaydi. SHu sababli unda erigan zaharlar ham so‘rilmaydi. Surunkali qabziyatlarda, yog‘da eruvchi moddalar bilan zaharlanganda qo‘llaniladi. 1-2 osh qoshiq ichiladi (emulsiya sifatida).
Rovoch ildizi - tabletkalari (Tab. radicis Rhei )
Tog’ jumrut po‘stlogining suyuq ekstrakti ( Extr. Frangulae fluidum )
Sano bargi (Infusum foliorum Sennae)
Senadeksin (sano bargini fiziologik faol moddalaridan iborat tabletka).
Tisasen (dr. 10 mg. sennozidlar A va B bor, xuddi senodeksinga o‘xshash dori vosita).
Ushbu o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalar tarkibida antroglikozidlar bor. Ichilgandan so‘ng qonga so‘riladi. Jigarda antroglikozidlarning qandsiz qismidan emodin, xrizofan kislotasi va antraxinon hosilalari hosil bo‘ladi. Ular esa yo‘g‘on ichak introretseptorlarini qo‘zg‘atib, yo‘g‘on ichak mushaklarining qisqarishi kuchaytiradilar. Ingichka ichak peristaltikasiga ta’sir ko‘rsatmaganliklari uchun ovqat hazm bo‘lish va so‘rilish jarayonlarini buzmaydi. Ushbu dori vositalarning ta’siri 8-10 soatdan so‘ng boshlanadi. Antraxinon hosilalari peshob, sut va ter orqali ajraladi (kislotali muhitda sariq rangga, ishqoriy muhitda qizil rangga bo‘yaydilar). Bu dori vositalarni asosan qariyalarda, yo‘g‘on ichak atoniyasi tufayli yuzaga kelgan qabziyatlarda qo‘llaniladi. Davomli qo‘llanilganda gipokaliemiya, ichakning shilliq, hatto mushak qavatlarini jarohatlanishi, jigar funksiyasi buzilishi mumkin.
Fenolftalien – sintetik birikma. Ingichka ichakdan so‘rilib, yo‘g‘on ichakda ajraladi va uning shilliq qavatidagi K+, Na+ ATFazalarini bloklaydi. Natijada Na+ va suvning so‘rilishi kamayadi. Najasning hajmi ortadi. Bir vaqtning o‘zida yo‘g‘on ichak silliq mushaklarida Sa++ ionlarining faolligi ortib, ichakning qisqarish kuchi ortadi. Dori vositani ovqatdan oldin ichiladi, ichakning ishqoriy muxitida eriydi, qonga faqat 15 % gina so‘riladi, ya’ni aksariyat ko‘p qismi ichakda qoladi. Ichni surish ta’siri 6-8 soatdan keyin boshlanadi tahminan bir kun davom etadi.
Noxush ta’siri: ichak kolikasi, taxikardiya, nafasni buzilishi, allergik reaksiyalar, ba’zan kollaps, gipokaliemiya. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berish mumkin emas.
Izafenin – ta’siri fenolftalienga o‘xshash, lekin ta’siri kuchliroq, kam zahar. Ichakda parchalanadi: dioksifenil izatin hosil bo‘ladi, u esa ich surish xossasiga ega. Ta’siri kechroq boshlanadi (8-12 soatdan keyin).
Bisakodil – yo‘g‘on ichakda shilliq ajralishini kuchaytiradi. Natijada najas yumshaydi, hajmi ortadi va reflektor peristaltika kuchayadi. Ta’siri 5-6 soatdan keyin boshlanadi (shamchalariniki 15 minut-2 soatdan keyin). Homilador va emizuvchi ayollarga berish mumkin.
Noxush ta’siri: qorinda ba’zan spastik og‘riq, eshak emi, prostatit (shamchalarni ko‘p ishlatsa). Qabziyatni davolashda qo‘llanadigan dori vositalarga o’rganib qolish rivojlanishini oldini olish uchun ularni tez-tez almashtirib turish kerak.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish