9.5.Me’da osti bezining ekskretor funksiyasi buzilganda qo‘llaniladigan vositalar
Ovqat mahsulotlarining ichakda parchalanib, hazm bo‘lishida me’da osti bezidan ajralib chiquvchi fermentlarning (proteolitik-tripsin, ximiotripsin, kollagenoza; amilolitik, alfa va gamma-amilaza; lipolitiklipaza) ahamiyati katta. Shu sababli me’da osti bezining o‘tkir va surunkali xastaliklarida ushbu bez faoliyatini boshqarish zaruriyati tug‘iladi. Hozirgi vaqtda me’da osti beziga ta’sir etuvchi vositalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Pankreas bezi faoliyatini kuchaytiruvchi: sekretin, xoletsistokinin
Pankreas bezi fermentlarini susaytiruvchi: pantripin, gordoks, ingitril (kontrikal), traskolan
Pankreas bezi mahsuloti o‘rniga ishlatiluvchi vositalar: pankreatin, panzinorm, festal,mezim, oraza, nigadaza va boshqalar.
Sekretin (27 aminokislotadan iborat peptid), kamroq darajada xoletsistokinin, ichak gormonlari bo‘lib, me’da osti bezi faoliyati sekretsiyasini kuchaytiradilar. Ikkala dori vosita ham so‘yilgan cho‘chkaning 12-barmoqli ichak qavatidan ajratib olinadi. Sintetik yo‘l bilan ham olingan. Asosan tashxis qo‘yish maqsadida qo‘llaniladi. Parenteral yo‘l bilan kiritiladi.
Me’da osti bezi fermentlarini faolligini susaytiruvchi vositalarga antiferment dori vositalari kiradi. Ular asosan proteolitik fermentlar faolligini susaytirib, biologik faol polipeptidlarni ajralishini to‘xtatadilar (M-n: kininlar, kalidin, bradikinin), hamda kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytirish hisobiga shishni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladilar. Natijada og‘riqni, nekroz rivojlanishi, zaharlanishni, yallig‘lanishini bartaraf etib karaxtlik darajasini va o‘limni kamaytiradilar. Asosan o‘tkir va surunkali pankreatitlarda, giperfibrinoliz tufayli yuzaga kelgan qon ketishlarda qo‘llaniladilar.
Pantripin (Pantrypinum) va gordoks (Gordox) dori vositalari ham so‘yilgan qoramol me’da osti bezining ekstrakti bo‘lib, polipeptid zanjirlaridan iborat proteolitik fermentlar: tripsin, ximotripsin, kallikrein, plazmin va boshqalar faolligini bartaraf etadilar va shu tufayli autoliz jarayonini to‘xtatib, og‘riq va yalig‘llanishni kamaytiradi, hamda o‘tkir pankreatining nekroz, absesslar va peritonit kabi asoratlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Qo‘llashga ko‘rsatmalar: o‘tkir va qaytalanuvchi pankreatitlar, operatsiyadan keyingi nospetsifik o‘tkir parotit, har turli karaxtliklar, to‘qimalarning keng va chuqur jarohatlanishlarida, koagulopatiyalar va birlamchi giperfibrinolitik qon ketishlarda. qorin bo‘shlig‘i a’zolarining operatsiyalaridan (ayniqsa me’da osti bezining atrofida) keyingi davrda rivojlanadigan pankreatitlarni oldini olish uchun.
Noxush ta’siri: allergik reaksiyalar, dispepsiya, individual o‘zlashtira olmaslik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Allergiya, tromboflebitlar, anafilaktik shok.
Kontrikal (Contrykal) va ingitrilin (Ingitilum) Ushbu ikkala dori vosita ham, so‘yilgan qoramollarning o‘pkasidan ajratib olinadigan polipeptid.
Ta’siri, qo‘llashga ko‘rsatmalar, noxush ta’siri xuddi pantripinnikiga o‘xshash, ya’ni proteolitik fermentlar faolligini susaytiradi.
Traskolan (Trascolanum) – yuqorida keltirilgan dori vositalarga o‘xshash proteazalar ingibitori. Pankreas bezi mahsulotlari o‘rniga, ushbu bezning faoliyati keskin susayib ketgan holatlarda, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash maqsadida quyidagi dori vositalar ishlatiladi.
Pankreatin (Pancreatinum) – so‘yilgan qoramollarning me’da osti bezidan olinadi. Tarkibida tripsin va amilaza fermentlari bor. Ichakning ishqoriy sharoitida kraxmalni va oqsillarni parchalaydilar. Ovqatdan oldin ichiladi. Davolash 1-2 oy davom etadi.
Ko‘rsatmalar: surunkali gastroduodenit, pankreatit, gepatoxoletsistit va boshqa ovqatni hazm bo‘lishi susaygan holatlarda.
Noxush ta’siri: allergiya.
Festal (Festal) – tarkibida me’da osti bezi fermetlari va safro tarkibiga kiruvchi moddalar bor: (lipaza va amilaza , proteaza, gemitsellyuloza, safro komponentlari). Ichakning ishqoriy sharoitida oqsillar va uglevodlarni parchalab, so‘rilishini ta’minlaydi.
Ko‘rsatmalar: me’da osti bezining tashqi sekretsiyasi yetishmovchiligi, surunkali pankreatit, gastroenterit, qarilarda ovqat hazm bo‘lishini susayishi, infeksiyalardan keyingi kolitlar, spru, operatsiya va antibiotik(sulfanilamid)larni qo‘llagandan keyin rivojlanuvchi ovqatni hazm bo‘lishini buzilishlarida.
Noxush ta’siri yo‘q, lekin dori vositaning tarkibiy qismlariga allergiya bo‘lsa qo‘llash mumkin emas.
Oraza (Orazum) – granulalari ovqatlanishdan oldin yoki u bilan birgalikda ichiladi. Me’da kislotasiga chidamli bo‘lgan proteolitik va amilalitik fermentlar kompleksidan iborat (amilaza, maltaza, proteaza, lipaza). Aspergiltus oryzae-zamburug‘ining kulturasidan olinadi. Me’dada parchalanmaydi, ichakning ishqoriy muhitida eriydi. Ichakda ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Ichak mushaklari tonusini pasaytiradi, spazmolitik xossaga ega. Davolanish boshlangandan 4-5 kun keyin dispepsiya, og‘riq va ich ketishlar bartaraf bo‘ladi.
Ko‘rsatmalar: festalniki kabi.
Noxush ta’sirlari: deariya bo‘lgan bemorlarda ba’zan ich ketishi kuchayishi mumkin. Davolash 2-4 hafta davom etadi.
Panzinorm forte (Panzyronum forte) – tarkibi me’da shilliq qavatining ekstrakti, qoramol safrosining quruq ekstrakti, pankreatin va aminokislotalarning xlorid kislota tuzlaridan iborat. 1 ta tabletkaning ferment faolligi quyidagicha: lipaza-6000 ME, Tripsin-450 ME, ximotripsin-1500 ME, amilaza-7500 ME. Panzinorm forte kuchli faollilikga ega, turg‘un poliferment dori vositai bo‘lib, ovqat hazm bo‘lish jarayonini me’da va ichakda kuchaytiradi. Ta’sir kuchi ayniqsa kuchsiz nordon sharoitda yuzaga chiqadi. Ya’ni dori vosita ham me’da, ham ichakda ferment yetishmasligi tufayli rivojlanadigan ovqat hazm bo‘lish jarayonini buzilishlarini bartaraf etadi. Dori vosita safro, me’da, me’da osti bezi va ichak fermentlarini kuchaytiruvchi moddalar saqlaydi. Tabletkalar shunday tayorlanganki, undagi fermentlar asta-sekin, o‘zlarining optimal fiziologik ta’sirlarini rivojlanish darkor bo‘lgan joylarda ajraladi. Jumladan, dori vosita tarkibidagi safro ekstraktida o‘t kislotalari bo‘lib, yog‘larni hazm bo‘lishini kuchaytiradi, me’da osti bezidan lipazani va proteazani ajralishini oshiradi. Bu esa 12-barmoqli ichakda ovqat hazm bo‘lishi jarayonini kuchaytiradi. Dori vosita tarkibidagi me’da shilliq qavatining ekstrakti tarkibida yuqori proteolitik faollikka ega bo‘lgan pepsin va katepsin hamda peptidlar va aminokislotalar bo‘lib, ular gastrinni ajralishini hamda me’da bezlarini stimullab, HCl kislotasining ajralishini kuchaytiradi. Dori vosita tarkibida barcha essensial aminokislotalar bo‘lib, ular me’da, me’da osti bezi va ingichka ichak shiralarini ajralishini, hamda dori vositadagi pepsinni turg‘unligini oshiradi. Dori vositaning birinchi qavati me’da shirasi ta’sirida erib, undan pepsin, katepsin va aminokislotalar ajraladi, ichakda esa dori vositaning qolgan ichki qismi eriydi va pankreatin hamda qoramol safrosi esktrakti ajraladi. Ya’ni dori vositaning tarkibiy qismlari kerakli joyda o‘z ta’sirini namoyon etadi. Yaxshi tarafi shundaki panzinormning tarkibidagi moddalar nafaqat yetishmagan fermentlar o‘rnini bosadilar, balki ularni ajralishini ham kuchaytiradilar.
Ko‘rsatmalar: ovqat hazm bo‘lishini buzilishi (kekirish, meteorizm, qorinni dam bo‘lishi) va pankreatinga bo‘lgan ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi.
Noxush ta’sirlari yo‘q.
Solizim (Solizymum) – bu penicillinum solitum dan olinadigan lipolitik ferment. Nigidazaga o‘xshab qo‘llaniladi: ovqat bilan yoki undan keyin 2 tab. 3 mahal 2-4 hafta ichiladi.
Nomi
|
Kattalar uchun o’rtacha terapevtik dozasi va qo’llash usuli
|
Chiqarilish shakli
|
Me’da bezlari funksiyasi buzilganda foydalaniladigan vositalar
|
Pepsin – Pepsinum
|
Ichishga 0,2-0,5g
|
Kukun
|
Pirenzepin – Pirenzepine
|
Ichishga 0,05g; vena ichiga va mushak orasiga 0,01g
|
Tabletka 0,025 va 0,05g; ampula 2ml 0,5%li
|
Ranitidin – Ranitidine
|
Ichishga 0,15g; vena ichiga va mushak orasiga 0,05g
|
Tabletka 0,15; 0,2 va 0,3g; ampula 5ml 1%li
|
Omeprazol – Omeprazole
|
Ichishga 0,02-0,04g
|
Kapsula 0,01 va 0,02g; tabletka 0,01; 0,02 va 0,04g
|
Antatsid vositalar
|
Natriy gidrokarbonat – Natrii hydrocarbonas
|
Ichishga 0,5-1g
|
Tabletka 0,3 va 0,5g
|
Magniy oksid – Magnesii oxydum
|
Ichishga 0,25-1g
|
Kukun; tabletka 0,5g dan
|
Kalsiy karbonat so’ndirilgan – Calcii carbonas praecipitatus
|
Ichishga 0,25-1g
|
Kukun
|
Alyuminiy gidroksid – Aluminii hydroxydum
|
Ichishga 0,5g; 1-2 choy qoshiqdan 4%li suspensiya holida
|
Kukun, tabletka 0,5g dan
|
Qayt qildiruvchi qayt qilishga qarshi vositalar
|
Apomorfin gidroxlorid – Apomorphini hydrochloridum
|
Teri ostiga 0,002-0,003g
|
Kukun; ampula 1ml 1%li
|
Metoklopramid – Metoclopramid
|
Ichishga 0,01g; mushak orasiga va vena ichiga 0,01g
|
Tabletka 0,01gdan; ampula 2ml, 0,01g dori vosita saqlagan
|
Tietilperazin – Thiethylperazinum
|
Ichishga va rektal 0,0065g; vena ichiga va mushak orasiga 0,0065-0,013g
|
Draje 6,5mgdan; svecha 6,5mgdan; ampula 1mldan
|
Etaperazin – Aethaperazinum
|
Ichishga 0,004-0,01g
|
Tabletka qobiq bilan qoplangan 0,004; 0,006 va 0,01g
|
Ondansetron – Ondansetron
|
Ichishga 0,002-0,004g; vena ichiga 0,008g
|
Tabletka 0,004 va 0,008g; ampula 2 va 4ml dan (1ml da 0,002g perparat)
|
Gepatoprotektorlar
|
Ademetionin – Ademethionin
|
Ichishga va vena ichiga, 0,4g
|
Tabletka 0,4gdan; flakon 0,4g liofil poroshok saqlagan inyeksiya uchun
|
Legalon – Legalon
|
Ichishga 1ta drajedan kuniga 3 mahal; 10mldan kuniga 4 mahal
|
Draje (legalon-70), suspenziya (legalon-140)
|
O’t haydovchi vositalar
|
‘‘Xolenzim’’ tabletkalari – Tabulettae ‘‘Cholenzymum’’
|
Ichishga 1ta tabletkadan
|
Tabletka
|
Xolosas – Cholosasum
|
Ichishga 1choy qoshiqdan
|
Flakon 140 va 300mldan sirop
|
Papaverin gidroxlorid – Papaverini hydrochloridum
|
Ichishga 0,04g; teri ostiga, mushak orasiga va vena ichiga 0,02-0,04g; rektal 0,02g
|
Tabletka 0,04g dan; ampula 2ml 2% li; shamcha rektal 0,02g dan
|
Oksofenamid – Oxaphenamidum
|
Ichishga 0,25-0,5g dan
|
Tabletka 0,25 va 0,5gdan
|
Me’da osti bezining ekskretsiya funksiyasi buzilganda qo’llanuvchi vositalar
|
Pankreatin – Pancreatinum
|
Ichishga 0,5-1g dan
|
Kukun; tabletka 0,25 va 0,5g dan
|
Ich yumshatuvchi vositalar
|
Natriy sulfat- – Natrii sulfas
|
Ichishga 15-30g (yarim stakan suvda)
|
Kukun
|
Magniy sulfat – Magnii sulfas
|
Ichishga 10-30g (yarim stakan suvda)
|
Kukun
|
Kanakunjut moyi – Oleum Ricini
|
Ichishga 15-30g
|
Flakon 30 va 50gdan; kapsula elastik jelatinli 0,5 va 1gdan
|
Reven tabletkasi – Tabulettae radicis Rhei
|
Ichishga 0,5-2g
|
Tabletka 0,3 va 0,5g dan
|
– Extractum Frangulae fluidum
|
Ichishga 20-40 tomchidan
|
Flakon 25ml dan
|
– Extractum Sennae siccum
|
Ichishga 1-3 tabletkadan
|
Tabletka
|
Bisakodil – Bisacodyl
|
Ichishga 0,005-0,015g; rektal 0,01-0,02g
|
Tabletka, draje 0,005g dan; rektal shamcha 0,01g dan
|
Izafenin – Isapheninum
|
Ichishga 0,01-0,015g
|
Kukun; tabletka 0,01gdan
|
Makrogol 4000 – Macrogol 4000
|
Ichishga
|
Kukun (10g paketchada)
|
Mezim forte (Mezym forte) – drajee. Tarkibida 140 mg.pankreatin, 4200 ED amilaza, 3500 ED lipaza va 250 ED proteaza bor.
Farmakologik ta’siri penzinorm va festalga o‘xshash.
Nigedaza (Nigedasa) – Nigella damascena o‘simligining urug‘idan ajratib olingan lipolitik ferment dori vositai. Safro kislotalari bo‘lmasa ham o‘simlik va hayvon yog‘larini gidrolitik parchalaydi. Tabletkalarning qobig‘i undagi fermentlar faolligining nafaqat normal, balki yuqori kislotalik muhitda ham saqlaydi.
Ko‘rsatmalar: yosh kattalashishi bilan bog‘liq duodenal shiraning lipolitik faolligini kamayishida, hamda panzinorm va festalni qo‘llash lozim bo‘lgan xastaliklarning barchasida, steatoreyada.
Noxush ta’siri: surunkali kolitlarda ba’zan qorinda og‘riq bo‘lishi mumkin. Ovqatdan 10-30 daqiqa oldin 1-2 tabletka kuniga 3 martadan 3-4 hafta ichiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |