O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet215/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Qusish markazi

Oshqozon,
ingichka ichak

Katta yarimsharlar po’stlog’i

Miyacha

Noxush ta’siri: quloq shang‘illashi, og‘iz qurishi, katta dozalarda parkinsonizm belgilari yuzaga keladi. Dori vositani ichish, tomirga va mushaklarga kiritish mumkin.


Tietilperazin (torekan) – fenotiazin unumi, qayt qilishga qarshi kuchli ta’sir etadi. qayt qilishni boshlovchi sohadagi dofamin retseptorlari bilan bir qatorda ushbu dori vosita qayt qilish markazini bevosita bloklaydi. SHu sababli u qusishga qarshi universal dori vosita hisoblanadi.
Noxush ta’sirlari: ba’zan og‘izni qurishi, uyquchanlik, taxikardiya, gipotoniya, davomli qo‘llanilganda-parkinsonizm belgilari rivojlanadi. Etaperazin, triftazin, galoperidol qusishni boshlovchi sohasidagi dofamin retseptorlarini bloklab, qayt qilishni to‘xtatadilar.
Shu sababdan ushbu 3 la dori vosita qayt qilishni boshlovchi sohani qo‘zg‘atib, qusishni rivojlantiruvchi vositalar (angishivonagul glikozidlari, apomorfin va boshqalar) ta’sirini bartaraf etadilar. Bundan tashqari operatsiyadan keyingi davrda, nurlanish xastaligi va homiladorlik toksikozlaridagi qayt qilishni ham daf etadilar. Lekin «chayqalish» tufayli yuzaga keluvchi qusishda ular samara bermaydilar.
Ondansetron (zofran) – markaziy va periferik nerv sistemasidagi 5 - NT3 serotonin retseptorlarini bloklovchi qusishga qarshi vosita.
Ta’sir mexanizmi: periferik to‘qimalarda adashgan nervning serotoninga sezgir retseptorlariga, serotoninning faollashtiruvchi ta’sirini bartaraf etadi. MNS da esa qayt qilish markazi bilan bog‘liq adashgan nerv oxirlaridagi 5 - NT3 retseptorlarining presinaptik membranasini bloklaydi. Ushbu dori vosita asosan havfli o‘smalarni ximioterapiyasi va nurlanish xastaligida yuzaga keluvchi qusishni oldini olish va bartaraf etishda qo‘llaniladi. Parenteral va enteral yo‘l bilan kiritiladi. Metoklopramiddan dofamin retseptorlarini bloklamaganligi va shu tufayli ekstrapiramid sistemasi tomonidan o‘zgarishlar chaqirmasligi bilan farq qiladi.
Noxush ta’siri: kamdan-kam hollarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qabziyat chaqiradi.
Tropisetron (navoban) – 5 NT3- seronin retseptorlarini bloklaydi. MITdan tez so‘riladi. Ta’siri tahminan 1 kun davom etadi. Asosan havfli o‘simtalar ximioterapiyasida qayt qilishga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Noxush ta’siri: bosh og‘rig‘i, bosh aylanish, dispepsiya, gipertenziya, kamdan-kam hollarda gallyusinatsiya rivojlanadi.
Glyukokortikoidlar (deksametazon) ham qayt qilishni bartaraf etish xossasiga egadirlar.
Qayt qilishni to‘xtatish va uni oldini olishda, quyidagilarni yodda tutish lozim: davomli qayt qilish organizmda suvsizlik (suvni ko‘p yo‘qotish tufayli), alkaloz, gipokaliemiya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Buni oldini olish uchun qayt qilishga qarshi vositalar bilan bir qatorda qo‘shimcha vitaminlar (V1, V6, V12), insulin, osh tuzining izotonik eritmasi va glyukoza parenteral yo‘l bilan yuboriladi.


Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish