O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Me’da motorikasiga ta’sir etuvchi vositalar



Download 30,26 Mb.
bet213/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Me’da motorikasiga ta’sir etuvchi vositalar


Bu guruh vositalar ikkiga bo‘linadilar:

  1. Prokinetik vositalar (me’da motorikasini kuchaytiruvchilar): metoklopramid, sizaprid, domperidon. Ular asosan me’dadan ovqat massasini evakuatsiyasi susayganda va gastroezofagal refleksda qo‘llaniladi.

  2. Antikinetik vositalar (me’da motorikasini susaytiruvchilar): xolinoblakatorlar: m-xolinoblokatorlar, ganglioblokatorlar, buskopan, probantin, spazmolitiklar: papaverin, no - shpa

Qayt qildiruvchi va qayt qilishni to‘xtatuvchi vositalar
Qayt qilish (qusish) murakkab reflektor jarayon bo‘lib, uni amalga oshishida ko‘pgina guruh mushaklari qatnashadi (me’da, ingichka ichak, diafragma, qorin bo‘shlig‘i devori va boshqalar). Qayt qilish markazi har xil ta’sirotlar natijasida qo‘zg‘alganda qusish rivojlanadi. Masalan: jirkanch ko‘rinish, hid, ta’m. Bundan tashqari vestibulyar apparatni ta’sirlanishi yoki turli xil introretseptorlarlarni qo‘zg‘alishi ham qayt qilishni rivojlantiradi. Bosh miyaning IV qorinchasi tubida maxsus xemoretseptorli zona bo’lib, boshlovchi zona (trigger zone) deb ataladi (5.-rasm). Ushbu zona qayt qilish markazi bilan bog’langan bo‘lib, uning qo‘zg‘alishi qayt qilishni boshlanishiga sabab bo‘ladi. Tigger zona neyronlarida dofamin D2-retseptori, serotonin 5HT3-retseptori va M1- xolinoretseptorlardan joylashgan. Ko‘pincha qayt qildiruvchi moddalar, ana shu retseptorlarni qo‘zg‘atib, bevosita yoki reflektor yo‘l bilan qusishga olib keladilar. Apomorfin gidroxlorid – trigger zonadagi dofamin retseptorlarini qo‘zg‘atadi.
Ta’sir mexanizmiga ko‘ra qayt qildiruvchi vositalar ikki guruhga bo‘linadilar:

  1. Qusish markazi yoki uni ishga soluvchi trigger sohasini bevosita qo‘zg‘atuvchi vositalar apomorfin gidroxlorid.

  2. Bilvosita yoki reflektor yo‘l bilan qayt qildiruvchi vositalar mis sulfat, rux sulfat, ipekakuana ildizi , termopsis -afsonak o‘ti dori vositalari.

Angishivona gul (digitalis) dori vositalari va havfli o‘smalarni davolashda qo‘llaniladigan antiblastom vositalar (masalan: xloretilaminlar) ham, qayt qilishga apomorfin kabi ta’sir etadilar.
Bilvosita-reflektor qayt qilishni qo‘zg‘atuvchi vositalar ichilganda me’da retseptorlarini qo‘zg‘atib, qayt qildiradilar, lekin qonga so‘rilgach trigger zonaga ham bevosita ta’sir etadilar. Jumladan, termopsis va ipekakuana dori vositalari shunday ta’sir ko‘rsatadilar. Lekin bu ikki dori vosita qayt qilish vositasi sifatida ishlatilmaydi, chunki ularni qabul qilingach, uzoq vaqt ko‘ngil aynash davri bo‘ladi. Ammo ana shu davrda reflektor yo‘l bilan bronx bezlarining sekretsiyasi va hilpillovchi epiteliyning harakati ortib ketadi, balg‘am hajmi ortadi, qovushqoqligi susayadi va ajralishi osonlashadi. Shu tufayli ular balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Mis sulfat va rux sulfat faqat periferik reflektor ta’sirga ega. Veratrum alkaloidlarning qayt qilishga ta’sir mexanizmi o‘zgacha. Bu preparat adashgan nerv afferent tolalaridagi tugunli gangliyni (g.nodosum) qo‘zg‘atib, qayt qilishni rivojlantiradilar.
Qayt qildiruvchi vositalar kam qo‘llaniladi. Jumladan, ba’zi sabablarga ko‘ra me’dani chayish mumkin bo‘lmagan holatlarda, asosan apomorfin qo‘llaniladi (teri ostiga yuboriladi). Ushbu pereparat alkogolizmni davolashda, salbiy refleks yaratishda ham qo‘llaniladi.
Lekin kuchli kislotalar va ishqorlar bilan zaharlanganda (me’daning kimyoviy kuyishi bo‘lganda) me’da va o’n ikkibarmoqli ichak yarasida, o‘pkadan qon ketishi mumkin bo‘lgan xastaliklarda va yurakning og‘ir xastaliklarida qayt qildiruvchi vositalarni qo‘llash mumkin emas. Qusish markazini falajlovchi vositalar (masalan, narkoz vositalari) bilan zaharlanganda apomorfin samara bermaydi.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish