O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Gipolipidemik vositalar ta’sirida yuzaga keluvchi asosiy o’zgarishlar



Download 30,26 Mb.
bet315/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Gipolipidemik vositalar ta’sirida yuzaga keluvchi asosiy o’zgarishlar.
ZPLPning plazmadagi miqdori kamayadi. Shu bilan bir qatorda ZPLP va xolesterinni jigarda katabolizmi ortishi kuzatiladi. ZJPLP va triglitseridlarning konsentratsiyasi avval ortadi, keyinchalik davolash jarayonida avvalgi holiga qaytadi. ZYuLPning qon zardobidagi miqdori o’zgarmaydi yoki bir oz ortadi. Dori vosita ichiladi. Nojo’ya ta’sirotlar sifatida qabziyat, ko’ngil aynishi, qayt qilish qayd etilgan.
Xolestiramindan tashqari, safro sekvestranti sifatida boshqa yuqori molekulyar ion almashinuv qatroni – kolestipol (dietilpentamin va epixlorgidrinsopollimeri). U xolestiraminga nisbatan birmuncha yaxshi ta’mli bo’lib, tahminan teng samaradorlikka ega. Ichakdan xolesterinni so’rilishiga beta – sitosterin(o’simliklarda uchraydigan steroid birikma) ham to’sqinlik qiladi. Insonlarning jarohatlanmagan ichagidan deyarli so’rilmaydi, ammo uning barerlik funktsiyasining buzilishida qonga o’tadi va ksantomalarni hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Endogen va ekzogen xolesterinni absorbtsiyasiga qarshilik ko’rsatadi. Bu beta-sitosterinning xolesterinni so’rilishi uchun zarur bo’lgan safro kislotalari bilan bog’lanishiga bog’liq. Bu – sitosterin xolesterin bilan ham kompleks birikma hosil qiladi va shu sababli najas tarkibida xolesterin ko’p miqdorda ajraladi. Jigarda xolesterinni sintezi kompensator kuchaysada qon zardobida xolesterin va triglitserid hamda ZPLP miqdori kamayadi. Dori vositaning samaradorligi yuqori emas. Tan narxi baland. Dori vositani bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Diareya, ba’zan ko’ngil aynishi va qayt qilish kabi noxush asoratlar bo’lishi mumkin.
Xolesterinni ekskretsiyasi va katabolizmini osonlashtiruvchi moddalar qatoriga polien(to’yinmagan) yog’ kislotalari(linol, linolen va araxidon) kiradi. Ular safro va najas tarkibida xolesterin miqdorini oshiradilar hamda uni jigarda katabolizmini kuchaytiradilar. Tabobat amaliyotida linetol va araxidon (to’yinmagan yog’ kislotalarining etil efiri aralashmasidan iborat). Linetolni zig’ir moyidan, araxidonni qoramollarning me’daosti va buyrak usti bezi lipidlaridan olinadi. Ikkala dori vosita ham enteral yo’l bilan II – B tip giperlipoproteinemiyani kompleks davolash vositalari tarkibiy qismi sifatida qo’llaniladi. Probukol (lorelko) kimyoviy tuzilishi bo’yicha bisfenollarga mansub (tokoferolni eslatadi). Probukolning gipolipidemik ta’sir mexanizmi to’liq o’rganilmagan. U qon zardobida ZPLP miqdorini kamaytiradi, jigarning ZPLPni tutib olishini rag’batlantiradi (retseptorlar ishtirokisiz). Triglitseridlar tutgan lipoproteidlar miqdoriga deyarli ta’sir etmaydi. U antioksidanlik faolligiga ega ekanligi aniqlangan. Shu sababli ZPLP oksidlanishini susaytirib, ularning aterogenligini kamaytiradi. Probukolning kamchiligi shundan iboratki, u qonda ZYuLP miqdorini kamaytiradi. Dori vosita ichiladi. Sekin va kam so’riladi (tahminan 10%) t1/2 ~1 oy. Ichish to’xtatilgandan keyin 3-5 oy qonda aniqlanadi bunda lipolipidemik ta’siri 3-6 xafta saqlanadi. Asosan safro bilan ichakka tushadi va najas tarkibida ajraladi. Maksimal ta’siri 1-3 oy dan keyin rivojlanadi. Dori vositani bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Noxush ta’sirlar sifatida ko’pincha ko’ngil aynash, diareya, qorin soxasida og’riq kuzatiladi. Fibratlar guruhiga – fibroyvoy kislota unumlaridan iborat bir qancha ahamiyatli dori vositalar mansubdir (gemfibrozil, bezafibrat, fenofibrat, siprofibrat). Ular endoteliy lipoproteinlipazasi faolligini oshiradilar, ZPLP retseptorlari miqdorini ko’paytirib jigarda, ularni endotsitozini kuchaytiradilar.
ZPLPlarni jigarda sintezini va qonga o’tishini ham kamaytiradilar. Bundan tashqari kamroq darajada xolesterinni jigarda sintezini to’xtatadi (mevalon kislotasini hosil bo’lish bosqichida). Natijada qonda ZJPLP, ozroq darajada – ZPLP miqdori kamayadi.
Samaradorligi bo’yicha gemfibrozil, bezafibrat, fenofibratva siprofibrat (lipanor) o’xshash. Ularning farmakokinetikasida ba’zi farq mavjud. Fenofibrat (20-25s) va siprofibrat (48s dan ko’proq) eng davomli ta’sir ko’rsatadilar. Maksimal klinik ta’sir sekin rivojlanadi (gemfibrozilniki 4 haftadan keyin).
Ba’zi fibratlarning farmakokinetikasi

Dori vosita
(faol metaboliti)

Ovqat hazm qilish traktidan so’rilishi

Maksimal
kontsentratsi-ya hosil bo’lish vaqti (soat)

Qon zardobi oqsillari bilan bog’lanishi %

Qonda dori vosita konsentratsiyasining 50% ga kamayish vaqti
(t1/2 coat)

Dori vositani va metabolitni buyrak orqali ajralishi

Gemfibrozil

Deyarli to’liq (90%)

1-2

95

1.5

70% o’zgarmagan dori vosita; 20% metabolit

Bezafibrat

To’liq

2

94-96

~2

40% o’zgarmagan; 42% metabolit

Fenofibrat

~30%

4-8

95

20-25

60% metabolit

Ko’ngil aynishi, diariya, uyquchanlik, terida toshmalar, leykopeniya, xolitsistit, xolisterin safro toshlarini hosil bo’lishi, aritmiya, jinsiy faollikni susayishi, ba’zan tomirlarni bo’rtishi.


Nikotin kislotasi (niatsin) qonda ZJLPni, kamroq darajada ZPLP va OZLP ni kamaytiradi. Triglitseridlar (1-4 kundan keyin) miqdori xolisterinnikiga (5-7 kun) nisbatan ertaroq boshlanadi. Nikotin kislotasi yog’ to’qimasida lipolizini susaytiradi, chunki fosfodiesteraza faolligini oshirib, sAMF miqdorini kamayishi hisobiga hujayra ichidagi lipaza faolligi susayadi. Shu tufayli qonda yog’ kislotalarining miqdori va ularni jigarga tushishi kamayadi. Tabiiy bunday holat triglitseridlar va ZJPLP lar biosinteziga ta’sir ko’rsatadi. Plazmada ZJPLP va ZPLP kamayadi.

Davomli qo’llanilganda nikotin kislotasi ZYuLP miqdorini oshiradi. U me’da ichak traktidan tez va yaxshi so’riladi. Asosan o’zgarmagan va qisman metabolitlar shaklida peshob tarkibida ajraladi. Nikotin kislotasi vitamin sifatida qo’llaniladigan dozalarga nisbatan 100 karra katta dozalarda qo’llaniladi.


Nikotin kislotasining noxush ta’sirotlari uni qo’llanilishini cheklaydi. Jumladan uni qo’llaganda teri giperimiyasi, qichish, qaytqilish, diareya, me’dada peptik yaralar hosil bo’lishi mumkin. Jigar disfunktsiyasi, giperglikemiya, giperurikemiya va boshqalar kuzatiladi. Nikotin kislotasining noxush ta’sirlarini kamaytirish maqsadida uni kam eruvchi tuzlari, efirlari, amidlari sintezlangan bo’lib ular kislotaga sekin gidrolizlanadilar, ammo nikotinni qondagi darajasini uzoq vaqt ta’minlaydilar. Ularning eng samaradorlari piridilkarbinol (ranikol) va xoleksamin hisoblanadi. Bundan tashqari ksantinol nikotinat va inozitol nikotinat kabi nikotin kislotasi unumlari qo’llanilmoqda.
Ateroskleroz va uning asoratlarini oldini olishda aterosklerozni perekisli rivojlanish mexanizmiga ta’sir ko’rsatuvchi antioksidantlar (tokoferolatsetat, askorbin kislotasi va boshqalar) ma’lum ahamiyatga egadirlar. Faollashgan kislorod hisobiga lipidlarning erkin radikalli oksidlanishini ingibitsiyalashdan iboratdir. Shuni yodda tutmoq lozimki aterosklerozga qarshi dori vositalar yoki ularning samaradorligi va bezararligini faqat bemorlarning katta kontingentida o’tkazilgan davomli klinik tadqiqotlar natijasiga ko’ra baholash mumkin.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish