Estrogen dori vositalar
Estron – Oestronum
|
m/i 5000-10000 TB
|
0,05% va 0,1% yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar(1 ml da 5000 va 1000 TB bor)
|
Estradiol dipropianat – Oestradioli dipropionas
|
m/i 0,001 g 1 marta 3-5 kun
|
0,1% yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar
|
Etinil estradiol-
Aethinyloestradiolum
|
Ichishga 0,00005-0,0001 g
|
0,00001 va 0,00005 g li tabletkalar
|
Sinestrol-
Synoestrolum
|
Ichishga va m/i 0,001
|
0,001 g dan tabletkalar; 0,1 va 2% 2 yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar
|
Gestagen dori vositalar
|
Progesteron-
Progestronum
|
m/i 0,005-0,015 g
|
1 va 2,5 % yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar
|
Oksiprogesteron kapronat-Oxyprogesterone capronate
|
m/i 0,0625-0,25 g
|
12,5% va 25% yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar
|
Pregnin -Praegninum
|
Ichishga 0,01 g
|
0,01 g li tabletkalar
|
Androgen dori vositalar
|
Testosteron propi-onat- Testosteroni propionas
|
m/i 0,01-0,025 g
|
1% va 5% yog‘li eritma 1 ml tutgan ampulalar
|
Testonat- Testotnatum
|
m/i 0,1-0,2 g 1 martadan 15 kun
|
10% yog‘li eritma 1 ml tutgan ampulalar
|
Metiltestosteron Methyltestosteronum
|
Sublingual 0,005-0,02
|
0.005 va 0.01 g li tabletkalar
|
Anabolik steroidlar
|
Fenobolin-Phenobolinum
|
m/i 0,025-0,05 g 1 martadan 7-10
|
1% va 2,5% 1 ml tutgan ampulalar
|
Retabolil - Retabolil
|
m/i 0,025-0,05 g 1 martadan 2-3 hafta
|
5% 1 ml tutgan ampulalar
|
Metandrostenolon Methandrostenololum
|
Ichishga 0,005 g
|
0.001 va 0.005 g li tabletkalar
|
12.3. Giperlipoproteinemiyada qo’llaniladigan dori vositalari
Antigiperlipoproteinemik (gipolipidemik) vositalar ateroskleroz va uning asoratlarini (yurak ishemik kasalligi, insult va boshqalar) oldini olish va davolashda qo’llaniladigan dorilar majmuasining ahamiyatli tarkibiy qismlaridan bir hisoblanadi. Ularning asosiy tasiri qon tarkibida ko’payib ketgan aterogen lipoproteidlar miqdorini kamaytirish hisoblanadi. Bunda antiaterogen lipoproteidlar miqdorini ko’paytirish maqsadga muvofiqdir. Aterogen dislipidemiya ateroskleroz rivojlanishining asosiy omilidir
Zardobda aylanib yuruvchi lipoproteidlar lipidlar va oqsillardan tashkil topgan. Ushbu zarrachalar har xil kattalik va zichlikka egadir. Ularning zichligi ulardagi oqsil va lipidlar nisbati bilan belgilanadi. Lipoproteidlarni quyidagi guruhlari tafovut etilgan. Xilomikronlar(XM) eng katta (eng kam zichlikka ega) zarrachalardir. Ular ingichka ichak epiteliy hujayralarida hosil bo’ladi. Tarkibida asosan ekzogen (ovqat tarkibidagi)triglidseridlar va xolesterinni tutadilar. Ular transport funksiyasini bajaradilar. XM tarkibidagi triglidtseridlardan, tomirlar endoteliysidagi lipoprotienlipaza ta’sirida yog’ kislotalari va glitserin ajraladi.Erkin yog’ kislotalari miokard va skelet mushaklariga shimiladi va u yerda ular oksidlanadi va energiya manbaai bo’lib xizmat qiladi, yoki yog’ to’qimasida triglitseridlarning resintezida va keyinchalik ularni depolanishida qatnashadi. Xilomikronlarning xolesterin tutgan qoldiqlari jigarning lipoprotein retseptorlari bilan bog’lanadi va keyinchalik gepatotsitlarda katabolizmga uchraydi. Zichligi juda past bo’lgan lipoprotienlar asosan endogen triglitseridlardan iborat bo’ladi. Ular jigarda hosil bo’ladi. Tomirlar endoteliysining lipoproteinlipazasi ta’sirida ZJPLP larning bir qism triglitseridlari parchalanadi va ular “qisqa yashovchilar” oraliq zichlikka ega lipoproteinlarga (OZLP) aylanadi. OZLP klirensining 50%, zichligi past lipoproteidlar (ZPLP) retseptorlari bilan boshqariladi, jigar tomonidan tutib olinishi (endotsitoz) hisobiga amalga oshadi. Ular lipolizga kam uchraydi va tezda ZPLPga aylanadi. OZLPda xolesterin va triglitseridlar tahminan bir xil miqdorda bo’ladi (triglitseridlar-40%,xolesterin-30%).Sog’lom odamlar qonida ular odatda uchramaydi. ZPLP tarkibida katta miqdorda xolesterin (asosan murakkab efir ko’rinishida) va kam miqdorda triglitseridlar bo’ladi.Aylanib yuruvchi qondan asosan jigarning ZPLP-retseptorlari bilan o’zaro bog’lanishi tufayli chiqariladi.
ZPLPning miqdori ortib ketganda xolesterin yoki uning efirlari ko’rinishida, u tomirlar devori, paylar, terida to’planishi mumkin. O’lchamlari bo’yicha ZJPLP va ZPLP xilomikronlar va ZYuLP (b-lipoproteinlar) orasidan joy olgan. ZYuLP ko’rib chiqilgan lipoproteinlar ichida eng mayda zarrachalardir. Boshqa lipoproteinlarga nisbatan ular xolesterinni yuqori darajada to’yinmagan yog’ kislotalari (linolen,araxidon) bilan murakkab efirlarini anchagina ko’p miqdorini hamda fosfolipidlar va spetsifik oqsillarni o’zida tutadi. ZYuLP asosan jigarda va bundan tashqari XM va ZJPLP katabolizmi tufayli ichakda hosil bo’ladilar. Ular xolisterinni to’qimalardan maxsus transportyor yordamida va qondan ajralishiga imqoniyat beradi. ZYuLPlarda xolesterindan uning murakkab efirlari hosil bo’ladi va jigarga ZYuLP o’zi bilan transportlanadi yoki maxsus transport oqsili orqali ZJPLP, OZLP, ZPLP va xilomikron qoldiqlariga o’tkaziladi, va oqibatda ushbu LPlar jigarga kelib tushadi va u yerda ularni endotsitozi amalga oshadi.
Yuqorida qayd etilgan lipoproteinlardan tashqari lipoprotein (b) – LP(b) ajratilgan. U xolesterin efirlarini tutadi va aterogendir. Uning funktsiyasi yetarlicha o’rganilmagan. Aftidan u hujayralarning jarohatlangan membranalarini sintezini xolesterin bilan taminlashda ishtirok etsa kerak. Oilaviy LP(b) – giperlipoproteinemiya bayon etilgan bo’lib, unda ateroskleroz rivojlanishini imkoniyati katta. Shunday qilib, qon zardobida ko’pgina lipoprotein miqdorini boshqarish yuqori darajada jigarning va boshqa to’qimalarning ZPLP retseptorlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu retseptorlarning ligandalari bo’lib apoprotein E va B-100 hisoblanadi. Lipoproteinlar endotsitoz yo’l bilan qamrab olinadi va barcha tarkibiy qismlarining kimyoviy o’zgarishlari orqali sarflanadi.
Retikuloendotelial sistema makrofaglarida oksidlangan ZPLPni tanib oluvchi maxsus retseptorlar mavjud (“farrosh”-retseptorlar deb atalmish), xolesterin shu tufayli makrofaglarda katta miqdorda to’planadi. Bundan tashqari qonda aylanib yuruvchi xolesterinni ko’pgina to’qimalar,retseptorlar ishtirokisiz ham,egallab oladilar.
ZPLP, OZLP, ZJPLP va LP(b)4 aterogenlik xossasiga egadirlar. ZPLP to’qimalarning lipoprotein retseptorlari bilan bog’lanib, metabolizmga uchragan erkin xolesterin va boshqa birikmalarni ajratadilar. Xolesterin murakkab efir ko’rinishida to’qimalarda to’planadi. Xilomikronlar aterogen emas, ammo xilomikronlarning qoldiqlari tomirlar endoteliysidan o’tadi va ateromatoz pilakchalar hosil bo’lishiga imkon beradi. ZyuLP aterogen emas. Ularning katta kontsentratsiyasi tomirlarni aterosklerotik jarohatlanish xavfini kamaytiradi (antiaterogen ta’sir). Shunday qilib amaliyot nuqtai nazardan aterosklerozni oldini olish va uni hamda uning asoratlarini davolashning asosiy masalasi qon tarkibidagi yuqori darajadagi aterogen lipoproteinlar miqdorini kamaytirish va antiaterogen ZYuLPlarni miqdorini ko’paytirishdan iboratdir. Aterogen va antiaterogen lipoproteinlar miqdori to’g’risidagi axborotga ega bo’lish lozim.
ZPLPlar oksidlangandan (to’qimadagi O2 radikallari ta’sirida) keyin aterogenlik xossasiga ega bo’ladilar. Makrofaglar modifikatsiyalashgan ZPLPlarni egallab oladi va keyinchalik ular dan tarkibida xolesterin juda ko’p miqdorda bo’lgan ko’pikli hujayralar hosil bo’ladi. So’ngra ko’pikli hujayralar nobud bo’ladilar va tomirlar intimasiga fibroz pilakchalar hosil qiluvchi xolesterin kiradi, ya’ni tomirlarning aterosklerotik jarohatlanishi rivojlanadi.
Gipolipidemik vositalar (antigiperlipoproteinemik vositalar)ni quyidagicha tasnif qilish mumkin.
Qonda asosan xolesterin (ZPLP)ni kamaytiruvchi vositalar
Xolesterin sintezining ingibitorlari (3-gidroksi-3-metilglutaril koenzim
A-reduktaza ingibitorlari ; statinlar) Lovastatin Mevastatin Pravastatin Fluvastatin Simvastatin
B. Xolesterinni ichakdan so’rilishini ingibitsiyalovchilar (to’xtatuvchilar)
Ezetimib
D. Organizmdan xolesterin va safro kislotalarini ajralishini kuchaytiruvchi vositalar (safro kislotalarining sekvestrantlari)
Xolestiramin Kolestipol
G. Har xil dori vositalar
Probukol
2. Qonda asosan triglidtseridlar (ZJPLP) miqdorini kamaytiruvchi vositalar
(Fibrovoy kislotasi hosilalari (fibratlar)
Gemofibrozil Bezafibrat Fenofibrat
3. Qonda xolesterin (ZPLP) va triglitseridlar (ZJPLP) miqdorini kamaytiruvchi vositalar: Nikotin kislotasi
Yog’ almashinuvini buzilishini davolashni parxez taomlar belgilashdan boshlanadi va u samarasiz bo’lsa, gipolipidemik dori vositalar beriladi yoki ularni parxez taomlar bilan birgalikda davom ettiriladi. Parxez va gipolipidemik vositani tanlash giperlipoproteinemiyaning turiga bog’liq ( jadvalga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |