Jadval 14.1.Prostanoidlar, ularning retseptorlari va ta’sirlari.
Prostanoid
|
|
Retseptor
|
Asosiy ta’sir
|
PGE2*
|
|
EP
|
EP1
|
Bronxlar va me’da ichak trakti mushaklarini qisqartiradi
|
|
|
EP2
|
Bronxlar, tomirlar va me’da-ichak trakti mushaklarini bo‘shashtirish
|
|
EP3
|
Bronxlar, bachadon mushaklarini qisqartirish, me’da bezlarini HCl ni ishlab chiqarilishini kamaytirish va shilliq ajralishini ortishi. Lipolizni susayishi, vegetativ nerv sistemasida mediatorlar ajralishini kamaytirish
|
|
EP4
|
Vazodilyatatsiya
|
PGF2α
|
|
EP
|
|
Bachadonni qisqarishi
|
PGD2
|
|
DP
|
|
Mezenteral, koronar, buyrak tomirlarining vazodilyatatsisi va o‘pkatomirlarining vazokonstruksiyasi, trombositlara gregasiyasinisusayishi, bachadon va me’da-ichak trakti mushaklari relaksatsiyasi
|
PGI2 (prostatsiklin)
|
|
IP
|
|
Trombositlarni agregasiyasini kamaytiradi, vazodilyatatsiya
|
TXA2 (tromboksan)
|
|
TP
|
|
Trombositlarni agregasiyasini rag‘batlanishi, vazokonstruksiya
|
*PGE2 ni quyidagi ta’sirotlarni yuzaga chiqaruvchi retseptorlar ma’lum emas: tana haroratini oshishi, T-limfotsitlar proliferatsiyasini susayishi, makrofaglar faollashuvining susayishi, kortikosteroidlar va eritropoetin ajralishini rag‘batlanishi.
Jadval 14.2Araxidon kislotasining metabolitlari, ularning dori vositalari va sintetik unumlari, ularning biosintezini ingibitorlari.
Endogen ligandlar
|
Endogen ligandlarli dori vositalai
|
Endogen ligandlarni sintetik unumlari
|
Siklooksige-naza ingibitorlari (SOG)
|
Boshqa fermentlar ingibitorlari
|
Retseptor-lar blokatorlari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Prostaglan-din F2α Prostaglan-din E2 Prostaglan-din E1
|
Dinoprost DinoprostonAprostadil
|
Karboprost
Mizopros-tol
|
SOG-1 ingibitorlari atsetilsalit-silat kislotasi kichik dozalarda SOG 1-2 ingibitorlari atsetilsalit-silat kislotasi Ibuprofen, Diklofenak-Natriy, Indometatsin, Piroksikam, SOG-2 ingibitorlari Selekoksib
|
|
|
Prostatsiklin (PGl2)
|
Epoproste-nol
|
|
Tromboksan (TXA2)
|
|
|
SOG-1 ingibitorlari
SOG-1-2 ingibitorlari
|
Tromboksansintetaza ingibitorlari Dazoksiben
|
Tromboksan retseptorlari blokatorlari Daltroban
|
Leykotrienlar (sisteinil-leykotrienlar CysLT)
|
|
|
|
5-lipoksi-genaza ingibitorlari Zileuton
|
Leykotrien (CysLT) retseptorlarining blokatorlari Zafirlukast
|
Steroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalarga glyukokortikoidlar ta’luqlidir. Ularning yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmi araxidon kislotasining hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan fosfolipazaA2 faolligini susaytirish bilan bog‘liq(q14.2-chizma) Glyukokortikoidlar fosfolipazaga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi, balki endogen proteinlar lipokortinlarni (sinonimi-aneksinlar) sintezi va ajralishiga imkoniyat yaratadilar. U esa o‘z navbatida qayd etilgan fermentni susaytiradi. Glyukokortikoidlar araxidon kislotasini hosil bo‘lishi darajasida ta’sir etishlarini hisobga olganda ularning yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarini yuzaga chiqishidan faqat prostanoidlar, balki oksikislotalar va leykotrienlar, hamda TFO ni sintezini susayishi ham ahamiyatga ega (14.1 -chizmaga qarang)1. Glyukokortikoidlar farmakodinamikasi haqida kengroq ma’lumotlar boshqa bo‘limda keltirilgan.
1Bundan tashqari glyukokortikoidlar SOG-2 induksiya darajasini susaytirishlari haqida ma’lumotlarmavjud. Bu ushbu ferment transkripsiyasini faollashtiruvchi maxsus oqsilni (AR-1) susayishi yoki tegishli genga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liqdir.
Nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalarga siklooksigenaza faolligini susaytiruvchi va shu tufayli prostanoidlar (prostaglandinlar va tromboksan) biosintezini susaytiruvchi birikmalar mansubdir.Keyingi yillarda siklooksigenazaning kamida ikki xili 1- va 2- tipi mavjud ekanligi aniqlangan. Siklooksigenaza-1 (SOG-1; COX-1)1 fiziologik holatlarda ham ishlab chiqariladi va organizmda prostanoidlarni hosil bo‘lishini boshqaradi. Siklooksigenaza-2 (SOG-2) ni ishlab chiqarishini ko‘p jihatdan yallig‘lanish jarayoni rag‘batlantiradi2. Shu tufayli siklooksigenazani turli xillariga ta’sir etuvchi moddalarni yaratish bo‘yicha izlanishlar boshlab yuborilgan.
Chizma 14.1 yallig`lanishga qarshi vositalarning prostoglandinlar biosinteziga ta`siri
SOG-2 ingibitorlarini yaratish eng ko‘p qiziqish uyg‘otadi, chuki ular yallig‘lanishni bartaraf etish bilan bir qatorda fiziologik (yallig‘lanish bilan bog‘liq bo‘lmagan) ahamiyatga ega bo‘lgan prostanoidlar biosintezini susaytirish bilan bog‘liq ko‘pgina noxush ta’sirlarni rivojlanish xaf-xatarini kamaytiradi. Dastlabki SOG-2 ni tanlab susaytiruvchilar yaratilgan va klinik sinovlardan o‘tdilar, shu sababli nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalarni quyidagicha tasnifi maqsadga muofiqdir.(chizma 26.3)
Do'stlaringiz bilan baham: |