O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet322/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Rasm 14.1.Atsetilsalitsilat kislotasining analgetik ta’sir mexanizmi.
Ushbu holat ham MNS da prostaglandinlar sintezini susayishi ahamiyatga ega. Extimol bunda og‘riqning ruxiy komponenti va uni baholashga ta’sir etmay,faqat afferent nerv tolalari orqali og‘riq impulslarini o‘tishi buzilsa kerak.
Nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalar isitma tushirish xossasiga egadirlar.Bu ham prostaglandinlar sintezini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib gipotalamusda joylashgan haroratni boshqarish markaziga ularni pirogen ta’sirini kamayishida namoyon bo‘ladi. Prostaglandin E1, ayniqsa faol pirogendir. Tana haroratini pasayishi issiqlik tarqatishni kuchayishi hisobiga ( teri tomirlari kengayadi, terlash yuzaga keladi) amalga oshadi.
Isitma tushiruvchi xossasi faqat ushbu guruh moddalarini isitmalashda qo‘llagandagina namoyon bo‘ladi. Me’yordagi tana haroratini ular o‘zgartirmaydilar. Yuqorida keltirilgan tasnifdan, yallig‘lanishda qo‘llaniladigan ko‘pgina nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan vositalar siklooksigenazani tanlamasdan ingibirlovchilarga tegishli ekanliklari ko‘rinib turibdi. Bu guruhni tipik vakillaridan biri salitsilat kislota unumlari (salitsilatlar) hisoblanadi. Ulardan atsetilsalitsilat kislotasi(aspirin) eng ko‘p qo‘llaniladi.
Jadval 14.3 Dori vositalarning siklooksigenazani ( SOG) turli tiplariga ingibirlovchi ta’siri

Dori vositalar

Solishtirma ingibirlovchi faolligi*

SOG-1

SOG-2

Atsetilsalitsilat kislota (aspirin)

++

±

Diklofenaknatriy ( ortofen, voltaren)

++

++

Analgin ( metimizolnatriy)

+

±

Ibuprofen (brufen)

++

++

Indometatsin (metindol)

+++

++

*Siklooksigenaza faolligini 50% ingibirlovchi konsentratsiyalari aniqlangan. Moddalarning turli tipdagi siklooksigenazaga ingibirlovchi nisbiy faolligi berilgan (Itlarning SOGsida o‘tkazilgan tajriba asosida).


(±)-kuchsiz faollik. (+)-turli darajadagi faollik belgisi.
Salitsilatlar og‘riqsizlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitma tushirish ta’sirga egadirlar. Bundan tashqari ular ko‘pgina a’zolar va sistemalarga ta’sir ko‘rsatadilar. Jumladan nafas olishni rag‘batlantiradilar, ayniqs aularni katta dozada qo‘llanganda. Ushbu ta’sir nafas olish markazini bevosita qo‘zg‘atuvchi ta’sir, hamda karbonat angidridni hosil bo‘lishini kuchayishi bilan tushuntiriladi. Nafas olish sonini va chuqurligini (amplitudasini) ortishi respirator alkalozga olib kelishi mumkin. Salitsilatlarni terapevtik dozalarda berilsa kislota-ishqor muvozanatini buzilishi kompensatsiyalangan alkaloz bilan cheklanadi, chunki buyraklar asos birikmalarni (K⁺va Na⁺ni) tez ajratadilar va pH me’yorlashadi, ammo bunda to‘qima suyuqliklarining buferlik hajmi ham kamayadi. Yurak qon tomir sistemasiga salitsilatlar kam ta’sir ko‘rsatadilar. Faqat katta dozalardagina bevosita tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadilar.
Salitsilatlar jigarga ta’sir ko‘rsatib safro ajralishini kuchaytiradi. Buyraklarni peshob ajratish funksiyasini deyarli buzmaydilar, lekin uratlar va fosfatlar reabsorbsiyasini susaytiradilar. Salitsilatlarni katta dozada qo‘llanganda peshob kislotasining ekskretsiyasi ortadi ( uni reabsorbsiyasini kamaytirish hisobiga). Katta bo‘lmagan dozalarda salitsilatlar peshob kislotasini faqat sekretsiyasini susaytiradilar va bu uni qondagi konsentratsiyasini ortishiga olib kelishi mumkin
Terapevtik dozalarda salitsilatlar qon hosil bo‘lishiga ta’sir etmaydilar. Gipoprotrombinemiya bo‘lishi mumkin (katta dozalarda qo‘llanganda). Atsetilsalitsilat kislota trombositlar agregatsiyasiga to‘sqinlik qilishi muxim amaliy ahamiyatga ega. Bu tromboksan biosintezini susayishi bilan bog‘liq.
Katta dozalarda salitsilatlar gipotalamusga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib AKTG va shu tufayli glyukokortikoidlar ajralishini kuchaytiradilar. Ammo salitsilatlarni yallig‘lanishga qarshi ta’siri shu bilan belgilanmaydi.
Salitsilatlar modda almashinuviga ta’sir etadilar. Katta dozalarda qo‘llanganda aminokislotalar, oqsillar va yog‘ kislotalari sintezini kamayishi va ularni parchalanishini kuchayishi kuzatiladi. Qandli diabetda salitsilatlar qonda glyukozaning miqdorini kamayishiga imkon yaratadilar.
Salitsilatlarni ichilganda ular me’dadan qisman, asosan ingichka ichakda so‘riladilar. Ularning absorbsiyasi tez va to‘liq bo‘ladi. Metilsalitsilat teri yuzasidan yaxshi so‘riladi. Salitsilatlar to‘qima barerlaridan oson o‘tadilar. Ularning yarimi qon oqsillari bilan bog‘lanadi. Salitsilatlarni organizmdagi kimyoviy o‘zgarishlari asosan jigarda kechadi. Hosil bo‘lgan konyugatlar va o‘zgarmagan birikmalar buyrak orqali ajraladi. Salitsilatlarni yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida o‘tkir va surunkali revmatik xastaliklarni davolashda hamda og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida nevralgiyalar, mialgiyalar, bo‘g‘imlar og‘rig‘ida qo‘llaniladi.
Salitsilatlarni isitma tushirish ta’sirini suistimol qilish kerak emas. Ma’lumki isitma organizmni himoya reaksiyasi bo‘lganligidan uni bartaraf etish ko‘p holatlarda ijobiy emas, balki salbiy natija beradi. Tana haroratini tushirish maqsadida salitsilatlarni faqat organizm holatiga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi juda yuqori haroratdagina qo‘llash mumkin. Salitsilatlarni qo‘llaganda yuzaga keluvchi noxush ta’sirlar asosan dispeptik o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Jumladan ko‘ngil aynish va qayt qilish ancha ko‘p rivojlanadi. Bunday holat asosan moddalarni markaziy ( qayd qilishni boshqaruvchi soxaning xemoretseptorlariga) ta’siri va qisman me’da shilliq qavatini ta’sirlantirish bilan tushuntiriladi.
Me’da shilliq qavatida prostaglandinlarning sintezini buzilishi va mahalliy yallig‘lantiruvchi ta’siri tufayli salitsilatlar uni jarohatlaydilar. Bu shilliq qavatda yaralarni paydo bo‘lishi va gemorragiyada namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar atsetilsalitsilat kislotasini muntazam qabul qilganda ancha ko‘p uchraydi. Bundan tashqari ko‘pgina bemorlarda quloqning shang‘illashi, eshitishni susayishi, allergik reaksiyalar (angionevrotik shish, terida toshmalar, bronxospazm va boshqalar) kuzatiladi, ba’zan salitsilatlarga idiosinkraziya rivojlanishi mumkin. Salitsilatlarga o‘rganish va tobelik rivojlanmaydi. Salitsilatlar bilan o‘tkir zaharlanish MNS (bosh og‘rig‘i, quloq shang‘illashi, ko‘rishni pasayishi va ruxiy buzilishlar), me’da-ichak trakti ( ko‘ngil aynish, qayt qilish, diareya, epigastral soxada og‘riq), kislota-ishqor muvozanatining (respirator alkaloz yoki metabolik atsidoz) buzilishlarida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari qonda natriy ionlarini oshib ketishiga olib keluvchi gipokalemiya va to‘qimalarning degidratatsiyasi kuzatiladi. Tana harorati oshadi. Agar dori vosita ovqat hazm qilish traktidan to‘liq so‘rilmagan bo‘lsa, me’dani yuvish kerak, adsorbsiyalovchi vositalar va turli surgi vositalari berish lozim. Birinchi navbatda kislota-ishqor muvozanati hamda elektrolit va suv balansi buzilishlarini bartaraf etish lozim. Yuqori darajadagi atsidozlarni tomirga gidrokarbonat natriy eritmasini bo‘lib-bo‘lib kiritish, degidratatsiyani- tomirga eritmalarni infuziyalash, gipokalimiyani-kaliy xlorid kiritish orqali bartaraf etiladi. Peshob haydovchi vositalarni ishqorlar eritmasi bilan birga qo‘llash (masalan:furosemid ni) salitsilatlarni buyrak orqali tezroq ekskretsiyasiga imkon beradi. Og‘ir hollarda qon quyish, gemodializ yoki peritoneal dializ qo‘llaniladi. Gipertermiyada,bulardan tashqari, tana tashqaridan sovutiladi.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish