Ehtiyotkorlik bilan. Jigar porfiriyasi (zo'rayishi), me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar va buyraklar faoliyatini og'ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalik yoshi, homiladorlik I va II uch oyligi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llash:
Preparatni homiladorlikning III uch oyligida qo'llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya davrida: Voltaren Emulgel preparatini laktatsiya davrida qo'llashning tajribasi yo'q. I va II uch oyliklarida ishlatish faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina mumkin.
Qo'llash usuli va dozalari.Sirtga
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: Preparat teriga kuniga 3-4 marta qo'yiladi va biroz ishqalanadi. Preparatning kerakli miqdori og'riqli sohaning o'lchamiga bog'liq.
Bir martalik dozasi: 2-4 g (bu hajmi bo'yicha olcha yoki yong'oq o'lchami bilan mos). Preparatni qo'ygandan keyin qo'llarni yuvish kerak.
Davolashning davomiyligi: ko'rsatilishi va aniqlangan samarasiga bog'liq (gelning samarasini kuchaytirish uchun gelni Voltarenning boshqa dori shakllari bilan birga qo'llash mumkin).
Preparatni 2 hafta ishlatgandan so'ng shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Nojo'ya ta'siri. Mahalliy reaktsiyalar: Ekzema, fotosensibilizatsiya, kontakt dermatit (qichishish, qizarish, terining ishlov berilayotgan joyini shishishi, papulalar, vezikulalar, qipiqlanish).
Tizimli reaktsiyalar: yoyilgan teri toshmasi; allergik reaktsiyalar (eshakemi, angionevrotik shish, bronxospastik reaktsiyalar); fotosensibilizatsiya.
Dozani oshirib yuborilishi. Sirtga qo'llanganida preparatning faol komponentlarini juda past tizimli so'rilishi tufayli, amalda dozani oshirib yuborilishi mumkin emas.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri.
Voltaren Emulgel fotosensibilizatsiya chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini
kuchaytirishi mumkin. Boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Ibuprofen
Isitmani tushiruvchi, og'riqni qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Paydo bo'lish joyiga ta'sir qilish yo'li bilan oshgan tana harorati, og'riq va shish kabi simptomlarning namoyon bo'lishini kamaytiradi.
Emizikli bollar va bolalarda quyidagi hollarda qo'llaniladi:
-Turli genezli tana haroratini oshishi:
- shamollash kasalliklarida,
- o'tkir respirator virusli infektsiyalarda,
- grippda, anginada (faringitda),
- tana haroratini oshishi bilan birga kechuvchi bolalar infektsiyalarida,
- emlashdan keyingi reaktsiyalarda.
Turli kelib chiqishga ega kuchsiz va o'rtacha jadallikdagi og'riq sindromi:
- tish og'rig'i, tishlarni og'riqli chiqishi,
- bosh og'rig'i, migren, tayanch-harakat apparatining jarohatlari oqibatidagi mushaklar, bo'g'imlar og'rig'i,
- o'rta quloqning yallig'lanishidagi quloq og'rig'i.
Do'stlaringiz bilan baham: |