O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet316/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Dori vositalar

Nomi

Kattalar uchun o’rtacha terapevtik dozasi, kiritilish yo’li.

Chiqarilish shakli

Lovastatin-Levastatin

Ichish uchun – 0,04 g

0,02 va 0,04 g dan tabletkalar

Simvastatin ─
Simvastatin

Ichish uchun – 0,01 0,04 g

0,005; 0,01; 0,02 vava 0,04 g dan tabletkalar

Fluvastatin ─
Fluvastatin

Ichish uchun - 0,02 - 0,04 g

0,02 va 0,04 g dan kapsulalar
0,01; 0,02 va 0,04 g dan tabletkalar

Gemfibrozil ─
Gemfibrazil

Ichish uchun – 0,3 - 0,45 g

0,3 g dan kapsulalar; 0,45 g dan tabletkalar

Nikotin kislotasi ─
Acidum nicotinicum

Ichish uchun – 0,025 -0,05 g

0,05 g dan kukun tabletkalar

Probukol ─ Probucol

Ichish uchun – 1,0 g

0,25 g dan tabletkalar

Ezetimib ─ Exetimibe

Ichish uchun - 0,01 g

0,01 g dan tabletkalar

12.4. Semirishda qo’llaniladigan vositalar
Semirish yog’larni keragidan ortiq to’planib qolishida namoyon bo’ladi. Bu davomli vaqt energetik balansning buzilishi tufayli yuzaga keladi. Bunda energiyaning ozuqalar bilan tushumi uning sarflanishidan ustun bo’ladi, masalan jismoniy harakatning kamligi. Tabiiyki semirishga imkoniyat yaratuvchi eng muhim omil bu ovqat ratsionida yog’larning ko’p bo’lishi va gipodinamiyadir. Ortiqcha tana vaznini bo’lishiga nasliy moyillik borligini yodda tutmoq lozim. Bundan tashqari ruhiy va neyroendokrin omillar, hamda yosh katta rol o’ynaydi. Semirish tibbiyotda jiddiy muammodir, chunki u qandli diabet, yurak-tomir xastaliklari, osteoartrit va ko’pgina surunkali xastaliklarni keltirib chiqaruvchi omil hisoblanadi. Bundan tashqari bunday odamlar toifasida erta o’lim ortadi. Shu sababli asosiy maqsad tanavaznini kamaytirish bo’lmay, semizlikni davolash unga hamrox bo’lgan xastaliklar tufayli yuzaga keladigan nogironlikni va o’limni kamaytirishdir.
Semizlikni davolashning asosiy tamoyili iste’mol qilinayotgan ovqat quvvatini (kaloriyasini) kamaytirish va jismoniy faollikni oshirishdan iborat. Ularning samaradorligi kam bo’lgan hollarda farmakologik dori vositalarni qo’llash zaruriyati tug’iladi. Semizlikda qo’llaniladigan vositalar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
1. Ishtahani susaytiruvchi vositalar (anoreksigen vositalar).
2. Lipoliz va termogenezni rag’batlantiruvchi vositalar (β3-adrenoretseptorlarni agonistlari).
3. Me’da-ichak traktidan yog’larni so’rilishini buzuvchi vositalar (lipaza ingibitorlari).
4. Organoleptik xossalari bo’yicha yog’larni o’rniga qo’llaniluvchi vositalar (past kaloriyali yoki ovqat hazm qilish traktidan so’rilmaydiganlar).
5. Shakarni o’rniga qo’llaniluvchi vositalar (uglevod bo’lmagan yoki yog’lar sintezida ishtirok etmaydigan).
Anoreksigen (ishtahani susaytiruvchi vositalar ) quyidagi guruhlardan tashkil topgan:

  1. Katexolaminergik sistemaga ta’sir ko’rsatuvchi vositalar (MNSni rag’batlantiruvchilar).

Fepranon
II. Katexolaminergik va serotininergik sistemaga ta’sir ko’rsatuvchi vositalar.
Sibutramin
Ushbu dori vositalarning barchasi ishtahaning boshqarishning markaziy gipotalamusda joylashgan mexanizmlariga ta’sir retadi.Markaziy va periferik simpatomimetik xossaga ega, fenilalkilamin guruhiga mansub samarador anoreksigen moddalardan fenamin xisoblanadi. Uning ta’sir mexanizmi shundan iboratki,u nerv tolalarining oxiridan noradrenalin va dofamin ajralishini oshirib ularni qayta so’rilishini susaytiradi.
Natijada markaziy adrenoretseptorlar va dofamin retseptorlarini qo’zg’alishi kuzatiladi.Bu o’z navbatida ochlik markazini susaytiradi. Shu bilan bir qatorda, fenamin bosh miya po’stloq qavatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.Shu sababli ochlik markazini yanada tormozlansa kerak. Ammo fenaminning ta’siri faqat anoreksigen ta’sir bilan cheklanmagan.Ushbu modda faol psixostimulyator moddalarga mansub bo’lganligidan kuchli darajada periferik simpatomimetik xossasiga ega. Shu sababli uni qo’llaganda bezovtalanish, uyqusizlik, taxikardiya,arterial bosimning oshishi kuzatiladi.Jismoniy tobelik rivojlanishi mumkinligi xavf tug’diradi.Fenaminning bir qancha analoglari sintezlangan(fenilalkilaminlar hosilalari).Jumladan fepranon. Ko’proq tanlab ta’sir ko’rsatuvchi fepranon farmakologik jihatdan fenaminga o’xshash , ammo ishtahani tushirish xossasi bo’yicha undan sustroq. Anoreksigen ta’sir mexnizmi fenaminnikidek bo’lsa ham markaziy nerv sistemasini kamroq qo’zg’atadi. Bundan tashqari uning periferik adrenomimetik ta’siri yaqqol yuzaga chiqmaydi. Dori vosita taomdan 30-60 minut oldin ichiladi. Uyquni buzilishini oldini olish maqsadida dori vositani kunning birinchi yarmida ichish tavsiya etiladi. Davolanish shifokor nazoratida olib borilishi zarur.Fepranonni yurak – tomir sistemasi (taxikardiya, arterial bosimni ortishi,aritmiya)
Semirishda qo’llaniladigan vositalarning kimyoviy strukturasi va MNS (bezovtalanish,uyquni buzilishi) tomonidan noxush ta’sirotlar yuzaga chiqishi mumkin. O’rganish va jismoniy tobelik rivojlanish kuzatilgan. Anoreksigen xossaga,serotoninni neyronal yutilishini tanlab susaytiruvchilar ,ham egadirlar. Ammo,avval ma’lum bo’lgan ushbu guruh dori vositalarinining, noxush ta’sirotlari tufayli qo’llanmaydi. Misol sifatida asosan antidepressant sifatida qo’llanilayotgan fluoksetinni keltirish mumkin. Ammo u kuchli darajada anoreksigen ta’sirga ham ega.
Sibutiramin (meridil) noradrenalin, serotonin, dofaminni neyronal yutilishini susaytiruvchi anoreksigen vosita hisoblanadi. Qonda siydik kislotasi miqdorini kamaytiradi,lipidlar miqdoriga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Me’da-ichak traktidan tez va yaxshi (~77%) so’riladi. Dori vositaning katta qismi jigardan birinchi o’tishdayoq metabolizmga uchraydi. Hosil bo’lgan metabolitlari anoreksigen xossaga ega. Sibutramin va uning metobolitlari yuqori darajada zardob oqsillari bilan bog’lanadilar; asosan buyrak orqali ajratiladi.
Noxush ta’sir sifatida taxikardiya ,pressor ta’sir ,uyquni buzilishi ,bosh og’rig’i,MNSni rag’batlantirishi,qabziyat va boshqalar kuzatiladi.
Anoreksigen vositalarni, kannabiod retseptorlarini (SV-1) qamallovchilarga mansub bo’lgan, yangi tipi taklif qilingan. Bu guruhning birinchi dori vositai pirazol hosilasi – rimonabant (akomplia) hisoblanadi. Dori vositani biologik o’zlashtirilish darajasi yaxshi. Yarim ajralish davri(t1/2) tana massasi indeksiga bog’liq (6-9dan 16 kungacha). Zardob oqsillari bilan 100% bog’lanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Tahminan 86% ichak va 3% buyrak orqali ajraladi. Rimonabantni bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Asosiy noxush ta’siroti – ko’ngil aynishi, ich ketishi, bosh aylanishi, depressiya holatlari va boshqalar.
Yog’ to’qimasining adipotsitlarida β3- adrenoretseptorlar mavjud ekanligini ixtiro qilinishi va ularni lipoliz va termogenezga rag’batlantiruvchi ta’sirini aniqlanishi ushbu retseptorlar antagonistlari semizlikni davolash vositalarini yaratish bo’yicha izlanishlarga sabab bo’ldi. Bu tipdagi dastlabki dori vositalar yaratildi va ular klinik sinovlardan o’tkazildi. Ushbu dori vositalarni qo’llash bemorlarning yuqori tana vaznini kamaytiradi.Ammo ushbu dori vositalarni semizlikni davolashdagi kelajagini baxolash ancha qiyin.
Semizlikni davolashni yo’llaridan biri bu ichak dan yog’larni so’rilishini kamaytirish hisoblanadi. Bu ovqat tarkibidagi yog’larni so’rilishi uchun zarur lipaza fermentlarini ingbitsiyalash hisobiga amalga oshirilishi mumkin.Shunday dori vositalardan biri
orlistat (ksenikal) xisoblanadi. U me’da va ichakda lipazani qaytmas bloklaydi va shu tufayli ovqat tarkibidagi triglitseridlarni erkin yog’ kislotalari va monoglitseridlargacha gidroliziga to’sqinlik qiladi.Dori vositani kuniga 3 marta ichilganda yog’larni (triglitserid va xolesterin) so’rilishi tahminan 30% ga kamayadi. Bunda yog’da eruvchi vitaminlarni so’rilishi birmuncha buziladi. Orlistatni o’zi juda kam darajada abtsorbsiyalanadi. Dori vositaning 83% ichak orqali o’zgarmagan holda ajraladi. Buyrak orqali 2% modda ajraladi. Orlistat 3-5 kunda to’liq eliminatsiyalanadi. Noxush ta’sirlar kam darajada yuzaga keladi va asosan ozuqa tarkibidagi yog’larni miqdoriga bog’liq. Odatda bular tez-tez defekatsiyaga, qorinda og’riq, qaytqilish , ko’ngil aynish , diareya.
Bundan tashqari MIT dan yomon so’riladigan yoki kaloriyasi past bo’lgan yog’lar o’rniga ishlatiladigan moddalar qo’llaniladi.Organoleptik xossalari va konsistentsiyasi bo’yicha yog’larni eslatadi va shu sababdan pazandalikda muvafaqqiyat bilan qo’llanmoqda. Ana shunday dori vositalardan biri ichakdan umuman so’rilmaydigan olestra hisoblanadi. U 6-8 ta yog’ kislotalari ko’rinishida yon bosh zanjir tutgan sukoroza poliesterinning hosilasidir.
Olestra yog’da eruvchi vitaminlarni so’rilishini (shuning uchun uning tarkibiga A,D,E,K vitaminlari qo’shiladi) hamda xolesterin va safro kislotalarini absorbtsiyasini kamaytiradi. Qonda ZPLP miqdorini tushiradi.
Noxush ta’siri : qorin soxasida spastik og’riqlar, diareya.
Ozuqalarni quvvatini kamaytirish uchun ancha vaqtdan beri qandni qabul qilishni cheklash yoki uning o’rniga uglevod bo’lmagan (saxarin, aspartamga o’xshash) ta’mi shirin bo’lgan past kaloriyali va MITdan so’rilmaydigan moddalar tavsiya etilgan. Bu juda ham samarador yo’l ,chunki uglevodlar (glyukoza) organizmda yog’lar sintezining muhim manbaaidir. Semizlikni davolash uchun yangi vositalarni yaratish asosan anoreksigen faollikka ega moddalar qatorida olib borilmoqda. Jumladan yog’ to’qimasi hujayralaridan ishtahani susaytiruvchi leptin garmonini ajratilishi rekombinant leptinni yaratilishiga olib keldi. Semizlikka duchor bo’lganlarda uni qo’llash tana vaznini kamayishiga imkoniyat tug’diradi. Ammo bunday natija faqat endogen leptin yetishmovchiligida kuzatilgan. Tana vaznini boshqarishda ishtahani oshiruvchi neyropeptid Y ning katta ahamiyati aniqlangan. Shu sababli ushbu peptid antagonistlarini yaratishda jadal izlanishlar olib borilmoqda.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish