gidrologik
yil
uchun tuziladi. Gidrologik yil
deyilganda, o‘rganilayotgan daryo
havzasida namlikning to‘planishi va sarf bo‘lishi davrlarini to‘la o‘z ichiga
olgan yillik oraliq tushuniladi. Demak, bu vaqt oralig‘i daryo havzasiga
qorning yog‘ishi, to‘planishi, eriy boshlashi va erigan qordan suv oqimi
hosil bo‘lishi davrini qamrab oladi.
Iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, o‘lkamizda gidrologik
yilning boshlanishi sifatida 1 - oktyabr qabul qilingan. "Gidrologik yil"
tushunchasini kiritish natijasida, tabiiyki, u yildan bu yilga o‘tuvchi suv
zaxiralari miqdorining eng kam bo‘lishiga erishiladi. Bu esa suv balansi
tenglamalarini tuzish va boshqa ko‘pgina amaliy masalalarni hal etishda
qulaylik yaratadi.
Tabiiy sharoitda, ya’ni daryo oqimi gidrotexnik inshootlar –
to‘g‘onlar, suv omborlari yordamida boshqarilmaganda, gidrologik yil
uchun suv balansi tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
X = U = E
U.
Ifodadan ko‘rinib turibdiki, bu yerda
U daryo havzasidagi namlik
zaxirasining o‘zgarishiga bog‘liq holda musbat yoki manfiy ishorali
bo‘lishi mumkin. Ko‘p yillik oraliq uchun
U ni hisobga olmasa ham
bo‘ladi, chunki uning musbat va manfiy qiymatlari o‘zaro tenglashadi. U
holda daryo havzasining suv balansi tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
X
0
= U
0
+ E
0
.
Yuqorida keltirilgan barcha ifodalardagi kattaliklarning o‘lcham
birligi
mm
,
m
3
yoki
km
3
da bo‘lishi mumkin.
Nazorat savollari va topshiriqlar
1. Daryo oqimiga qanday omillar ta’sir etadi?
2. Iqlimiy omillar daryo oqimining hosil bo‘lishiga qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
3. Tog‘ daryolari oqimining hosil bo‘lishida relyefning ta’siri
131
nimalarda aks etadi?
4. O‘rta Osiyo misolida daryo oqimiga antropogen omillar ta’sirini
yoritib bering.
5. Daryo oqimini turli o‘lcham birliklarida ifodalashda qanday
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
6. Oqim hajmi qanday aniqlanadi?
7. Oqim modulini hisoblash ifodasini eslang.
8. Oqim koeffitsiyentining tabiiy mohiyatini tushuntiring.
9. Oqimning modul koeffitsiyenti nimani ifodalaydi?
10. Oqim normasi nima?
11. Oqim normasi qanday aniqlanadi?
12. Oqimning integral egri chizig‘i nima maqsadda chiziladi?
13. Variatsiya koeffitsiyenti nima va u qanday hisoblanadi?
14. Asimmetriya koeffitsiyentining mohiyatini tushuntiring.
15. Oqimning yil davomida taqsimlanishini belgilovchi omillarni
eslang.
16. Oqimning yil davomida taqsimlanishi qanday vaqt oraliqlari
uchun hisoblanadi?
17. Oqimning yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanishi qanday
hisoblanadi?
18. Daryo havzasi suv balansining kirim qismi elementlarini aytib
bering.
19. Daryo havzasi suv balansining chiqim qismi elementlarini aytib
bering.
20. Gidrologik yil nima?
21. Gidrologik yil O‘rta Osiyoda qachondan boshlanadi?
22. Gidrologik yil uchun daryo havzasining suv balansi tenglamasini
eslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |