O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-rasm. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

10.12-rasm. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishi
(Qashqadaryo Varganza q., 1988 y.) 
Daryo yillik oqimining yuqorida sanab o‘tilgan muddatlar bo‘yicha 
taqsimlanishi daryoning to‘yinish manbalariga bog‘liq bo‘lib, shu daryo suv 
rejimining asosiy xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
Agar daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlari faqat yomg‘ir 
ko‘rinishida bo‘lsa, daryo oqimi uning yil ichida taqsimlanishini 
takrorlaydi. Lekin oqimning asosiy qismi yilning sovuq davrlariga to‘g‘ri 
keladi. Chunki bu vaqtda yer sirtida namlikning kattaligi tuproq-gruntlarga 
bo‘ladigan shimilishni kamaytirsa, havo haroratining pastligi tufayli esa 
bug‘lanish kamayadi. Bu holat, o‘z navbatida, daryo havzasida oqim 
koeffitsiyentining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. O‘z-o‘zidan ravshanki, 
yilning issiq mavsumlarida esa yuqoridagilarning ksi kuzatiladi. 
Daryo havzasiga tushgan yog‘inning ma’lum qismi qor ko‘rinishida 
bo‘lsa, qor qoplami hosil bo‘lib, undan faqat havo harorati iligandagina 
oqim hosil bo‘ladi. Agar mazkur daryoning to‘yinishida boshqa 
manbalarning hissasi uncha katta bo‘lmasa, bunday daryolarda oqimning 
70-90 foizi bahorga to‘g‘ri keladi. 
Qish uzoq davom etadigan shimoliy hududlarda to‘linsuv davri 
yozga to‘g‘ri kelib, daryo oqimining asosiy qismi ham shu davrda oqib 


128 
o‘tadi. 
Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolarda, shu jumladan, 
Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismidagi irmoqlarida (Vaxsh, Panj, 
Kichik Norin, Katta Norin) oqimning yil davomida taqsimlanishi havo 
haroratining yillik o‘zgarishiga mos tushadi. Chunki bunday daryolar 
baland tog‘lardagi doimiy qor va muzliklarning erishidan hosil bo‘ladigan 
suvlar hisobiga to‘yinadi. Turli balandlik mintaqalaridagi qor va 
muzliklarning turli vaqtlarda erishi esa to‘linsuv davrining cho‘zilishiga 
sabab bo‘ladi. Shu bilan birga ularda to‘linsuv davrining boshlanishida 
oqim miqdori bir maromda ortib boradi, uning tugashida esa xuddi shu 
tartibda kamaya boradi. Baland tog‘ daryolari oqimining yil davomida 
taqsimlanishi shu jihatlari bilan tekislik daryolaridan farq qiladi. 
Daryoning to‘yinishida yer osti suvlari hissasining katta bo‘lishi, 
havzada ko‘llarning mavjudligi ham oqimning yil davomida bir maromda 
taqsimlanishiga ta’sir etadi. Bu holat Ladoga ko‘lidan boshlanadigan Neva 
daryosida, Onega ko‘lidan boshlanadigan Svir daryosida, Pomir 
tog‘laridagi Sarez ko‘lidan boshlanadigan Murg‘ob daryosida yaqqol 
kuzatiladi. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishiga ko‘lning ta’siri 
darajasi uning o‘lchamlariga, shakliga, ko‘ldagi suv hajmiga, ko‘ldan 
suvning oqib chiqish sharoitri va boshqa omillarga bog‘liq. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish