111
ob‘ektdagi 187 nuqtada ma‘lum bir muddatlarda suv namunalari olib
tekshiriladi. Ushbu namunalar mineral komponentlar, biogen moddalar,
neft mahsulotlari, fenollar, xlor organik va fosfor organik pestitsidlar, ftor,
sintetik
faol moddalar, og‗ir metallar bo‗yicha, jami 40 dan ortiq
ingredientlar bilan ifloslanishi bo‗yicha laboratoriya tahlilidan o‗tkaziladi.
Gidrobiologik kuzatishlar 50 ta suv ob‘ektida, 77 ta joy va 100 ta kesimda
olib boriladi. Yog‗inlardan olinadigan namunalar bir necha meteorologik
stansiyalarda o‗rganiladi. Ulardagi sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar,
nitratlar, kalsiy, magniy, kaliy, ftor va boshqalar laboratoriyalarda
aniqlanadi. Qor qoplamining ifloslanishi sanoati rivojlangan shaharlarda 26
ta modda bo‗yicha tekshiriladi. Havoning ifloslanishi 34 ta shaharning 65
ta turg‗un
punktlarida kuzatiladi, ularda 30 ta zararli aralashmalarning
konsentratsiyasi o‗lchanadi.
Sug‗oriladigan maydonlarning sho‗rlanish holati yilda 2 marta (1
aprel va 1 oktabr) aniqlanadi. Tuproqlarda tuz miqdorining o‗zgarishi
deyarli
barcha
xo‗jaliklarda ma‘lum joylarda kuzatib boriladi.
Tuproqlarning ifloslanishi 22 ta ingredientlar bo‗yicha nazorat olib
boriladi. Shuningdek, o‗sha maydonlarda grunt suvlarining chuqurligi,
minerallashuv darajasi, tarkibi, ifloslanishi aniqlanadi. Vohalarda zovur
suvlarining minerallashuvi, ifloslanish darajasi ham ma‘lum
joylarda
muntazam ravishda o‗rganiladi.
Tabiat komponentlarining ifloslanishi, minerallashuvi, o‗zgarishlari
va boshqa xususiyatlari bo‗yicha ilmiy-texnik hisobotlar har yili muayyan
dasturlar asosida respublika miqyosida tuziladi va tegishli muassasalarga,
shuningdek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasiga yuboriladi.
Respublika
atrof-muhitni
ifloslanish
manbalarining
yagona
monitoring tizimi quydagilarni nazarda tutadi:
nazoratga tegishli bo‗lgan korxonalar va ustuvor manbalarni
inventarizatsiya qilishni bosqichma-bosqich o‗tkazish;
boshqa muassasalarning (Boshgidromet, Qishloq va suv
xo‗jaligi, Geologiya qo‗mitasi, Komunal xizmat ko‗rsatish
vazirliklari va h.k.) axborotlaridan foydalanish;
test ob‘ektlarida (havo, suv va tuproq holati bo‗yicha)
kuzatishlar olib borish;
ifloslanish manbalari monitoringi tizimida ma‘lumotlarni tahlil
qilish, umumlashtirish va tartibga solish;
qo‗mita bazasida respublika va viloyatlar bo‗iicha ma‘lumotlar
bankini vujudga keltirish va yangilab borish;
112
tanlangan ob‘ektlar bo‗yicha atrof-muhit holati to‗g‗risida
axborot tayyorlash.
Ishlab chiqilgan metodikani aprobatsiya
qilish uchun turli
texnogenez sharoitlarga ega bo‗lgan ikki testli ob‘ekt tanlab olingan:
Farg‗ona viloyati (sanoat yo‗nalishida) va Xorazm viloyati (agrar
yo‗nalishda). Ushbu viloyatlar uchun havo, tuproq, ser usti va ser osti
suvlarining ifloslanish kartalari, vaqt mobaynida muhit sifatining
o‗zgarish grafiklari, nazoratga tegishli bo‗lgan manbalarning ustuvorligi
aniqlangan, kuzatish nuqtalari
hamda davrlari belgilangan, tekshiriladigan
ingredientlar ro‗yxati aniqlangan.
Atrof-muhitni xloroorganik pestitsidlar, neft mahsulotlari, og‗ir
metallar bilan ifloslanish manbalarini asboblar bilan nazorat qilish uchun
Farg‗ona, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida hududiy
markazlar tuzilgan.
Dala sharoitida landshaftlar ifloslanishini o‗rganish va manbalarini
aniqlash maqsadida tadqiqot o‗tkazishda ma‘lum dastur asosida havo, suv,
tuproq, o‗simliklarni ifloslanishi bo‗yicha monitoring ishlarini o‗tkazish
maqsadga muvofiq. Buning uchun havoni ifloslanishini o‗rganish
maqsadida serqatnov avtomobil yo‗li chetida o‗sib turgan daraxt
barglaridan ma‘lum masofada yig‗ish, bunda
daraxt turini yozib olish,
so‗ngra laboratoriyada barglarni iflosligini aniqlanadi (bu og‗ir metallar
uchun). Tuproq tarkibidagi og‗ir metallar, pestitsidlarning miqdori hamda
suvlarning ifloslanganligi ham namuna olish yo‗li bilan laboratoriyada
aniqlanadi. Bunda 3 shisha idishda (0,5 l) suv olinsa, sho‗rligi, sifati va
boshqa moddalarni aniqlashga imkon beradi.
Bunda barcha olingan
namunalarni xar biri aniq manzili, vaqti, olingan chuqurlik, havo holati va
boshqa zaruriy ma‘lumotlar yozib olinadi.
Dala sharoitida monitoring muntazam bo‗lmasa ham bir martalik
ma‘lumotga ega bo‗lishga imkon beradi, keyinchalik xuddi shu hududda
yana qaytadan dala ishlari amalga oshirilsa oldingi ma‘lumotlar bilan
solishtirish uchun asos bo‗ladi, kartalar ishlashda zarur bo‗ladi. Eng
muhimi geoekologik monitoringni tartibli, belgilangan qoidalar bilan
amalga oshirish ko‗zlangan maqsadga erishishga imkon beradi. Monitoring
kuzatishlarini iloji boricha majmuali olib
borish yaxshi samara beradi,
Chunki faqat shu sharoitdagina majmuali monitoringli kuzatishni amalga
oshirish mumkin, yakka tadqiqotchilar bunday murakkab ishlarni tartibli
qila olmaydilar, yoki jismonan charchab, uddasidan chiqa olmaydilar.