O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

3. Global (biosferali) monitoring. 
Bu monitoring quyidagilarning 
holatini global masshtabda amalga oshirishga asoslangan: atmosfera va 
ozon qatlami, gidrosfera, o‗simlik va tuproq qoplami, hayvonot olami. 
Ko‗rsatkichlari – radiatsion balans, iqlim isishi, atmosferaning gaz tarkibi 
va changlanganligi, yirik daryo va ko‗llarning hamda dunyo okeanining 
ifloslanishi, shahar aglomeratsiyalarining ifloslanishi, cho‗llashish, 
tuproqlar, o‗simlik va hayvonlarning global holati kabilardir. Global 


109 
monitoring bioekologik va geoekologik monitoring ma‘lumotlaridan 
foydalangan holda uni to‗ldiradi va butun geografik qobiq miqyosida 
amalga oshiriladi. Ushbu monitoringning asosiy vazifasi – tabiiy 
muhitning butun geografik qobiq miqyosida o‗zgarish parametrlarini 
kuzatish, nazorat qilish va bu o‗zgarishning vaqtincha yoki davriy holda 
bo‗lishini aniqlash hamda bu holatning inson hayoti va faoliyatiga ta‘sirini 
ekologik baholashdan iborat. Global monitoring kuzatishlari antropogen 
ta‘sirga eng kam uchragan hududlarda – tayanch poligon yoki 
stansiyalarda, ya‘ni biosfera qo‗riqxonalarida amalga oshiriladi. Bunday 
qo‗riqhonalar qatoriga O‗zbekistonda Chotqol biosfera qo‗riqxonasi kiradi.
Tabiiy muhitning o‗z-o‗zini tozalashining tabiiy holatini aniqlashda 
REM ko‗rsatkichlari va meyoriy miqdor ko‗rsatkichlarini ekologik 
baholash muhim ahamiyatga ega. Bu ko‗rsatkich tabiiy geotizimlarda 
ma‘lum trofik (konsumentlar, produtsentlar, redutsentlarning o‗zaro 
bog‗liqligi) va komponentlararo aloqalarni, tabiiy biologik modda 
almashuvining hajmi va jadalligini belgilaydi. ―Shuning uchun ham 
geoekologik 
monitoring 
kuzatishlaridagi 
indikatorlar 
tarkibiga 
geotizimlarning o‗z-o‗zini tozalash ko‗rsatkichlarini kiritish ularda 
ifloslantiruvchi moddalar qay darajada to‗planganligini aniqlashga, bu 
orqali geotizimlarning turli maishiy va sanoat chiqindilari bilan ifloslanish 
REM va ularni prognozlashtirish imkoni vujudga keladi. O‗z-o‗zini 
tozalash qobilyati va ruxsat etilgan yuk tabiiy geotizimlarning asosiy 
tiplaridagi trofik aloqalar va biologik modda almashuvi jadalligini 
o‗rganish orqali aniqlanadi‖ (Gerasimov 1985 y). 
Ma‘lumki, tabiatda tabiiy, dinamik ekologik muvozanat mavjud 
bo‗lib, agarda bu muvozanat buzilsa tabiiy muhit ham degradatsiyaga 
uchraydi. Oqibatda, tabiiy geotizimlarda buzilish ro‗y berib, modda va 
energiyaning tabiiy oqimlari va ularning balanslarida qaytarilmas 
o‗zgarishlar vujudga kelishi va butun geotizimning ishdan chiqishi 
kuzatiladi. 
Geotizimlarning 
eng 
muhim 
xususiyatlaridan 
biri 
ularning 
mahsuldorligidir. Shuning uchun ham geoekologik monitoringga 
biomahsuldorlikni aniqlovchi indikatorlarni kiritish va buni tabiiy singari 
inson tomonidan o‗zgartirilgan geotizimlarga ham tadbiq qilinishi lozim. 
Ushbu ko‗rsatkichlarni taqqoslash bilan tabiiy resurslardan qanchalik 
samarali foydalanilayotganini aniqlash imkoniyati vujudga keladi. 
Shuningdek, odatdagi empirik texnik tadbirlar va statistik meyoriy 
ko‗rsatkichlardan ilmiy jihatdan asoslangan foydalanishga va prognozli 
foydalanish koeffitsentiga o‗tishga imkon tug‗iladi. 


110 
Geoekologik monitoringni amalga oshirishda aerokosmik, landshaft 
indikatsiyasi, kartografik, statsionar kuzatuv, geofizik, geokimyoviy, 
biokimyoviy, zoologik, epidemiologik, matematik, modellashtirish va 
boshqa ko‗plab metodlardan foydalaniladi. 
Bioekologik monitoringda atrof-muhitni bir necha parametrlari 
(indikatorlari) bo‗yicha geofizik, biokimyoviy va biologik sohalarda 
muntazam nazorat hamda kuzatishga asoslaniladi. Bunda nazorat 
punktlarida bioekologik ahamiyatga ega bo‗lgan (REM bo‗yicha) 
kuzatishlarni amalga oshiriladi.
Geotizimli monitoringda geofizik, geokimyoviy va biokimyoviy 
hamda biologik usullarda nafaqat nazorat punktlaridagina ish olib 
bormasdan, balki alohida maxsus (testli) maydonlarda ham nazorat va 
kuzatish ishlarini o‗tkaziladi. Test maydonlarini tabiiy test poligonlar deb 
atash mumkin. Ayni shu poligonlarda geotizimli testlar (indikatorlar) 
REM, biologik mahsuldorlik, o‗z-o‗zini tozalash, prognozli foydalanish 
koeffitsentini atrof-muhit bo‗yicha barcha monitoring uchun ishlab 
chiqilishi lozim. Bunday poligonlar unchalik katta bo‗lishi shart emas, 
lekin tabiat etarli darajada atrof-muhit uchun xos yoki shu joyning barcha 
xususiyatlarni qamrab olgan bo‗lishi lozim. Bir tabiat zonasiga yoki 
yirikroq tabiat-xo‗jalik tizimiga bitta poligon yetarli. Bundan zonal yoki 
regional geoekologik poligonlar nomi kelib chiqadi. Bunday poligonlarda 
shu rayonga xos bo‗lgan kuzatishlar va nazorat olib boriladi. Bunda eng 
muhim geotizimlar guruhlari mavjud bo‗lishi lozim: 1) tabiiy (qo‗riqxona) 
holda; 2) tabiiy-antropogen (agrolandshaft); 3) antropogen geotizim 
(shahar) (Gerasimov 1985 y.). 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish