geoekologik vaziyat
– muayyan geotizimlarda tabiiy
geografik jarayonlar va inson xo‗jalik faoliyati bilan bog‗liq geoekologik
muammolarning makon va zamonda almashinib kelishining ayni vaqtdagi
holati: tabiiy landshaftlarning o‗zgarish holati; tabiat komponentlarining
sifat va soniga ko‗ra holati; antropogen yuk holati; aholining salomatligi
holati va h.k.
Bunda nafaqat shu geotizimdagi, balki yon atrofdan tutash
geotizimlardagi antropogen salbiy ta‘sirlarning ham bo‗layotgan oqibatini
hisobga olinadi. Ma‘lumki, ifloslangan zaharli moddalar havo, suv va
hayvonlar orqali mazkur geotizimga kirib keladi.
Geoekologik baholashning bosh maqsadi insonning qanday ekologik
vaziyatlarda hayot kechirishini tavsiflash va u asosida yuzaga kelgan
noqulay ahvolni yumshatish chora-tadbirlari majmuasini ilmiy asoslashdan
iborat.
Geoekologik vaziyatni baholash uncha uzoq bo‗lmagan tarixga ega.
Shundan bo‗lsa kerak bu borada adabiyotlarda turlicha fikrlar uchraydi.
―Hududlarda geoekologik vaziyatni baholash murakkab masala bo‗lib
hozirgacha yagona fikrga kelingani yo‗q. Baholashda ekologik vaziyatning
keskinligi bo‗yicha pog‗onalar soni, ularni ajratishdagi mezonlar turli
mualliflarda bir xil emas. Hatto bir xil nom bilan ataladigan keskinlik
darajasi mazmun jihatdan ham farq qiladi‖ (Raxmatullaev, 2007). Bu
borada hanuzgacha poyoniga etkazilgan mantiqiy baholash prinsipi,
uslubiyoti va usullari ishlab chiqilgani yo‗q‖ (Rafiqov, 1999). Demak,
98
geoekologik vaziyatni baholash mezonlari, metodologiyasi, uslublari ham
turli mutaxassislarda har xil ekan. Bu holat bizningcha, birinchidan turli
mamlakatlardagi tabiiy sharoit va geotizimlarning tabiiy imkoniyatlarini
turlichaligi bilan, ikkinchidan geotizimlarga bo‗ladigan antropogen
yukning har xilligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun mazkur masala
yuzasidan O‗zbekistonda bajarilgan ishlarning tahlilini ko‗rib chiqishni
ma‘qul topdik.
O‗zRFA Geografiya bo‗limi tomonidan A.A.Rafiqov ilmiy
rahbarligida tayyorlanib, 1992 yil nashr etilgan 1:1000000 masshtabli
―O‗zbekiston Respublikasining ekologik kartasi‖ da ekologik vaziyat
darajalari 13 ta indikatorlar asosida tavsiflangan va 5 ta pog‗onaga
ajratilgan: qanoatlanarli, o‗rtacha qanoatlanarli, o‗rtacha, keskin, tang.
Keyinchalik A.A.Rafiqov (1999) ushbu indikatorlarni takomillashtirib,
sonini 16 taga etkazadi, shuningdek 13 ta indikatordan 5 tasining o‗rniga
boshqalarini taklif qiladi. Ushbu indikatorlardan ―O‗zbekiston tabiatni
muhofaza qilish kartasi‖ ni (2003) tuzishda foydalanib geoekologik
vaziyatlar landshaftlarning o‗zgarganlik darajasi sifatida etti pog‗onali
shkalada berilib ranglarda tasvirlangan. Mazkur kartani tuzishda landshaft
kartasi asos qilib olingan.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi (V.L.Savello va boshq.,
1998) tomonidan Respublikamiz hududining ekologik vaziyatini baholash
uchun 18 ta ko‗rsatkichdan iborat shkala ishlab chiqilgan va 5 ta darajadagi
ekologik zonalarga ajratib, ma‘muriy tumanlar chegarasida ballarda
miqdoriy baholangan. Ushbu kartaning asosini ma‘muriy-hududiy
bo‗linish tizimi tashkil etadi. Ekologik vaziyat quyidagi darajalarda va
ballarda ifodalangan: keskin – 120 dan kam ball; kuchsiz keskin – 120-150
ball; o‗rtacha keskin – 150-250 ball; kuchli keskin – 250-400 ball; juda
keskin – 400 va undan ko‗p ball. Keyinchalik, ―ushbu ishlar
takomillashtirilib, ―ekologik rayonlashtirish metodikasi‖ ishlab chiqilgan.
Bunda taksonomik birlik sifatida ma‘muriy tumanlar olingan, biroq bu
tumanlar hududning ifloslanish areallari bilan, ya‘ni mavjud landshaft-
geografik konturlar bilan amalda mos tushmaydi. Unda ko‗rsatkichlar soni
20 ta bo‗lib, 3 ta blokka birlashtirilgan, ekologik vaziyat 4 ta darajada
ko‗rsatilib ballarda ifodalangan: kuchsiz – 160 balldan kam, o‗rtacha –
160-220 ball, yuqori (keskin) – 220-260 ball, juda yuqori (inqirozli) – 260-
300 ball‖ (Razakov, 2000).
Yergeodezkadastr qo‗mitasi tomonidan tayyorlanib nashr etilgan
―O‗zbekiston Respublikasi yer resurslari atlasi‖ da (2001) berilgan
―Ekologik mintaqalashtirish‖ kartasida mintaqalar sifatida ma‘muriy
99
tumanlar olingan va baholashda 18 ta ko‗rsatkichdan foydalanilgan.
Respublika hududi quyidagi mintaqalarga ajratilgan: 0 – qoniqarli (yo‗l
qo‗yarli); I – keskin; II – favqulodda; III – halokatli. Ekologik
baholashning asosiy mezonlari sifatida quyidagilar olingan: Yer usti
suvlarining ifloslanish indeksi (SII), atmosferaning ifloslanish indeksi
(AII), tuproqlarning pestitsidlar bilan ifloslanishi (kg/ga), ichimlik
suvining davlat standartiga to‗g‗ri kelishi, tuproqlarning sho‗rlanishi,
aholining umumiy kasallanishi va boshqalar.
O‗zbekiston ―Geologiya va ma‘dan resurslari davlat qo‗mitasi‖
tomonidan 1999 yilda nashr etilgan ―O‗zbekiston Respublikasi
geoekologik kartasi‖ da geoekologik vaziyatga komponentlar bo‗yicha
baho berilgan. Kartada tuproqlar ifloslanishi rang bilan tasvirlanib to‗rt xil
darajada ko‗rsatilgan: ifloslanish yo‗q, kuchsiz ifloslangan, o‗rtacha
ifloslangan, kuchli ifloslangan. Bu darajalar ifloslovchi moddalarning yalpi
ko‗rsatkichi asosida olingan.
Z.A.Amanbaeva (2004) A.A.Rafiqov (1999) taklif qilgan mezonlar
shkalasidan foydalanadi va tadqiqot ob‘ektining xususiyatlaridan kelib
chiqib mezonlar shkalasiga 3 ta qo‗shimcha kiritib, Ohangaron daryosi
havzasi o‗rta oqimi geoekologik vaziyatini baholaydi.
A.Raxmatullaev (2007) ushbu masala yuzasidan bajarilgan bir nechta
ishlarni tahlil qilib, Zarafshon vohasining geoekologik vaziyatini baholash
mezonlarini ishlab chiqadi. Geoekologik vaziyatni keskinlik darajasi
bo‗yicha 7 ta pog‗onaga ajratadi – qanoatlanarli, jiddiy, o‗rtacha keskin,
kuchli keskin, tang, xavfli, halokatli.
Bular
geoekologik
vaziyatni
baholashda
barcha
tabiiy
komponentlarning xususiyatlarini hisobga olishga asoslangan kompleks
baholash ishlari bo‗lib, quyida tabiat komponentlarining ekologik holatini
baholashga qaratilgan ayrim ishlarni keltiramiz.
G.N.Tinina va L.G.Pianovskayalar (1998) tomonidan suvlarning
ifloslanish darajasini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Bu mezonlar
shkalasini ishlab chiqishda 5 ta indikator hisobga olingan.
G.A.Tolkacheva va boshq. (1998) tomonidan atmosfera havosining
ifloslanishini baholovchi mezonlar ishlab chiqilgan bo‗lib, unda 7 ta
indikatorlardan foydalanilgan.
Sh.Iskandarova (2000) yer usti suvlarini gigienik jihatdan baholash
metodikasini iishlab chiqdi.
O‗zdaverloyiha ITI tomonidan tuproqlarning sho‗rlanganlik va
pestitsidlar bilan ifloslanganlik darajalari ishlab chiqilgan bo‗lib,
respublika hududi 4 pog‗onali shkalada ma‘muriy tumanlar doirasida
100
baholangan va quyidagi mintaqalarga ajratilgan: 0 – qoniqarli (yo‗l
qo‗yarli); I – keskin; II – favqulodda; III – halokatli.
Geoekologik
vaziyatni
baholash integral baholash bo‗lib,
geotizimning barcha komponentlarini qamrab olishini hisobga olsak, bu
borada A.A.Rafiqovning (1999) ishlari ancha mukammaldir. Boshqalardan
farq qilib geoekologik vaziyat ma‘muriy birliklar miqyosida emas, tabiiy
geografik birliklar, ya‘ni landshaftlar doirasida, barcha tabiiy
komponentlarni hisobga olgan 16 ta indikatorlardan foydalanib
baholangan. Uning ishlari keyinchalik Sh.M.Sharipov (2006, 2011)
tomonidan davom ettirilib, takomillashtirildi va baholash jadvaliga
―Geotizimlarning o‗zgarganlik indeksi va darajasi‖ hamda ―Geotizimlarga
antropogen yuk holati‖ qo‗shildi (5-jadvalda * bilan belgilangan).
Antropogen yuk holatini 3 ta ko‗rsatkich: 1) aholi zichligi va ―Yer
sig‗imi‖, 2) geotizimlarning antropogen elementlar bilan bandligi, 3)
Yerlardan foydalanish turi kabi ko‗rsatkichlardan foydalanilib, indikatorlar
soni 20 taga etkazildi (5-jadval).
Yuqorida
keltirilgan
tadqiqotlar
va
boshqa
adabiyotlarda
geoekologik vaziyat darajalarini nomlash va pog‗onalarga ajratilishining
turlichaligini ko‗ramiz. Buning ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablari bo‗lib,
avvalambor tahlil qilish, qiyosiy baholash, landshaftlarni geoekologik
nuqtai nazardan toifalarga ajratish uchun aniq mezonlarni ishlab chiqishni
talab etadi. Ob‘ektiv sababi – geoekologik vaziyat darajalarining
pog‗onalari va ularni belgilovchi indikatorlarning soni geotizimlarning
taksonomik darajasiga bog‗liq. Geotizimlarning quyi taksonomik
darajasiga tushgan sari, indikatorlar soni va aniqligi ortib boradi. Sub‘ektiv
sababi
esa,
tadqiqotchilarning
tayanch
ma‘lumoti, maqsadi va
yondashuvining har xilligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |