Sirt faol moddalar
Sirt faol moddalar - satxlar (fazalar) chegarasiga adsorbsiyalanib, sath energiyasini (sirt
taranglikni) pasaytiradigan moddalar. Moddalarning fazalar chegarasiga adsorbsiyalanib, hajmiy
konsentratsiyaga bogʻliq tarzda sirt taranglikni pasaytirish xossasi sirt faollik deyiladi. U
Gibbsning adsorbsiya tenglamasi r=(C/RT)(dc/dc) tarkibiga kiruvchi G=da/dc qiymat bilan
ifodalanadi. Yukrridagi tenglamaga muvofiq Sirt faol moddalarm. uchun Gibbs adsorbsiyasi
nuldan katta boʻlishi (G>0) lozim. Natijada adsorbsion qavatdagi modda konsentratsiyasi eritma
hajmidagi konsentratsiyadan yuqori boʻladi. Sirt faol moddalarm. molekulasi difil tuzilishga ega
bulib, 2 qism: qutblanmagan — gidrofob (suvdan qochuvchi) va qutblangan — gidrofil (suvga
tortiluvchi) qismlardan iborat. Shu tufayli Sirt faol moddalarm. 1 ta erituvchining uzida sharoitga
qarab, ham chin, ham kolloid eritma hosil qila oladi. Qutblanmagan guruhlar suvli sharoitda oʻzaro
gidrofob taʼsirlanishga uchraydi. Agar gidrofob kiyem zanjirida 10—22 uglerod atomi saqlansa,
ularning gidrofob taʼsirlanishi tufayli, shuningdek, qutblangan guruhlarning suv bilan kuchli
taʼsirlanishi oqibatida Sirt faol moddalarm. molekulalarining oʻzaro assotsialanishi (birlashishi)
roʻy beradi, natijada yirikrok, zarralar hosil boʻladi. Kolloid Sirt faol moddalarm. eritmasida
mitsellalar hosil boʻlishi termodinamik jihatdan qulaydir. Bir xil qutblanmagan guruxlarning oʻzaro
taʼsirlanishi Gibbs energiyasining oʻzoʻzidan kamayishiga olib keladi. Hosil bulgan mitsellalar
yadrosini kugblanmagan radikallar, tashqi qobigʻini esa qutblangan guruxdar tashkil etadi. Bu, uz
navbatida, gidrofob guruxlarning suv bilan eng kam taʼsirlashini taʼminlaydi.
Kolloid Sirt faol moddalarm.ning mitsella hosil qiladigan eng kichik konsentratsiyasi mitsella
hosil qiladigan kritik konsentratsiya deyiladi. Eritma konsentratsiyasiga qarab mitsellalar shakli
oʻzgaradi. Kichikroq konsentratsiyada dastlab sferik (sharsimon) mitsellalar hosil boʻladi,
konsentratsiya ortishi bilan mitsellalardan Sirt faol moddalarm. molekulalarining soni ortib,
shakli silindr, soʻngra plastinka shakliga oʻzgarib boradi. Kritik konsentratsiya qiymati Sirt faol
moddalarm. tabiatiga, traga, yot moddalar va, ayniqsa, elekrolitlar mavjudligiga bogʻliq. Sirt faol
moddalarm. molekulasidagi gidrofob guruxdar uzunligi ortsa, kritik konsentratsiya qiymati
kichiklashadi. Bu qiymat eritmaning kinetik faol zarralari soni va oʻlchamiga bogʻliq xossalari,
mas, sirt taranglik, elektr oʻtkazuvchanlik, optik xossalari boʻyicha aniklanadi.
Kolloid Sirt faol moddalarm. eritmasining muhim xossasi — solyubilizatsiya. Sirt faol
moddalarm. ishtirokida erimaydigan yoki oz eriydigan kichik molekulali birikmaning suv fazasiga
oʻz-oʻzidan oʻtishi solyubilizatsiya deyiladi. Solyubilizatsiya mexanizmi qutblanmagan
modallarning mitsellaning gidrofob yadrosida erishidir. Solyubilizatsiya hodisasi oziq-ovqat
sanoatida, farmatsevtika amaliyotida keng qoʻllanadi.
Organizmda ham Sirt faol moddalar mavjud. Ular surfaktantlar deb ataladi. Sirt faol
moddalarning ionli, ionsiz; anion faol, kation faol, amfolit turlari mavjud. Ular xalq xoʻjaligining
turli sohalarida emulgator, solyubilizator, stabilizator, hoʻllovchi, flotoreagent, yuvuvchi vosita
sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda Sirt faol moddalar boʻyicha K. S. Ahmedov tashkil qilgan ilmiy
maktabda katta izlanishlar olib boriladi.
Ahmedov K., Aminov S., Sirt aktiv moddalar, T., 1972; Zimon A.D., Leshenko N.F., Kolloidnaya
ximiya, M., 2001.
Sobirjon Aminov.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sirt_fao
l_moddalar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 4 kunlar avval 87.237.238.131 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Sirt_faol_moddalar&oldid=21
94787
" dan olindi