Markaziy nerv sistemasi. Amfibiyalar bosh miyasini baliq miyasi bilan solishtirganda ulardagi bir qator progressiv belgilar ko'rinadi. Asosan, oldingi miya kuchli taraqqiy etgan. Bosh miya yarim sharlarga aniq ajralgan, baliqlarnikiga nisbatan katta va nerv iplari yarim sharlar, ichidagi miya qorinchalari tubinigina emas, balki yonbosh kamda qopqog’ini kam qoplagan. Yuqorida aytilgan progressiv belgilar bilan bir qatorda baqa miyachasining rivojlanmay qolganligi uning bosh miyasining mukammal emasligini ko'rsatadi. Baqa bosh miyasini o'rganish uchun tanasidan va boshidan terisini shilib oling. Natijada yupqa bosh tepa suyaklarining ostida joylashgan bosh miya shakli ko'rinadi. So'ngra miya qutisining suyaklarini qaychi bilan kesingda, pintset bilan kesilgan suyaklarni olib tashlang. Endi baqaning boshini o'zingizga qaratib aylantirganda, qaychi bilan orqa miya kanalining ustki yoylarini kanal bo'ylab kesib chiqing. Kesishdan hosil bo'lgan suyak parchalarini olib tashlasangiz, orqa miyani ko'rish imkoniyati tug’iladi. Endi bosh miyani ustki tomondan ko'rinishi bilan tanishib chiqing (100-rasm).
100-rasm. Baqaning bosh miyasi: A – ustidan ko'rinishi, B - ostidan ko'rinishi. 1 - oldingi miya yarim shari; 2 - hidlov bo'lagi; 3 - hidlov nervi; 4 - miya; 5 - ko'ruv xiazmasi; 6 - voronka; 7 - gipofiz; 8 - o'rta miyaning ko'rish pallasi; 9 - miyacha; 10 - uzunchoq miya; 11 - orqa miya.
Agar miya tuzilishini yuqoridan pastga qarata kuzatsak, birinchidan oldingi miyaning hidlov bo'laklaridan chiquvchi juft hidlov nervlarini ko'ramiz. Undan pastroqda chuqur yoriq orqali bir-biridan ajralgan oldingi miya yarim sharlari joylashgan. Keyin ulardan pastroqda miyani ko'rish mumkin. Oraliq miya orqasidan o'rta miyaning yumaloq ko'ruv bo'laklari joy olgan. Kichkina o’qlov shaklli miyacha uzunchoq miyaning to'rtinchi miya qorinchasining oldingi qismini qoplab ko'ndalangiga joylashgan. Uzunchoq miya orqa miyaga sezilmasdan qo’shilib ketadi. Endi baqani chap qo’lingizga olib, bosh miyasinnng ostki tomondan tuzilishini kuzating. Buning uchun hidlov nervlarini kesib, miyani skalpel uchi bilan sekin-asta yuqoriga ko'tarib, ag’daring. Natijada miya bir qancha vaqt ko'ruv nervlariga osilib qoladi, so'ngra ularni kam qaychi bilan kesing. Nihoyat, bosh miyaning ostki tomondan tuzilishini ko'rasiz. Miya ostida joylashgan ko'ruv nervlarining xiazma, voronka hamda gipofizni diqqat bilan kuzating. Bu ishlarni tamomlagach, bosh miyaning ustki va ostki tomondan ko'rinishi rasmini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |