98-rasm. Baqaning arterial sistemasi (arterial qon siyrak ingichka chiziq (shtrixlar) bilan, aralash qon nisbatan yo'g’on chiziqlar, venoz qon esa qora rang bilan ko'rsatilgan): 1 - o'ng yurak bo'lmasi; 2 - chap yurak bo'lmasi; 3 - yurak qorinchasi; 4 - arterial konus; 5 - umumiy aorta, stvol; 6 - teri o'pka arteriyasi; 7 - o'pka arteriyasi; 8 - teri arteriyasi; 9 - aortaning o'ng yoyi; 10 - aortaning chap yoyi; 11 - ensa-umurtqa pog’ona arteriyasi; 12 - o'mrov osti arteriyasi; 13 - orqa aorta; 14 - ichak tutqich arteriyasi; 75 - siydak-tanosil arteriyasi; 16 - umumiy yonbosh arteriyasi; 17 - umumiy uyqu arteriyasi; 18 - tashqi uyqu arteriyasi; 19 - ichki uyqu arteriyasi; 20 -uyqu bezi; 21 - o'pka; 22-jigar; 23-oshqozon; 24 - ichak; 25- urug’don; 26 – buyragi.
.
99-rasm. Baqaning venoz sistemasi (venoz qon qora rangda, arterial qon chiziqlar va aralash qon nuqtalari bilan ko'rsatilgan): 1 - venoz qo’ltig’i; 2 - o'ng yurak bo'lmasi; 3 - chap yurak bo'lmasi; 4 - yurak qorinchasi ko'rinishi; 5 - ichki bo’yinturuq vena, 6 - tashqi bo’yinturuq vena; 7 - teri venasi; 8 - o'mrov osti venasi, 9 - o'ng oldingi kovak vena, 10-chap oldingi kovak vena; 11 - son venasi; 12 - quymich venasi; 13 - yonbosh venasi; 14 - qorin venasi; 15 - jigar qopqa venasi; 16 -buyrakning olib chiquvchi venalari; 17 - keyingi kovak vena; 18 - jigar venalari; 19 - o'pka venalari; 20 - o'pka; 21 - jigar; 22 - oshqozon; 23 - ichak; 24 - urug’don; 25 - buyrak.
Yurak qorinchasidan ushlab, yuqori ko'tarsak, uning ostidagi yupqa devorli venoz sinusi qo'ltig’i. Endi baqaning asosiy venoz qon tomirlari bilan tanishib chiqamiz. Buning uchun ichki organlarni o'z joyidan yana bir marta qo'zg’atilsa, ular orasida joylashgan, boshqa qon tomirlariga nisbatan o'zining to’q ko'kimtir rangi bilan ajralib turuvchi venalarni topish qiyin emas. Chunonchi, venoz qon gavdaning keyingi qismi hamda orqa oyoqlardan buyrakning bir juft qopqa venasi va bitta qorin venasiga yigiladi. Buyrakda qon tomirlar oldin kapillyarlarga tarmoqlanadi va keyin yana bir-biri bilan qo’shilib, toq keyingi kovak venani hosil qiladi. Keyingi kovak vena qorin venasi va bir-juft jigar venasi bilan birlashib, o'zidagi venoz qonni venoz sinusga quyadi. Bosh oldingi oyoqlar hamda teridan keladigan venoz qon har ikki tomondagi bo’yinturuq va o'mrov os-ti venasiga yig’iladi. Bu ikkita vena bir-biriga qo’shilib, bir juft oldingi kovak venalarni hosil qiladi. Suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun xarakterli bo'lgan teridan arterial qon olib keladigan katta teri venasi oldingi kovak venalarga, oldingi kovak venalardagi bu aralash qonning hammasi esa venoz sinusga quyiladi. Nihoyat, o'pkadan arterial qon olib keladigan juft o'pka venalarining bir-biriga qo’shilishidan umumiy o'pka venasi vu-judga keladi. Bu vena olib kelgan arterial qon to’g’ridan-to’g’ri chap yurak bo'lmasiga quyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |