O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi qarshi davlat universiteti tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi fani bo'yicha m a ' ruzalarmatn I



Download 3,34 Mb.
bet14/99
Sana19.02.2022
Hajmi3,34 Mb.
#457282
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
Bog'liq
Tabiat. Metodika

Odobiy tarbiya. Tabiatshunoslik mashg’ulotlarida o’quvchilarda ta­biatga, atrofdagi odamlar mehnatiga odobiy munosabatda bo’lishni tarbiyalash zarur. Ammo Boshlang’ich sinf o’qituvchisining bir o’zi uchun odobiy tarbiyaning barcha tomonlarini qamrab olish qiyin. Bu — butun maktabning vazifasidir. Boshlang’ich sinflarda esa ish tutishda (jamoa mehnat jarayonida, ekskursiyalarda, tirik tabiat burchagida, maktab oldi uchastkasida) aks etadigan odobiy dunyoqarash shakllantirilmog’i lozim.
Tabiatga odobiy munosabatda bo’lishni tarbiyalash ishi barcha, hatto eng sodda holatlarda ham amalga oshirilmog’i zarur. Masalan, ekskursiya vaqtida o’quvchilarni gerbariy uchun ko’p miqdorda o’simliklarni yig’ishdan to’xtatish, gerbariylar uchun yaxshisi begona o’tlardan, to’kilgan barg va mevalardan foydalanish kerakligini, gerbariy uchun noyob, ayniqsa «Qizil kitob» ga kiritilgan o’simliklardan foydalanish mum­kin emasligini, guldasta uchun ko’plab gullar uzmaslikni tushuntirish kerak. Bunda bu talablar nimalar bilan bog’liqligini, albatta tushuntirish kerak. Tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini ko’paytirish ana shular bilan boshlanadi. Tabiat muhofazasining ahamiyatini tushunish, o’simlik va hayvonlarni qo’riqlash atrof olamga ehtiyotlik munosabatini tarbiyalaydi.
Ekologik tarbiya. Insonning tabiatga chuqur va har taraflama ta‘siri amalga oshayotgan bir paytdagi ilmiy-texnika inqilobi sharoitlarida inson va jamiyatning tabiatga bog’liqligini, uni saqlab qolish va yaxshilash zarurligini tushunadigan, atrofdagi go’zallikni qadrlay oladigan va tabiat holati uchun o’z zamondoshlari hamda kelgusi avlod oldidagi fuqarolik mas‘uliyatiga ega bo’lgan har tomonlama rivojlangan shaxsning shakllanishini mo’ljallovchi umum ekologik tarbiya katta ahamiyat kasb etmokda.
Maktabda tabiat muhofazasi ta‘limining samaradorligi o’qitishni o’qituvchi tomonidan tabiat muhofazasining har xil tomonlari bo’yicha sinfdan tashqari ishlar bilan mohirona uyg’unlashtirilgandagina behad ortadi. Yashil soqchilar guruhi, tabiatshunoslik to’garaklari, yosh tabiat do’stlarining klublari, maktabdagi tabiat burchagi kabilar tabiat muhofazasi tarbiyasini tashkil qilish shakllari sifatida o’zini yaxshi oqladi.
Agar ilgari tabiat muhofazasi faqat o’simlik va hayvonlarning qirilishidan himoya qilish bilan cheklangan bo’lsa, keyinroq esa tabiat boyliklarini qo’riqlash masalalari eng jiddiy bo’lib qoldi, hozirgi vaqtda esa bosh muammo — atrof-muhitni saqlab qolishdir. Shu munosabat bilan maktab tabiatshunoslik kurslarida ekologik ongni shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan tabiatdan foydalanishning eng muhim masalalari qarab chiqilmoqda.
O’quvchilarning ekologik tarbiyasi kompleks holda umumiy tarbiya bilan bog’liq tarzda amalga oshirilmog’i lozim. Ekologik tarbiyaning kompleksligi g’oyaviy-siyosiy, odobiy mehnat, estetik hamda jismoniy tarbiyaning uyg’unlashtirilishidan iboratdir, bu shaxs­ning har taraflama ravnaq topishini ta‘minlaydi. Boshlang’ich sinfdagi ekologik tarbiya vatanparvarlik hislarini rivojlantiradi, chunki Vatan jonajon o’lka, uning tabiati, xo’jaligi odamlar turmushi orqali bilib olinadi, idrok qilinadi. Chunki jonajon tabiatga muxabbatni rivojlantirish vatanparvarlik tarbiyasida eng muhim omil hisoblanadi.

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish