O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi qarshi davlat universiteti tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi fani bo'yicha m a ' ruzalarmatn I


Tabiiy fanlarning rivojlanish tarixidan



Download 3,34 Mb.
bet17/99
Sana19.02.2022
Hajmi3,34 Mb.
#457282
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Bog'liq
Tabiat. Metodika

Tabiiy fanlarning rivojlanish tarixidan
X VI-XVII asrlarda tabiatshunoslik fanlarining keskin yuksalishi boshlandi. Ishlab chiqarish, jumladan, texnikaning o‘sishi ilmiy taraqqiyotga keng yo‘l ochdi. Tabiatdagi voqea-hodisalarning azaliy tomonlarini tadqiq qilish yo‘lga qo‘yildi.
Fizika fanining mexanika sohasi sanoatning ba’zi sohalarida oddiy mexanizmlardan foydalana boshlanilishi, qurilish texnikasining takomillashuvi, chuqur shaxtalarning paydo bo‘lishi, artilleriyaning yildan-yilga kengroq qo‘llanilishi natijasida ancha rivojlandi. Murakkab suv inshootlarining paydo bo‘lishi, gidrostatika va gidrodinamikaning o‘rganilishiga, uzoq dengiz sayohatlari, astronomiya fanining rivoji va kompasning qo‘llanilishiga, bo‘yoqchilik va tibbiyotning yutuqlari kimyo sohasidagi bilimlarning takomillashuviga olib keldi. XVI-XVII asrlarda hunarmandchilik texnikasining rivojlanishi natijasida ko‘plab asbob-uskunalar ixtiro qilindi. Jumladan, mikroskop va teleskop, termometr, simobli barometr, gidrometrlar kashf qilindi.
Tabiatshunoslikning o‘sishida buyuk geografik kashfiyotlarning roli katta bo‘ldi. Bu sohadagi kashfiyotlar Yerning shar shaklida ekanligini tasdiqlabgina qolmay balki astronomiya, botanika, zoologiya fanlarini yangiliklar bilan boyitdi.
1. Astronomiya. Fandagi burilish eng avvalo astronomiya sohasida ro‘y berdi. XVI asrga qadar G‘arbiy Yevropada, shuningdek Sharq mamlakatlarida ham antik davrda yaratilgan geotsentrik g‘oya hukmron edi. Unga ko‘ra koinot markazida doira shaklida harakatsiz Yer turardi. Yerning atrofida, ma’lum masofada Oy, Quyosh va boshqa sayyoralar, yulduzli osmon aylanib turadi. Bu g‘oyaning asosi Aristotel, Gipparx va Ptolomey davrida ishlab chiqilgan edi.
Yerning harakatdagi fazoviy jism ekanligini tan olish avvalgi farazlarga, kashfiyotlarga zid ekanligidan katta to‘siqlarga uchradi. Sababi: "Injibda "Xudo Yerni va odamlarni yo‘qdan bor qilgan, Quyoshni va yo‘ldoshlarni esa Yerning atrofida aylanadigan qilib qo‘ygan" degan oyatni ruhoniylar boshqacha targ‘ib qiladigan ta’limot yo‘qqa chiqishi kerak edi. Ushbu asrlarda kishilarning olam haqidagi tasavvurlarini tubdan o‘zgartirgan iste’dodli astronomlardan butun bir guruhi yetishib chiqdi.
2. Ulug‘bek. O‘rta Osiyodagi Buyuk Amir Temur davlatining hukmdori, o‘z davrining eng mashhur allomalaridan biri Ulug‘bek (1394-1449-yillarda yashagan) edi. Ulug‘bek Samarqandda fanning turli sohalarini rivojlantirish uchun ilmiy muhit yaratdi. Uning o‘zi astronomiya va matematika sohalarida buyuk asarlar yozdi. Ulug‘bekning mashhur rasadxonasi 1428-1429-yillari qurib bitkazilgan. O‘z zamonasining eng mukammal inshooti sanalgan ushbu rasadxona 10 yildan ortiq vaqt ichida qurildi. Rasadxona Mirzo Ulug‘bek uchun olamga mashhur "Ziji Ko‘ragoniy" jadvalini tuzishda katta yordam berdi. Bu jadval o‘rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, Evropa olimlari orasida keng tarqaldi. Salkam etti asr davom etgan Sharq astronomiyasining jo‘shqin faoliyati Ulug‘bek va u yaratgan maktabning boy ilmiy merosi bilan yakunlandi. Mazkur rasadxonada ishga tushirilgan bosh "teleskop"ning aniqlik darajasi qariyb 1 yoy sekundgacha borib, to optiq teleskoplar ixtiro etilgan XVII asrga qadar, uning natijalari o‘rta asr astronomlari uchun astronomik kuzatishlarda erishilgan rekord natija bo‘lib xizmat qildi. Bu asbob Quyosh, Oy va boshqa sayyoralar harakatini o‘rganish, tutilishlar nazariyasi va amaliy astronomiyaning asosiy predmetlaridan bo‘lgan vaqtni o‘lchash ishlarida yuksak aniqlikka erishish imkonini berdi. Keyinchalik Yevropa astronomiya fanida Ulug‘bekka Ptolomey qatorida eng yuksak o‘rin berildi.

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish