O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi qarshi davlat universiteti tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi fani bo'yicha m a ' ruzalarmatn I


Sayyoralar Quyosh bilan sayyora orasidagi masofa, km



Download 3,34 Mb.
bet20/99
Sana19.02.2022
Hajmi3,34 Mb.
#457282
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99
Bog'liq
Tabiat. Metodika

Sayyoralar

Quyosh bilan sayyora orasidagi masofa, km.

Quyosh atrofi-da ayla-nish vaqti

Sayyora-nining massasi (Yer massa-siga nisbatan)

Sayyoranining hajmi (Yer massasiga nisbatan)

Sayyoralar radiuslari

Sayyora moddasining o‘rtacha zichligi

Sayyora sirtidagi og‘irlikning tezlanishi (Yerdagiga nisbatan takkoslaganda)

Merkuriy

57873000

0.24

0.055

0.05

2421

5.6

0,38

Venera

108141000

0,61

0,817

0,88

6695

5.16

0.89

Yer

195504000

1

1

1

6378

5.53

1

Mars

227798000

1,88

0,107

0,15

3392

3.95

0.38

Yupiter

777841000

11,86

318

1312

71373

1.34

2.54

Saturn

1426097000

29,46

95,0

762

60399

0.71

,.06

Uran

2865132000

84,02

14,6

59

24847

1.36

0,96

Neptun

4495692000

164,79

17,3

46

26499

2.22

1.00

Pluton

5899051000

247,7

0,94

1

6400

5.2

0.94

Yerning massasi Quyosh massasidan 333432 marta kichik. Yerning Oy bilan birgalikdagi massasi Quyosh massasidan 29390 marta kichik

Quyosh tizimiga kiruvchi sayyoralar parametrlari sayyoralar harakatining osmon mexanikasida bayon etiluvchi nazariyasiga ko‘ra berilgan sayyora massasining uning ikkinchi bir boshqa sayyora harakatiga ko‘rsatgan ta’sirini kuzatish orqali aniqlanadi.
Uran harakatida kuzatilgan «chetlanishlar» undan keyin joylashgan, lekin hali kuzatilmagan boshqa sayyoralarning Uran harakatiga ko‘rsatgan ta’siri natijasi ekani sezilgan edi. 1845 y. Fransuz olimi Leverye va boshqalar noma’lum sayyoraning massasi va fazodagi o‘rnini hisoblab topdilar. Faqat shundan keyingina, o‘sha sayyora osmonning hisoblashlar ko‘rsatgan joyidan topildi – u Neptundir. 1914 yilda astronom Level xuddi shanday yo‘l bilan Neptundan uzoqroqda joylashgan sayyoraning borligini isbotlaydi. Faqat u 1930 yilda topildi, u Plutondir. Yukoridagi 1-jadvalda 9 sayyoraning asosiy parametrlari keltirilgan. 
Qayd kilib utilgan katta sayyoralardan tashqari, 1300 ga yaqin juda mayda sayyoralar bor bo‘lib, ular asteroidlar (yoki planetoidlar) deb ataladi. Ularning orbitalari asosan Mars bilan Yupiter orbitalari orasida joylashgan.
ENERGIYA MANBALARI. KELAJAK ENERGETIKASI. Bizning Galantika va Quyosh tizimida asosiy energiya manbai bu Quyosh energiyasidan iborat. Yerda biz foydalaniladigan energiya manbalari qaysilardan iborat? Bu energiya manbalarining turidan qat’iy nazar bu barcha manbalar o‘zlarining energiyasini Quyosh nurlarini yutishi hisobiga tuplaydilar. 
Yer yuzidagi barcha daraxtlar Quyoshning jon beruvchi nurlari hisobiga o‘sadi. Yog‘ochlarni biz yoqib ularning Quyosh nurlari orqali to‘plangan energiyasini ajratib olamiz. Tosh ko‘mir yoki neftni yoqib 200-300 millionlab ilgari yashagan o‘simliklar tomonidan yutib olingan Quyosh nurlarining energiyasini ajratib olamiz.
Quyosh nurlari ta’sirida daryo, dengiz va okeanlar suvi bug‘lanib, kondensatsiyalashgandan so‘ng ular bulutlarni hosil qiladi, bulutlar esa yomg‘irga aylanib daryolarga to‘planadi. Daryolarni tug‘onlar yordamida to‘sib va ular yonida gidroelektr stansiyalari ko‘rib, biz yana o‘sha Quyosh nurlarining energiyasini ajratib olamiz. 
Shamol energiyasi ham Quyosh hisobiga yuzaga keladi. Yer yuzi va ostidan qanchalab energiya manbaini qidirmaylik, ular oxir oqibat Quyosh energiyasiga kelib taqaladi. Quyosh-Yer yuzidagi barcha harakatning va hayotning manbaidir.
Savollarning tug‘ilishi tabiiy, Quyosh va barcha yulduzlar nuri qanday va qayerdan paydo bo‘ladi? va hakazo. Bu yulduzlar orasida Quyosh juda kichikdir. Uning diametri 1391000 km. Yulduzlar to‘plami Gerkulesning «Alfa» nomli eng katta yulduzining diametri Quyoshnikidan 800 marta katta bo‘lib, 1,1 milliard km.dir. VV Sefeya yulduzining diametri esa Quyoshnikidan 1200 marta katta va h.z. Bundan tashqari shunday yulduzlar borki, ularning yorituvchanlik darajasi 10000 martalab Quyoshning yorituvchanlik darajasidan katta. Eng yorqin yulduzlardan biri-yulduzlar turiga kiruvchi Oltin Balikning yorkinligi darajasi Quyoshnikidan 500000 marta katta. Quyosh bir soniyada-sekundda 4 tonnaga yaqin yorug‘lik nurlarini tarqatadi. Bu esa 4*1012 gr ga teng. Har bir gr q 25*106 kv soatga teng bo‘lsa, Quyoshning quvvati soniyada 4*1012 x 25*166 q 1020 kv soatga teng bo‘ladi. Bu sonlarning qudratini ko‘rsatish uchun Kuybishev GES, Quyoshning har soniyada beradigan energiyasini, 10 mlrd. yilda ishlab chiqarishini aytib o‘tish kifoyadir. Yulduzlar va Quyoshning kimyoviy tarkibini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning hammasidagi asosiy elementi vodorod bo‘lib, Quyoshning 40% ni vodorod tashkil qilar ekan. Demak, Quyoshni energiya bilan ta’minlovchi «yokilg‘i» vodoroddir. Quyosh sirtidagi o‘rtacha harorat 60000S ni tashkil etadi. Uning markazida esa bu harorat deyarli 200000000S tashkil etadi. Bu kabi haroratlarda atomlar to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi. Og‘ir yadrolarningina bir qism elektronlarini «o‘zlarida saqlab» qola oladi. 20 mln graduslarda protonlarning o‘rtacha tezligi 700 km soniyaga yaqin va hattoki undan ortiq bo‘lishi mumkin. Bunday tezliklarda harakatlanuvchi protonlar bazi bir yadrolar orasiga kirib yadro reaksiyalarini hosil qiladi.
Quyosh, 8 ta yirik sayyora va ularning yo‘ldoshlari, o‘n minglab mitti sayyora, ya’ni asteroidlar, son-sanoqsiz dumli yulduz (kometa)lar va juda ko‘p meteorlardan iborat osmon jismlari sistemasiga Quyosh sistemasi deyiladi. Quyosh shu sistemaning markazida joylashgan. Quyoshning massasi Quyosh sistemasidagi barcha osmon jismlarining umumiy massasidan taxminan 750 baravar katta. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar Quyoshning tortish kuchi tufayli harakatlanadi. Barcha yirik sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va Pluton Quyosh atrofida bir xil yo‘nalishda harakatlanadi. Ular ayni vaqtda o‘z o‘qlari atrofida ham aylanadilar.
Quyosh sistemasidagi sayyoralar juda tarqoq joylashgan. Bu sayyoralarning kattaligini va ular orasidagi masofalarni tasavvur yetish uchun 1 : 15000000000 (ya’ni 1 millimetrda 15000 kilometr) masshtab bilan ifodalashga urinib ko‘ramiz.
Shu masshtabda olganda Yerning diametri 1 millimetrga yaqinlashadi, Oyning diametif -0,25 millimetr, Quyoshning diametri esa 10 santimetrga tenglashadi.
Quyosh sistemasini qog‘ozda chizma tarzida tasvirlaydigan bo‘lsak, Quyosh bilan Yerning oralig‘i 10 metr, Yer bilan Oyning oralig‘i esa 3 santimetr bo‘ladi. Quyosh sistemasida jismlarga, moddalarga nisbatan bo‘sh joylar ko‘proq ekanligi chizmadan ko‘rinib turadi. Yer bilan Quyosh oralig‘ida harakatlanadigan Merkuriy sayyorasi Quyoshdan 4 metr uzoqda bo‘lib, diametri mazkur masshtab bo‘yicha 0,33 millimetrga teng. Diametri 1 millimetrcha keladigan Venera sayyorasi esa Quyoshdan 7 metr uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Marsning diametri chizmada 0,5 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 16 metr. Marsning Yerga har 15 yilda bir marta yaqinlashish masofasini chizmada 4 metr bilan ifodalash mumkin.

Quyosh sistemasi.
Sayyoralarning eng ulkani — Yupiteming diametri chizmada 1 santimetr, Quyoshdan uzoqligi mazkur masshtabda 52 metrni, Saturnning diametri 8 miUimetrni, Quyoshdan uzoqligi 100 metrni tashkil etadi.
Quyosh sistemasining yettinchi sayyorasi Uranni chizmamizda 3 millimetr kattalikda tasvirlash, Quyoshdan uzoqligini 196 metr qilib ko‘rsatish mumkin. Neptun sayyorasining diametri chizmada 3 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 300 metr.
Quyosh sistemasining eng chekka sayyorasi Pluton chizmada Yerdan biroz kichikroq bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 400 metrni tashkil etadi. Garchi Pluton Quyosh sistemasining chekka sayyorasi bo‘lsada, uning orbitasi chizmaning chegarasi bo‘la olmaydi. Chunki Quyosh sistemasida sayyoralardan tashqari kometalar ham uchraydi. Ayrim kometalarning orbitalari Quyoshga nisbatan yaqin (chizmamizda 12 millimetr masofada), ayrimlari uzoq joylashgan (chizmada 1700 metrni tashkil etadi).
1:15000000000 masshtabli chizmada Quyosh sistemasining eni (kengligi) 3,5 kilometrni va maydoni 9 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Shunchalik katta maydonda bizning sayyoramiz, ya’ni Yer atigi 1 millimetr joyni egallaydi.
Sayyoralarning Yulduzlardan Farqi Sayyoralarning hammasi Yer kabi sharsimon shaklda. Ular o‘zlaridan nur chiqarmaydilar, Quyosh yoritib turgani uchungina ular ko‘zga ko‘rinadi.
Quyosh atrofida aylanuvchi katta sayyoralarning 6 tasi: Merkuriy — Utorid nomi bilan, Venera — Zuhra yoki Cho‘lpon nomi bilan, Mars — Mirrix, Yupiter — Mushtariy, Saturn Zuhal nomi bilan va Yer insoniyatga juda qadimdan ma’lum. Uran bilan Neptun ancha keyinroq topilgan. Pluton esa 1930-yildagina kashf etildi.

Quyosh o‘ziga eng yaqin sayyora Merkuriyni Yerga nisba-lan 7 baravar, eng uzoq sayyora — Plutonni esa 8902450 baravar kam yoritadi. Plutondan turib qaragan kishiga Quyosh boshqa yulduzlardek, biroq ulardan yorug‘roq bo‘lib ko‘rinadi.
Barcha sayyoralar Quyosh atrofida bir xil yo‘nalishda, Shimoliy qutbda turib kuzatuvchiga nisbatan soat miliga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.
Ko‘pchilik sayyoralarning yo‘ldoshi bor. Quyosh sistemasidagi yirik sayyoralar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga Quyoshga yaqin sayyoralar — Merkuriy, Venera, Yer va Mars kiradi, Ular Yerga o‘xshash bo‘lganligi uchun Yer tipidagi sayyoralar deb ham yuritiladi. Ikkinchi guruhga Quyoshdan uzoq sayyoralar — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun kiradi. Pluton va asteroid (mitti sayyoralar) bu guruhga kirmaydi.
Yulduzlar Quyoshga o‘xshash osmon jismlaridir. Yulduzlar g‘oyat ulkan gazsimon shar shaklida bo‘lib, sathidagi harorat 2000—4000°, markaziy qismidagi harorat 10000000° dan ham ziyod. Yulduzlarning massasi — Yernikidan bir necha tning baravar katta.
Yulduzlarda yadro reaksiyasi ro‘y berganligi tufayli juda ko‘p miqdorda energiya hamisha ajralib chiqib turadi, shunga ko‘ra harorat juda yuqori bo‘ladi. Yulduzlar millionlab, hatto milliardlab yil davomida nur sochib turadi


Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish