O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi qarshi davlat universiteti tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi fani bo'yicha m a ' ruzalarmatn I



Download 3,34 Mb.
bet28/99
Sana19.02.2022
Hajmi3,34 Mb.
#457282
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99
Bog'liq
Tabiat. Metodika

Zilzilalar. Tabiatdagi dahshatli hodisalardan biri bo‘lgan zilzila tektonik jarayonlar, xususan tog‘ paydo bo‘lish, tektonik yoriqlar va vulkanlarning otilishi bilan bog‘liqdir.
Zilzila bu geosinklinallarda Yer po‘sti qatlamining yorilib, uzilgan joylarida ro‘y beradi. U elastik to‘lqinlardan iborat bo‘lib, Yer sharida tez-tez bo‘lib turadi va Yer yuzasida kuchli yoki kuchsiz zilzilalarni (yer qimirlash) vujudga keltiradi. Demak, zilzilalar shu hududda tektonik harakatlar va eng avvalo tog‘ paydo bo‘lish jarayonlari davom etayotganligini bildiradi. Shuningdek, zilzilalar yana tog‘larning qulashi, vulkanlarning otilishi ta’sirida hamda mahalliy omillar, hatto samolyot, poyezd, tramvay va boshqalarning ta’siri tufayli ham ro‘y beradi.
Yer yuzasida o‘rta hisobda har yili bir million martadan ortiq zilzila bo‘lib turadi, shuning 10 % inigina kishilar sezadi, qolgan 90 % i maxsus asbob — seysmograf yordamida qayd qilinady.
Yer sharida zilzila asosan, Tinch okeani o‘rab olgan halqada, Urta dengiz halqasida, Kavkaz — Urta Osiyo, Himolay va Oltoy-Sayan-Baykal tog‘lari mintaqasida bo‘lib turadi. Bu yerga butun yer sharida bo‘ladigan zilzilaning 90 % i to‘g‘ri keladi. Qolgan 10 % i esa boshqa joylarga to‘g‘ri keladi. Demak, zilzilalar yosh burmali tog‘lar paydo bo‘lgan, sbroslar (uzilmalar), va yer yoriqlari ko‘p joylarda bo‘lar ekan. Chunki bunday yerlarda yer po‘sti qatlamlari hali mustahkam emas va siljib turadi. Yer po‘stining ana shunday tez-tez zilzila bo‘lib turadigan harakatchan joylari seysmik mintaqalar deb ataladi.
Aksincha, qattiq jinslardan tarkib topgan qadimgi platformalarda (Rossiya tekisligida, Kanadada, Braziliyada) yer juda kam va kuchsiz qimirlaydi yoki umuman qimirlamaydi. Bunday joylar — aseysmik mintaqalar deyiladi.
Zilzila turli chuqurlikda, ya’ni yer yuzasidan to bir necha yuz km cho‘qurlikkacha bo‘lgan joylarda sodir bo‘lishi mumkin.
Vulkanlar. Yerning ichki qismidagi erigan suyuq jinslar (magma) hamda turli gazlarni yoriqlar orqali yer betiga otilib chiqishiga vulkan deyiladi. Vulkan suzi O‘rta dengizda joylashgan vulkano oroli nomidan olingan.
Yer sharida 624 tadan ortiq otilib turadiigan (so‘nmagan) vulkanlar bor, so‘ngan vulkanlar esa undan bir necha marta kup.
Vulkanlar ko‘pincha konus shaklida bo‘ladi. Chunki vulkan birinchi otilgandan so‘ng uning og‘zi tevaragida vudkan ichidan chiqqan qattiq va suyuq jinslar hamda lava konus shaklida qotib to‘planadi. Usha vulkan konusining tepasidagi chuqur krater (grekcha krater <Vulkan konuslari va kraterlarning kattaligi har xil bo‘ladi. Agar vulkan konusi baland bo‘lsa, krater katta, aksincha, konus past bulsa, krater kichik bo‘ladi. Masalan, Kamchatka yarim orolidagi (balandligi 4861 m) Klyuchi sopkasi vulkani kraterining diametri 676 m ga yetadi.
Beto‘xtov yoki ahyon-ahyonda otilib turadigan vulkanlar so‘nmagan, tarixiy davrlar mobaynida otilmagan vulkanlar esa so‘ngan vulkanlar deb ataladi. Lekin bir necha asrlar mobaynida otilmasdan, so‘ngan vulkanlar birdaniga otilishi ham mumkin. Bunga Vezuviy vulkani misol bo‘ladi. U milodning 79 yilida to‘satdan otilib, Gerkulanum, Pompeya va Stabiya kabi shaxarlarni xarobaga aylantirgan.
Vulkan otilishidan bir oz avval guldiragan ovoz eshitiladi, so‘ngra krater yoriqlaridan gaz va bo‘g‘ chiqa boshlaydi. Chiqqan gaz va bug‘lar vulkan ustida qarag‘ay daraxti shox-shabasi shakliga o‘xshab yuqoriga ko‘tariladi. Gaz va bo‘g‘lar bilan birga ko‘p mikdorda har xil mayda qora chang-vulkan kuli ham chiqadi. So‘ngra vulkan kuli asta-sekin atrofga suv bug‘lari bilan aralashib yomg‘ir tarzida yog‘adi.
Kul va xar-xil kattaligidagi jinslar aralash issiq yomg‘ir (harorati 500° gacha yetadi) o‘simliklarni nobud qiladi, qishloq va shaxarlarni xarobaga aylantiradi.
4. Yer sharining ichki kuchlari (tektonik jarayonlar) ta’sirida quruqlik yuzasida: tog‘liklar, yassi tog‘liklar, qirlar, tekisliklar va botiqlar kabi eng muhim relyef shakllari vujudga kelgan. Demak, quruqlik yuzasining relyef shakllari uning hamma qismida bir xil emas.
Quriqlik yuzasida dengiz sathidan sastda joylashgan yerlar botiqlar (depretsiyalar) deyilib, ularning maydoni 800 ming km2 ga teng. Quriqlikdagi eng katta botiqlardan biri Kaspiybo‘yi pasttekisligi bo‘lib, dengiz sathidan -28 metr pastdir. Shuningdek, Urta Osiyodagi Botir (Qoragiyo) botig‘i dengiz sathidan —132 m, Oqchaqoya botig‘i dengiz sathidan —91 m pastdir. Osiyodagi To‘fon botig‘i dengiz sathidan —154 m, Ulik dengiz botig‘i esa 392 m pastda joylashgan.
Tekislik — materikning absolyut balandligi 500 m gacha bo‘lgan platforma qismidir, masalan, Rossiya, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Turon tekisliklari. Tekisliklar butun Yer shari maydonining 15,9 % ini egallaydi.
Tekislik yuzasining dengiz sathidan 0 - 200 metrgacha baland bo‘lgan joylari pasttekislik deb aytiladi. Ularning umumiy maydoni 48,2 mln km2 bo‘lib, Yer shari maydonining 9,5% ini tashkil etadi. Kolima, Yana, Amazonka pasttekisliklari dunyodagi eng katta pasttekisliklari dunyodagi eng katta pasttekisliklardir.
Tekislik yuzasining dengiz sathidan 200 metrdan 500 metrgacha bo‘lgan qismi qir yoki plato deb yuritiladi. Butun yer yuzasining 6,4% ini qirlar tashkil etadi. Relef xususiyatlari jihatidan qirlar bilan plato bir-biridan farq qiladi. Platoning usti yassi tekislik bo‘ladi.( Ustyurt, Krasnovodsk, Unguz-Orti platolari), qirnlar yuzasi esa aksincha turli faktorlar ta’sirida parchalangan bo‘ladi(Urta Rossiya, Volgabo‘yi qirlari).
Absolyut balandligi 500 metrdan ortiq bo‘lgan joylar t o g‘ l a r deyiladi; tog‘lar maydoni 67,0 mln. km 2 bo‘lib, butun Yer shari yuzasining 13,2 % ini tashkil etadi.
Tog‘larning umumiy sathidan ancha baland ko‘tarilgan o‘tkir qirralari tog‘ cho‘qqisi deyiladi. Masalan, Himolay, Pomir, Tyanshan,Oltoy, Katta Kavkaz kabi tog‘lar misol bo‘ladi. Tog‘ tizmalari qirralarining eng pasaygan joyi d a v o n deb yuritiladi. Masalan, Turnkiston tizmasidagi Shahriston, Hisor tizmasidagi Anzob davonlari va boshqalar.
Tog‘ o‘lkalarida yuzasiga nisbatan yassilanib qolgan katta xududlarga ya s s i t o g‘ l i k deb yuritiladi. Bunga O‘rta Sibir, Armaniston, Hindiston, Avstraliya yassi tog‘lari misol bo‘ladi. Yer shari tog‘lar, asosan ikki zanjir hosil qilib joylashgan. Birinchi zanjir Tinch okeani sohili bo‘ylab meridianal cho‘zilgan. Bu tog‘ zanjirga Aleut orolidan Antarktikagacha cho‘zilgan Kordilyera, And va Antarktidadagi tog‘ tizmalari kiradi.
Ikkinchi tog‘ zanjiriga Yevroosiyoning g‘arbida sharqigacha kesib o‘tgan tog‘lar kiradi. Bu tog‘lar, o‘z navbatida, ikki tarmoqqa — shimoliy va janubiy tarmoqlarga bo‘linadi. Pireney, Alp, Karpat, Bolqon, Qrim, Shimoliy Anatoliya, Kavkaz, Kopetdog‘, Pomir, Oloy, Tyanshan, Oltoy, Sayan, Baykal tog‘ tizimlari shimoliy tarmoqqa; Atlas, Apennin, Dinar, Tavr, Eron tog‘lari, Hindiqush, Qoraqurum, Himolay, Birma tog‘ tizimlari, Zond arxipelagi, Yangi Gvineya, Yangi Zellandiya orollaridagi tog‘lar ham janubiy tarmoqqa kiradi.

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish