O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi qarshi davlat universiteti tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi fani bo'yicha m a ' ruzalarmatn I



Download 3,34 Mb.
bet25/99
Sana19.02.2022
Hajmi3,34 Mb.
#457282
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Bog'liq
Tabiat. Metodika

Sinov savollari:

  1. .Sayyora deb nimaga aytiladi?

  2. Sayyoralarni necha turga bolish mumkin?

  3. Sayyoralarni ketma-ketlikda sanab bering?

  4. Yupiterning yo‘ldoshi Ganimed kim tomonidan nechanchi yilda topilgan va u quyosh tizimida qanday ahamiyatga ega?

  5. 5 Nima uchun may oyi sayyoralarni kuzatish uchun qulay vaqt hisoblanmaydi?

  6. Yupiter sayyorasining yo‘ldoshi qachon kim tomonidan kashf qilinganYevropa 1610 yilning yanvarida Galileo Galiley tomonidan topilgan va uning hajmi nima bilan taqqoslaniladi?

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. M.Nuritdinova Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi T.:O‘qituvchi 2005 y.

  2. A.Baxramov. Tabiatshunoslik . 4 sinf. Umumiy o‘rta ta’lim maktblari uchun darslik T: Sharq NMIU 2013.

  3. A.Baxramov . Tabiatshunoslik 3 sinf. Umumiy o‘rta ta’lim maktblari uchun darslik T: Cho‘lpon NMIU 2008.

  4. P.G‘ulomov, Mirzaaxmatova Sh. Atrofimizdagi olam 2 sinf uchun darslik T: Cho‘lpon NMIU 2012.

  5. A.G.Girigoryans. Atrofimizdagi olam 1 sinf uchun darslik. T: Cho‘lpon NMIU 2012

6-mavzu Yer, uning shakli va harakati (4-soat)
REJA:
1. Yer. Yerning shakli.
2. Yerning o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi.
3. Kun va tun almashishi. Yil fasllarining almashishi.
4. Ekvator. Meridian va parallel chiziqlari. Globus. Harita. Oy. Uning fazalari.


Tayanch iboralar: yer, yerning o‘qi kun va tun almashishi, ekvator, meridian, parallel chiziqlari, globus, harita, oy.


Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (q. Yerdan tashkaridagi sivilizatsiyalar).
Hozirgi zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 mlrd. yil muqaddam paydo boʻlgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, Yer moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Ye.ning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Ye. ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Ye. ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Ye. ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.
Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan. Yer yuzasining katta qismini Dunyo okeani egallaydi (361,1 mln. km2yoki 70,8 %), quruqlik 149,1 mln. km2 (29,2 %)ni tashkil etadi (quruqlik olti katta materik va koʻpdan-koʻp orollardan iborat). Yevrosiyo materigi ikki qitʼaga: Yevropa va Ocueʼra boʻlinadi, Shim. va Jan. Amerika materiklari esa bir qitʼa hisoblanadi, baʼzan Tinch okean orollari Okeaniya deb ataladi va odatda uning maydoni Avstraliya bilan qoʻshib qisoblanadi.
Materiklar Dunyo okeanini Tinch, Atlantika, Hind va Shim. Muz okeanlariga ajratib yuborgan, baʼzi tadqiqotchilar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining Antarktida yonidagi qismlarini Jan. okean deb alohida ajratadilar.
Yer ning Shim. yarim shari, asosan, qitʼalardan (quruqlik 39 %), Jan. yarim shari — okeanlardan (quruqlik atigi 19 %) iborat. Gʻarbiy yarim sharning koʻp qismi suv, Sharqiy yarim sharning koʻp qismi esa quruqlikdir.
Yerning eng baland nuqtasi bilan eng past nuqtasi orasidagi farq qariyb 20 km ga yetadi, dunyodagi eng baland Jomolungma (Everest) choʻqqisi (Hi-molay togʻlarida) 8848 m boʻlsa, eng chuqur Mariana suv osti botigʻi (Tinch okeanda) 11022 m dir.
Yer gravitatsion (tortish), issiklik, magnit va elektr maydonlariga ega. Yerning gravitatsion kuchi Oy va sunʼiy yoʻldoshlarni Yer orbitasida tutib turadi. Yerning sferik (dumaloq) shaklda boʻlishi, Yer usti relyefining koʻp xususiyatlari, daryolar oqimi, muzliklar siljishi va b. jarayonlar ham gravitatsion maydon oqibatidir.
Magnit maydoni Yer yadrosi va mantiyadagi turli jarayonlardan kelib chiqadi (q. Yer magnetizmi). Yerning elektr maydoni ham magnit maydoni bilan chambarchas bogʻliq (q. Atmosfera elektri). Atmosfera va magnitosferada birlamchi kosmik omillar katta oʻzgarishga uchraydi. Kosmik nurlar, quyosh shamoli, quyoshning rentgen, ultrabinafsha, optik va radio nurlari yutiladi va boshqa oʻzgarishlarga uchraydi, bu esa Yer yuzasidagi jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Magnitosfera, xususan, atmosfera elektromagnit va korpuskulyar radiatsiyaning koʻp qismini tutib qolib, tirik organizmlarni uning halokatli taʼsiridan saqlaydi.
Yer Quyoshdan 1,7-1017 J/s miqdorida nur energiyasi oladi, lekin uning atigi 50 % Yer yuzasigacha yetib keladi va Yer yuzasidagi koʻp jarayonlarning energiya manbai bulib xizmat qiladi.
Yer yuzasi, gidrosfera, shuningdek, atmosfera va Yer poʻstining yer yuzasiga yaqin qatlamlari geografik qobiq yoki landshaft qobigʻi degan umumiy nom bilan ataladi. Hayot geografik qobiqqa paydo bulgan. Tirik modda ayni paytda geologik kuch ham boʻlib, geografik qobiqni tubdan oʻzgartirib yuborgan. Yerning hayot va bio-gen mahsulotlar tarqalgan sohasi biosfera deb ataladigan boʻldi.
Yer uning shakli, tuzilishi va Koinotda tutgan oʻrni toʻgʻrisidagi hoz. bilimlar uzoq davrlar davomidagi izlanishlar jarayonida tarkib topdi. Qadimda (mil. av. 7-a., Fales) Yerni — suv bilan oʻralgan yassi jism deb, keyinroq (mil. av. 6-a., Anaksimandr) silindrik shaklda deb va, nihoyat, mil. av. 6-a. 2-yarmida (Pifagor) shar shaklida deb tasavvur qiddilar. Mil. av. 4-a. da Aristotel Oyning Yer soyasiga kirish (Oy tutilishi) hodisasini oʻrganib, Yerning shar shakldaligini birinchi boʻlib isbot qildi. Ye.ning diametrini mil. av. 3-a. da aleksandriyalik Eratosfen yetarlicha katta aniqlikda oʻlchadi. 9-a. da Xorazmiy va Ahmad al-Fargʻoniy Yer meridiani yoyini oʻlchash asosida Yer diametrini yanada aniqroq oʻlchashga erishdilar. Yer radiusi uzunligini va G uzunlikni qiyalik burchagining pasayishi yordamida oddiy usulda oʻlchagan olim Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi.
Uzoq yillar Yer — Koinot markazi deb qaraldi. Faqat 16-a.ga kelib, sayyoralarning yulduzlar fonidagi sirt-moqsimon harakatlarini tushuntirish asosida polyak astronomi N. Kopernik Yer Quyosh atrofida aylanuvchi oddiy sayyoralardan biri ekanligini isbot qildi.
17-asr boshlarida nemis astronomi I. Kepler tomonidan sayyoralar qarakati qonuni kashf etilib, 1687 y. da I. Nyuton tomonidan Butun olam tortishish konuni isbot qilinganidan soʻng geliotsentrik sistema nazariyasi uzil-kesil karor topdi. „Qattiq“ Yer tuzilishi, asosan, 20-a. da seysmologiya yutuklari tufayli aniqlandi.
Elementlarning radioaktiv parchalanishi hodisasi kashf etilgach, koʻpgina fundamental konsepsiyalarni qayta koʻrib chiqishga toʻgʻri keldi. Jumladan, Yer eng avval suyuq olov edi, degan tushuncha oʻrniga Yer qattiq sovuq zarralardan vujudga kelgan degan nazariya paydo boʻldi (q. Shmidt gipotezasi). Togʻ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashning radioaktiv metodlari ishlab chiqildi. Bu esa Yer tarixi qancha davom etganini, yer yuzasi va bagʻridagi jarayonlarning tezligini aniqlashga imkon berdi.
20-a. 2-yarmida raketa va sunʼiy yoʻldoshlardan foydalanib, atmosferaning yuqori qatlamlari va magnitosfera haqida tasavvurlar shakllandi.
Yerning massasi 5976–6021 kg, bu esa Quyosh massasining 1/330000 qismiga teng. Quyoshning tortish kuchi taʼsirida Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar kabi, Quyosh atrofida doiradan juda oz farq qiladigan elliptik orbita boʻylab aylanadi. Quyosh Yerning elliptik orbitasi fokuslaridan birida turadi. Shuning uchun ham Ye. bilan Quyosh orasidagi masofa yil davomida 147,117 mln. km dan (perigeliylya) 152,083 mln. km gacha (afeliyaa) oʻzgarib turadi. Yer orbitasining 149,6 mln. km ga teng katta yarim oʻqi Quyosh sistemasi doirasida masofalarni oʻlchashda birlik deb qabul qilinadi (q. Astronomik birlik). Yerning orbita boʻylab qiladigan harakat tezligi, oʻrta hisobda, 29,765 km/s boʻlib, 30,27 km/s dan (perigeliyda) 29,27 km/s gacha (afeliyda) oʻzgarib turadi. Yer Quyosh bilan birga Galaktika markazi atrofida ham aylanadi, galaktik aylanish davri 200 mln. yilga yaqin vaqtga teng, harakatning oʻrtacha tezligi 250 km/s. Eng yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh Yer bilan bir-galikda Gerkules yulduzlar turkumiga tomon ~ 19,5 km/s tezlikda harakat qiladi.
Yerning Quyosh atrofida aylanish davri yil deb ataladi va Yer harakati osmon jismlarining qaysi biriga va osmon gumbazining qaysi nuqtasiga nisbatan olinishiga qarab yil har xil ataladi.
Geografiyani kartasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Karta geografiya o‘rganadigan barcha predmet va hodisalar haqida hikoya qila oladi, karta tez, aniq va lo‘nda qilib hikoya qilishda kitobdan ham afzallik qilishi mumkin. Maktabdz geografiya o‘rganilar ekan, u bilan birga karta ham o‘rganiladi. Geografkya sohasida olib boriladigan har qanday tadqiqot ishlari kartasiz bajarilmaydi. Karta — geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. Shunday ekav har bir o‘quvchi kartaii o‘qiy olishi lozim. Agar o‘quvchi kartaga qarab hali o‘rganilmagan dengiz yoki daryo haqida gapira olsa, tog‘larning balandligi va yo‘nalishini aniqlay olsa, ma’lum bir joyning yer yuzasini yoki iqlimini ta’riflay olsa, bu o‘quvchi kartani biladi, deyish mumkin.
Qartadan to‘g‘ri foydalana olishni o‘rganish uchun geografiya o‘qituvchisi o‘quvchilarni har qaysi yangi karta bilan mana bunday tartibda tanishtirib borishi lozim: kartaning turi, undan qanday maqsadda foydalanish va uning shartli belgilarini tushuntirishi; o‘quvchilar e’tiborini karta masshtabiga jalb etishi; kartadagi joyni ko‘z bilan chamalab o‘lchay olishlari uchun «o‘lchov» sifatida xizmat qiladigan «mo‘ljal»larni ko‘rsatib o‘tishi (masalan, Qora dengiz, Qaspiy dengizi va Saxalin orolining bo‘yi 1000 km. Baykal va Tanganika ko‘llarining bo‘yy 600 km); karta proyeksiyasining xususiyatini ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Geografiya ta’limida karta bilan ishlash metodlari boshqa metodlar bilan ayniqsa, suhbat metodi bilan bog‘langan.
Karta bilan ishlash mana bunday tartibda olib boriladi:
a) yer yuzasi elementlari, relyef shakllari, vulkanlar, dengiz, qo‘ltiq, buloqlar, daryolar, ko‘llar bilan o‘quvchilarni bevosita tanishtirish;
b) kartani joy bilan solishtirganda topografik kartalardagi belgi (simvol) lar bilan tanishtirish;
v) obyekt kattaligini ko‘z bilan chamalashga o‘rgatish;
g) o‘quvchilarga kartografik belgilarni o‘rgatish maqsadida topografik va geografik kartalarni solishtirishga o‘rgatish;
d) gradus to‘rini yaxshi bilib olishlari uchun geografik
koordinatalarni topishni mashq qilishga o‘rgatish;
ye) turli masshtabli kartalardan ayrim geografik obyektlarni topishga o‘rgatish.
Kartani tushunish. Joy planidan kartaga o‘tish kartans tushunishning to‘g‘ri yo‘lidir.
Avval maktab va maktab atrofida oriyentirlash o‘rganilgach (oriyentirlay olish, yo‘nalishini chizmaga chiza olish, joyda masofalarni o‘lchab va masshtab asosida qog‘ozga chiza olish), plan olishga (avval sinf va maktab planini, so‘ngra kattaroq maydon planini chizish va shu asosda topografik plan bilan ishlash), so‘ngra esa kartani (topografik plandan yirik masshtabli kartaga o‘tish, undan keyin esa, mayda masshtabli kartani) tushunishga o‘tiladi.
Shunday qilib, o‘z joyining manzarasi va plani asosida yiryk masshtabli va mayda masshtabli geografik kartalarni yaxshiroq bilib oladilar.
Ulkashunoslikka amal qilingan holda quyidagi tartibda kartani tushunish mumkin:
1) o‘quvchilarda gorizont va uning tomonlari haqidagi tasavvur shakllangandan keyin ular gorizont tomonlarini qog‘ozga tushira oladilar;
2) gorizont tomonlarini joyda oriyentirlashni yaxshi bilib olganlaridan keyin uni chizmada oriyentirlay oladilar;
joyda masofani aniq o‘lchay olishni bilib olgach, masshtab yordamida chizmada masofani o‘lchashga o‘rganadilar; plan haqidagi tasavvur va oddiy plan olishni bilgandan (topografik belgilardan foydalangan holda) keyin topografik plan va topografik karta haqida muayyan tushunchaga ega bo‘lish mumkin; o‘quvchilar joyni topografik plan va topografik kartada tasavvur qila olgach, o‘z shahar (qishloq) atrofi, o‘z o‘lkasi va Vatanining kartadagi tasvirini tushunib yeta oladilar.
Qartani tushunish uchun gradus to‘ri bilan ishlab borishga e’tibor berish kerak. Gradus to‘ri ahamiyatini bilishlari va undan foydalanish uchun punkt koordinatalarini topish ustida o‘quvchilarni muntazam ravishda mashq qildirib borish zarur. Mashqlarni hayotiy misollar bilan bog‘lab borilsa, yaxshiroq tushuniladi. Masalan, o‘quvchilarga o‘z shahrida qurilgan GES lar, kanallarning boshlanish, sodir bo‘lgan voqealarning o‘rnini koordinatalar bilan toptirish ma’qul. O‘quvchilar gradus to‘ri va unga bog‘liq bo‘lgan mashqlarni bajarish orqali gorizont tomonlarini, obyektning geografik o‘rnini va oraliqlarini bilib oladilar.



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish