O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi qarshi davlat universiteti tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi fani bo'yicha m a ' ruzalarmatn I



Download 3,34 Mb.
bet22/99
Sana19.02.2022
Hajmi3,34 Mb.
#457282
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
Bog'liq
Tabiat. Metodika

Ida asteroidi yo‘ldoshi Daktil, Galiley koinot kemasi yordamida 1995 yilda topilgan. Daktilning diametri taxminan 1 kilometr. Ushbu yo‘ldoshning o‘ziga xos tomoni shundaki, u asteroid atrofida aylanadigan birinchi yo‘ldosh sifatida kashf qilingan. Hozircha olimlar ushbu yo‘ldoshning qanday paydo bo‘lganligini haqida aniq bir fikrga kelganlaricha yo‘q va u Daktilning bir qismi-mi yoki qachonlardir asteroid tomonidan “asir” olinganmi aniq bilmaydilar. Daktil yo‘ldoshining kashf qilinishi, asteroidlar ham yo‘ldoshlarga ega bo‘lishi mumkinligini isbot qildi. Shundan so‘ng olimlar Quyosh tizimida turli boshqa asteroidlar ham o‘nlab shunday yo‘ldoshlarga ega ekanligini aniqlashdi.

Yupiter sayyorasining yo‘ldoshi Yevropa 1610 yilning yanvarida Galileo Galiley tomonidan topilgan. U Oydan ozgina kichik. Yevropaning yuzasi nihoyatda hayratlanarli, u qing‘ir-qiyshiq qoramtir chiziqlar bilan qoplangan. Olimlarning taxminicha bu chiziqlar muz qoplamining yoriqlari. Ehtimol bu yoriqlar Yupiterning va sayyoraning atrofida aylanuvchi boshqa yo‘ldoshlarning ta’sirida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qalin muz qatlamining tagida suyuq sho‘r suvli okean bo‘lishi mumkin. Yerdan farqli o‘laroq Yevropadagi okean juda chuqur, shuning uchun ham u butun yo‘ldoshni qoplab olgan. Yevropaning Quyoshdan juda uzoqda joylashganligi tufayli undagi okean muzlab qolgan va muz qatlamining qalinligi 100 kilometrga yaqin. Qalin muz qatlami tagidagi suvning ichki harorati yuqoriroq bo‘lganligi sababli u suyuq bo‘lishi ehtimol.

Enselad, Saturnning yo‘ldoshlari ichida oltinchisi hisoblanadi, lekin u eng ulkani emas, ammo bir qancha qiziqarli xususiyatlarga ega. Enselad 1789 yilda Uilyam Gershel tomonidan kashf qilingan. U Quyosh tizimidagi eng yorqin koinot jismi hisoblanadi va uning yuzasidan quyosh nurlari 100 foiz qaytadi. Bunday holat, uning eng sovuq joylardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Yo‘ldoshning yuzasidagi harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha minus 200 gradusni tashkil etadi. Suratdan ko‘rinadiki, yo‘ldoshda ko‘plab kraterlar mavjud, ammo tekis joylar ham anchagina. Yo‘ldoshning janubiy qutbida yirik qoramtir yoriqlar mavjud bo‘lib, bu undagi geologik faollikdan darak beradi. Ushbu yoriqlardan tonnalab moddalar ajralib chiqadi va u Saturnning xalqasini tashkil qiladi.


Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish