Mintaqada xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlar
2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasiga asosan keyingi yillardagi davlat dasturida tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish yo`nalishida korxonalarning mablag`lari, O`zTTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga 2017–2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQsh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, «2018 yilda 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar amalga oshirildi va 52 milliard dollarlik 1 ming 80 ta loyiha bo`yicha kelishuvlarga erishildi. Jahon banki, evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda yurtimizda, chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda»
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2019 yil uchun mo`ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida investitsiyalarga alohida to`xtalib, «Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo`lsa, o`z iqtisodiyotining barqaror o`sishiga erishgan. shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o`zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag`a bo`lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg`or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi», deb ta`kidlab o`tdi20.
Investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun muhim ahamiyatga ega. Xorijiy investitsiyalar asosida moliyaviy muammolarni echish uchun murojaat qilinadi. Xorijiy korporatsiyalarning moliyaviy bo`limlari mablag`laridan qisqa muddatli investitsiyalar qatorida yuqori foyda olish maqsadida foydalanish moddiy manfaatdorlikni belgilashga olib keladi. Bunday investitsiyalar ko`pincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan bo`ladi, ba`zida esa ular o`z qimmatbaho qog`ozlarini chiqaradi va xorijiy qimmatbaho qog`ozlarini sotib oladi.
O`zbekiston bugungi kunda investitsiyalarning kirib kelishiga tayyor turgan mam lakat hisoblanadi. Bu erda olib borilayotgan mahalliy siyosat, tinchlikning saqlanishi, makroiqtisodiy ko`rsatkichlardagi ijobiy holat – bularning barchasi xorijiy in- vestitsiyalarni faol jalb etishda asosiy omil bo`lib xizmat qiladi. Mana shunday vaziyatning mavjudligi xorij investorlarida ham katta qiziqish uyg`otayotganligi bejiz emas.
O`zbekiston xorijiy investorlar bilan tengma-teng iqtisodiy aloqalar olib borish asosida sherikchilik munosabatlarini o`rnatmoqda. Har qanday investitsiyalar mamlakatimizga kirib kelishiga yo`l qo`yilmaydi. Agar ular mamlakatimiz iqtisodiyotiga, uning rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratsa, bunday xorijiy investitsiyalar albatta qo`llab-quvvatlanadi.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, qulay investitsiya muhitini shakllantirmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiy hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalasha olmaydi. O`zbekiston rahbariyatining mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish sari tutgan izchil yo`li xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish jarayonini faollashtirish uchun real shart-sharoit yaratmoqda.
Milliy iqtisodiyot tuzilmasini tubdan o`zgartirishning hozirgi bosqichida bevosita xorjiy investitsiyalar katta qiziqish uyg`otmoqda. Ularni jalb etishning asosiy usullari quyidagilardir:
– qo`shma korxonalar ochish (shu jumladan, xorijiy investorlarga o`zbek emitentlari aktsiyalar paketlarini sotish yo`li bilan);
– O`zbekiston hududida butunlay xorijiy kapitalga tegishli korxonalarni ro`yxatdan o`tkazish;
– kontsessiyalar asosida xorijiy kapitalni jalb etish;
– xorijiy investorlarni mamlakatning muayyan mintaqalariga faol jalb etishga qaratilgan erkin iqtisodiy zonalarni (EIZ) ko`paytirish.
Hozirda jalb etilgan xorijiy investitsiyalar tuzilmasini tahlil etish shuni ko`rsatmoqdaki, bunday investitsiyalarning katta qismi eksportga mo`ljallangan tarmoqlarga – yoqilg`i-energetika majmuasi, neft-kimyo, oltin qazib olish va paxtani qayta ishlash sanoatiga yoxud o`z-o`zini qoplash muddatlari qisqa bo`lgan va ko`p fond talab qilmaydigan yuqori rentabelli loyihalarga: savdo, telekommunikatsiya, umumiy ovqatlanish, yirik shaharlarda ofis va mehmonxona binolari qurish, oziq-ovqat sanoati va moliya xizmatiga yo`naltirilmoqda.
O`zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb etishni boshqarish, rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash siyosati kompleks tarzda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonni muvaffaqiyatli yuritish uchun respublikada qator farmonlar, qonunlar va me`yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Ular orasida Prezidentning 2018 yil 1 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-5495-sonli Farmoni ham muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Ushbu me`yoriy hujjat mamlakatda to`g`ridan-to`g`ri investitsiya- larni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqti- sodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta`minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratishni ta`minlaydigan huquqiy asosni yanada mustahkamlaydi.
Ana shu qonun-qoidalarga asoslanib, pul kreditlarining taqchilligi tufayli milliy iqtisodiyotni rivjlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda kuchli rag`batlantiruvchilik tadbirlarini olib borish davom etmoqda.
Bu tadbirlar orasida chet el investorlariga davlat tomonidan kafolat beruvchi yo`nalishlar ham mavjudki, bular quyidagilardan iborat:
– milliylashtirish va rekvizitsiyadan saqlangan holda, siyosiy xavf-xatarni sug`urta qilish;
– sub`ektlarning foydasi va olgan boshqa mablag`larini chet el valyutasida chegaradan (boshqa davlatlarga) o`tkazish;
– makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashda investitsiya uchun qulay muhit yaratish;
– joriy investitsiyaning keyingi holati yomonlashsa, investitsiya kiritilgan vaqtdan boshlab qabul qilingan qonunlarning uzoq muddat davomida qo`llanilishini ta`minlash;
– investorlarning huquqlari tasodifiy holatlarda buzilgan taqdirda davlat organlari orqali keltirilgan zararlarni to`lash;
– respublika banklarida har qaysi valyutada cheksiz hisob raqamlarini ochish;
– respublika hududida sug`urta kompaniyalarini xorijiy kapital ishtirokida tashkil etish.
Chet el investitsiyasi jalb qilingan kichik korxona (yirik korxona bo`lsa ham) daromadining ma`lum qismi soliqdan ozod qilinadi. Chunki bunday kichik korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirishda investitsiya va yangi texnologiyani joriy qilish uchun imkoniyat yaratish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, mamlakat iqtisodiyotining tarmoq va sohalarida amalda faoliyat yuritayotgan texnika va texnologiyalarni yangilash, ularni qo`llab-quvvatlash investitsion jarayonlarni nechog`lik to`g`ri va samarali amalga oshirishga bog`liq. shu boisdan ham, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, qishloq xo`jaligi, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Buning uchun markazlashgan, markazlashmagan jamg`armalar mablag`lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o`zlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urg`u berilmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy o`zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e`tiborga loyiq. Jumladan, O`zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga yo`naltirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo`yicha tahlil qiladigan bo`lsak, 2008 yilda xorijiy investitsiyalar va kreditlar 2170,2 million AQSh dollarini tashkil etgan bo`lsa, 2017 yilga kelib 3348,2 million AQSh dollariga etgan, bu esa ularning hajmi 2008 yilga nisbatan 130 foizga oshganligidan dalolat beradi.
2017–2018 yillarda O`zbekiston Respublikasiga to`g`ridan-to`g`ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalariga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: – Qandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlovchi zavodning qurilishi; – Xauzak va shadi konlarini ishlab chiqarishga tayyorlash, shuningdek, Quvachi-olot konlarini kengaytirish; – Xisor investitsiya bloki va Ustyurt hududida mahsulotni taqsimlash bo`yicha bitim asosida konlar bilan ishlash va uglevodorod qazib chiqarishni tashkil etish; – Hojisayat gaz kondensati konini, Dengizko`l, Hojidavlat va sharqiy olot gaz kondensati konlarini ishlab chiqarishga tayyorlash; – uyali aloqa tizimini rivojlantirish, kengaytirish, texnik va texnologik qayta jihozlash; – milliy mobil aloqa operatori tarmog`ini yaratish.
O`zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy xajmi 2008 yilda 9555,9 milliard so`mni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yilga kelib 68423,9 milliard so`mni, 2018 yilning uch choragida 71068,1 milliard so`mni tashkil etgan. Jumladan, mos ravishda jami investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiya- lar va kreditlar 2008 yilda 2863,9 milliard so`mni, 2017 yilda 17146,5 milliard so`mni va 2018 yilning uch choragida 17770,6 milliard so`mni tashkil etganligini ko`rishimiz mumkin. Bu esa, o`z o`rnida xorijiy investitsiyalar hajmi yildan yilga o`sib borayotganligini ko`rsatadi. 2018 yil (yanvar-sentyabr)da jami asosiy kapitalga yo`naltirilgan investitsiyalar (71068,1 milliard so`m) tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar (17770,6 milliard so`m) 25 foizini tashkil etmoqda.
O`zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga yo`naltirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari, o`sish sur`ati foizlarda, milliard so`mda 2008 yildan 2018 yil o`sish dinamikasi keltirilgan (7- jadval).
Ushbu rasmdan xorijiy investitsiyalar va kreditlarning yildan yilgan o`sib borayotganini birgina 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 134,9 foizga o`sganligini ko`rishimiz mumkin. Yurtimiz salohiyatining tobora yuksalib borayotgani, so`nggi yillarda ishga tushirilayotgan yangi zamonaviy quvvatlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivoji, tizimli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, mamlakatimizda yaratilgan nihoyatda qulay investitsiya muhiti keyingi 30 yilda iqtisodiy rivojlanishning yanada yuksak maqsadli ko`rsatkichlarini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta ishlangan, tayyor, qo`shilgan qiymatning hissasi yuqori bo`lgan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning YaIM hamda mamlakat eksportidagi ulushini ko`paytirish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |