O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


- jadval. Asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyaviy manbalari (mln. AQSh dollari)



Download 1,14 Mb.
bet38/63
Sana08.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#645259
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63
Bog'liq
Монография 2222 — лотинча печатга

7- jadval. Asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyaviy manbalari (mln. AQSh dollari)



Ko`rsatkichlar

2008 yil

2010 yil

2012 yil

2014 yil

2016 yil

2017 yil

yanvar-sentyabr 2018

Jami investittsiyalar

7241,3

9712,7

12062

15243

16213,3

13361

8878,6

Davlat byudjeti

618,8

588.0

655,3

736,8

749

678,5

312,4

Korxonalar mablag`i

2985,9

3124,4

3950

5187,6

5089,2

4121,1

2763,4

Aholi mablag`i

632,4

1554,2

2414

3157,5

3245

1821,1

1118,9

Bank kreditlari

390

943.0

1333

1700,1

1862,6

1782,2

1499,1

Xorijiy investitsiyalar va kreditlar

2170,2

2824,5

2462

3019,7

3578,1

3348,1

2220,1

Tiklanish va taraqqiyot fondi

112,1

366.0

625,9

486,3

788,5

1111,5

574,4

Bolalar sportini rivojlantirish fondi

x

x

x

x

104,3

30,7

15,3

Byudjetdan tashqari fondlar

331,9

312,6

622,1

945,5

x

x

x

Davlat maqsadli fodlari

x

x

x

x

796,6

467,8

375

Mamlakatdagi iqtisodiy o`sish omillari va manbalari tahlilining ko`rsatishicha, inqirozga qadar bo`lgan davrda iqtisodiy faollikning yuqori sur`atlariga asosan eksport salohiyatini rivojlantirishni jadallashtirish, iqtisodiyotga yo`naltirilgan investitsiyalarning miqyosi, iqtisodiyot tarkibini tizimli va bosqichma-bosqich yangilanishi hisobidan erishilgan.


Iqtisodiy o`sishni iqtisodiyot erkinlashuvining chuqurlashuvi va miqyosi kengayishi, valyuta bozorining barqarorlashuvi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining jadal sur`atlarda rivojlanishini ta`minladi. keyingi yillarida xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, yuqori qo`shilgan qiymatli tovarlar ulushining ortishiga qaratilgan tarkibiy siyosatni amalga oshirish natijasida mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining pasayishi va sanoat, xizmat ko`rsatish sohalarining ulushi ortishi kuzatilmoqda.
Bu esa bank tizimining mamlakat iqtisodiyotining barqaror o`sish sur`atlarini saqlash va milliy ustuvor tarmoqlar raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashdagi o`rnini kengaytirishga xizmat qildi.
Ushbu vazifalar doirasida bank tizimi nazoratini Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish, bank tizimi va alohida banklarning yuqori xalqaro reyting baholariga ega bo`lishini ta`minlash, tijorat banklarining resurs bazasini yanada kengaytirish, ularning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish hamda iqtisodiyotni tarkibiy o`zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo`yicha strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, tarmoqlarni moliyaviy qo`llab-quvvatlashga yo`naltiriladigan kreditlar hajmini ko`paytirish kabi muhim chora-tadbirlarni davom ettirish rejalashtirilmoqda. Albatta ushbu natijalarga iqtisodiyotdagi modernizatsiya va tarkibiy o`zgarishlar jarayonini jadallashtirish, uning muhim tarmoqlariga xorijiy va ichki investiiyalarni keng jalb etgan holda, texnik va texnologik jihatdan yangilash orqali erishiladi
2010-2017 yillar davomida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha jami asosiy kapitalga investitsiyalar qariyb 4,5 barrobar ortgan. Uning xajmi 2010 yilda 15338,7 milliard so`mni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yilda 68423,9 milliard so`mgacha ortib borgan. Sanoat sohasidagi tog`-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash yo`nalishiga yo`naltirilgan investitsiyalar tahlil davri boshida 1514,6 milliard so`mni tashkil etgan bo`lsa, davr oxirida 14203,8 milliard so`mgacha yoki qariyb 9,4 marta ortgan. Bu ko`rsatkich mamlakat bo`yicha o`sish darajasidan ikki marta ko`pdir. O`zbekiston iqtisodiyotining sanoat tarmoqlarida ham asosiy kapitalga investitsiyalarning dinamikasi o`sish tendentsiyasiga ega bo`lib, 2010 yilda uning xajmi 2334,9 milliard so`m bo`lgani holda, 2017 yilda 12238,1 milliard so`mni tashkil etgan.
2017 yili 2010 yilga nisbatan 524 foizga ortgan. Elektr, gaz, bug` bilan ta`minlash va havoni konditsiyalash sohasiga 2010 yilda 895,9 milliard so`m investitsiyalar jalb etilgan bo`lsa, 2017 yili uning hajmi 5472,2 milliard so`mga etgan yoki 611 foizga ortgan. O`zbekiston sanoati rivojlanishining asosiy maqsadi nafaqat ushbu iqtisodiyot sektorida o`sish sur`atlarini oshirishga intilish, balki boy tabiiy resurslar salohiyatidan foydalanish orqali ustuvor tarmoqlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda mamlakat sanoati raqobatdoshligi va samaradorligini oshirish uchun chora-tadbirlar majmuasini shakllantirishdan iborat. Strategik yo`nalish sanoatning eksportga yo`naltirilgan tarkibini vujudga keltirish va eksportda xom-ashyoga nisbatan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar ulushini oshirish hisoblanadi.
To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar ro`yxatini shakllantirish, shuningdek, 2018–2019 yillarda boshlangan, ma`qullangan, shakllantirilayotgan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida qarorda sanoat tarmoqlari va korxonalariga xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb etish nazarda tutilgan.
2019 yil va undan keyingi yillarda amalga oshiriladigan, to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar ishtirokidagi tarmoq investitsiya loyihalari ro`yxatidan bir qator katta loyihalar o`rin olgan.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish