O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 1,14 Mb.
bet34/63
Sana08.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#645259
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63
Bog'liq
Монография 2222 — лотинча печатга

Birinchidan, tashqi bozorga o`zining tayyor mahsulotlari bilan chiqayotgan ishlab chiqaruvchilar rag`batlantiriladi, ya`ni ular mahsulotlarini eksport qilish orqali barqaror valyuta zaxiralariga ega bo`ladilar.
Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar o`z ehtiyojidan kelib chiqib ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida texnika va texnologiyalarni harid qilish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Uchinchidan, tashqi bozorlarni monitoring qilish orqali ichki va tashqi bozorlarda talabgor bo`lgan import hamda eksport tovarlari o`rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan yangi korxonalarni qurish, yangi ish o`rinlarini shakllantirish imkonini beradi.
To`rtinchidan, milliy iqtisodiyotda texnologik yangilanish amalga oshadi va milliy sanoat ishlab chiqarishiga yangi texnika va zamonaviy uskunalar o`rnatiladi va natijada jahon bozorida raqobatlasha oladigan milliy mahsulotlar ishlab chiqarila boshlaydi.
Beshinchidan, mamlakatimizda xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishi orqali milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvi yanada mustahkamlanadi. 
Bir so`z bilan aytganda mamlakat iqtisodiyoti uchun eksportning ahamiyati quyidagilarda ifodalanadi:
1. YaIMning oshishiga yordamlashadi va korxona hamda tashkilotlarning yangi ish o`rinlarini yaratish imkoniyatini beradi. Eksport hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha ko`p mablag` davlat byudjetiga tushadi. Boshqa tomondan, bu yanada ko`p mahsulot ishlab chiqarish zarurligini shakllantiradi, bu uchun esa yanada ko`proq ishchi-xodimlar yollanishini taqozo etadi. Demak, eksport nafaqat iqtisodiyotni yaxshilash usuli, balki ishsizlikning yuqori darajasiga kurashning eng muhim vositalaridan biri hamdir.
2. Mamlakatga chet el valyutasi oqimining oshishiga yordam beradi. Xorijga o`z tovarlarini sotib, O`zbekiston kompaniya va korxonalari AQSh dollari yoki evroda foyda oladilar. Shu uchun eksport mamlakatga chet el valyutasini jalb etishning muhim manbai hisoblanadi. Eksportning o`sishi, milliy valyutani mustahkamlash imkonini beradi va davlatning muvozanatlashgan savdo balansini ushlashga yordam beradi. Ammo, shuni ham aytish joizki, eksportning importdan keskin oshib ketishi savdo balansiga salbiy ta`sir ko`rsatishi ham mumkin.
Agar milliy valyuta kursi keskin ko`tarilib ketsa, bunday holda tovarlar va xizmatlar narxlarining qimmatlashuvi natijasida ularning haridorgirligi, raqobatbardoshligi tashqi bozorda tushib ketadi va natijada eksportning kamayishiga olib keladi. Shu sababdan ham mamlakatlar eksport va importning balansini saqlashga harakat qiladilar.
Xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat mamlakatda olib borilayotgan siyosatning yakuniy natijasi sifatida tashqi savdo to`g`ridan-to`g`ri aholining hayoti darajasiga ta`sir qiladi.
Xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar tez sur`atlar bilan o`sishga yordam beradi. Jumladan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo`yicha qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko`proq tajriba orttirishga imkon beradi hamda jahon savdosida raqobatdosh ustunliklikni ta`minlashga xizmat qiladi.
So`nggi yillarda hukumat islohotlari eksportni rivojlantirish, optimallashtirishga yo`naltirilgan import va umuman mamlakatda shu maqsadda amalga oshiriladigan siyosat muvozanatli tashqi savdoga erishishga, tashqi savdoning o`sishini ta`minlashga sharoit yaratib beradi.
2019 yil yakunlari bo`yicha respublikaning 42,2 mlrd dollarni tashkil qilib, 2018 yil ko`rsatkichlariga qaraganda 8,7 milliard dollarga yoki 26,2 foizga ko`paydi. Ushbu natija hozirgi kunda mamlakat tarixidagi eng yuqori ko`rsatkich bo`lib turibdi (5-rasm).


2017 y.

2018 y.

2019 y.




import




eksport




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish