O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


O`zbekistonda qishloq xo`jaligida kooperatsiya munosabatlarini qaror toptirishda bozor mexanizmlarini keng joriy qilish masalalari



Download 1,14 Mb.
bet46/63
Sana08.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#645259
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
Bog'liq
Монография 2222 — лотинча печатга

O`zbekistonda qishloq xo`jaligida kooperatsiya munosabatlarini qaror toptirishda bozor mexanizmlarini keng joriy qilish masalalari
Kooperatsiyani rivojlantirish va agrosanoat integratsiyasi sohasidagi tadqiqotlarning nazariy va uslubiy asoslari mahalliy va xorijiy qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti sohasidagi olimlarining asarlarida o`z aksini topgan. O`tish davrida qishloq xo`jaligi kooperatsiyasini rivojlantirishning ilmiy asoslarini yaratishda rus olimlari: A. A. Nikonov, I. N. Buzdalov, V. D. Marto`nov, A. V. Petrikov, E. V. Serova, G. I. Shmelev , R. G. Yanbo`x. A. V. Chayanov, N. D. Kondratiev, M. I. Tugan-Baranovskiy hamda mahalliy R.Xusanov, T.Farmonov, N.Xushmatov, F.Nazarov, Q.Choriev kabi o`zbek olimlari kooperatsiyaning klassik tamoyillariga tayanib, ularni zamonaviy sharoitga qarab rivojlantirib, kooperatsiyani rivojlantirish yo`nalishlari va qishloq xo`jaligida uni qayta tiklash yo`llarini izchil qo`llab-quvvatlagan holda ular tomonidan kontseptual yondashuvlar asoslab berildi.
Ko`plab rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo`jaligini asosan fermer xo`jaliklari tashkil etadi. Bir qator mamlakatlarda ushbu faoliyat sohasi 100% fermer xo`jaliklari tomonidan ta`minlanadi. Samaradorlikni oshirish uchun fermer xo`jaliklari kooperativlarga birlashtiriladi. Kooperatsiya iqtisodiy ko`rsatkichlarni yaxshilashga yordam beradigan maxsus vositadir. O`zbekistonda ayniqsa meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish sohasidagi ilg`or tajriba tahlili ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasini rivojlantirishni samarali rag`batlantirish zarurati mavjudligini ko`rsatmoqda.
Qishloq xo`jaligi kooperativi deganda – qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bo`lgan fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari tomonidan birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo`jalik faoliyatini yuritish uchun o`zlarining moddiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida ixtiyoriy ravishda mulkiy pay badallarini birlashtirish asosida tashkil etilgan tashkilot tushuniladi.
Kooperatsiyaning o`ziga xos xususiyati shundaki, qishloq xo`jaligi ob`ektlari o`z faoliyatini amalga oshiradigan mustaqil su`bekt sifatida namoyon bo`ladi. Kooperativ davlat oldida fermerlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga ko`maklashadi. Qishloq xo`jaligi kooperativlari qishloq xo`jalik korxonalarining eng katta guruhini tashkil qiladi. Shunga ko`ra, qishloq xo`jaligi kooperativlarining roli o`z manfaatlarini himoya qilish sifatida belgilanishi kerak.
Qishloq xo`jaligi kooperativlari manfaatlarini huquqiy himoya qilish bilan ijobiy iqtisodiy natijalarga erishish mumkin.
O`zbekistonda qishloq xo`jaligi kooperativlarini tashkil etish va ularni samarali ishlashi bilan bog`liq ko`plab hal etilmagan muammolar mavjud. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo`llagan Murojaatnomasida qishloq xo`jaligida quyidagi xatoliklarga to`htalib o`tdi:
- Iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o`sishini ta`minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo`lgan qishloq xo`jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur;.
- tarmoqdagi hozirgi o`sish sur`atlari bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Bu borada bozor mexanizmlarini keng joriy qilib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli o`zgarish bo`lmaydi.
Shu bois, paxta va g`alla etishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o`tamiz.
Agar bu yo`ldan bormasak, fermer va dehqonlarimizga mahsulot etishtirishda erkinlik bo`lmaydi, ular o`zi kutganday manfaat ko`rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi o`zgarmaydi.
- qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasini isloh qilib, agrar sohaning boshqa tarmoqlariga ham, arzon kreditlar ajratish yo`lga qo`yilishini ta`kidladi;
Ushbu islohotlarimizning huquqiy asosi bo`lgan “Kooperatsiya to`g`risida”gi yangi qonunni tezroq qabul qilish qishloq xo`jaligida bozor mexanizmlarini qaror toptirish orqali kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Qulay sharoitlarda qishloq xo`jaligi kooperativlari uy xo`jaliklarining moddiy muammolarini hal qilish va shu bilan birga butun qishloq xo`jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirishga qodir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 martdagi «Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo`jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori imzolandi. Qarorga muvofiq [3]:
- ixtiyoriy va pay asosida ishtirok etish tamoyillarida mustaqil va o`zaro bog`liq qishloq xo`jaligi korxonalari, fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarining kooperatsion birlashish instituti yaratiladi;
- 2019−2020 yillarda tajriba-sinov tariqasida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va sotish bo`yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun G`allaorol, Zomin, Bulung`ur, Urgut, Oltiariq, Quva, Qibray va Parkent tumanlarida qishloq xo`jaligi birlashmalari tashkil etiladi;
- 2020 yil 1 dekabrga qadar tajriba-sinov yakunlariga ko`ra qishloq xo`jaligi birlashmalarining kooperatsion birlashish institutini boshqa hududlarda ommalashtirish bo`yicha taklif kiritiladi.
Qishloq xo`jaligi birlashmalari a`zolarining er maydonlari optimallashtirilishi va olib qo`yilishi mumkin emas. Er kodeksida nazarda tutilgan holatlar bo`yicha a`zolarning erini olib qo`yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi[1].
Qishloq xo`jaligi birlashmalari qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish va ularni almashtirish to`g`risidagi qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Qishloq xo`jaligi kooperatsiyasi amaliyoti O`zbekistonda o`tgan asrning 90-yillarida keng tarqalgan edi. Biroq iqtisodiyot transformatsiyalanishi va bozor mexanizmlariga o`tilganligi sababli qishloq xo`jaligi kooperativlari norentabel bo`lib qoldi. Boshqa tomondan, vaqt o`tishi bilan normativ baza eskirdi. Bunday holat davlatning ushbu iqtisodiy faoliyat shaklini «jonlantirish» bo`yicha aniq choralar ko`rishiga zamin yaratdi.
O`zbekistonda qishloq xo`jaligida mayda tovar ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyaga to`liq birlashtirilmaganligi, huquqiy asoslarni tashkiliy tuzilmaviy mexanizlari amalda ishlamayotgani oqibatida qishloq xo`jaligida jumladan meva-sabzavot etishtirish, qayta ishlash va realizatsiyasi bo`yicha hozirgi holatni tahlil qilib ko`raylik.
So`nggi yillarda mamlakatda qishloq xo`jaligi sohasi faol isloh qilinmoqda. Shunga qaramasdan, jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari savdosi 205 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bir paytda, respublikaning mazkur bozordagi ulushi bir foizga ham etmayapti. Ushbu mahsulotlaring mamlakat eksporti tarkibidagi ulushi esa atigi 7 foizni tashkil qiladi.
O`zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish (etishtirish) va ularning tashqi bozorlarga eksportini rivojlantirishda ulkan salohiyatga ega. Ammo shuni unutmaslik kerakki, salohiyat va uni amalga oshirish ikki xil tushuncha. Ishlab chiqarish (etishtirish) hajmining o`sishi avtomatik ravishda eksport hajmini ko`payishiga olib kelmaydi. Sababi, eksportda avvalambor, potentsial iste`molchiga qaysi mahsulot kerakligini va uning ehtiyojini tushunish kerak. Shuningdek, haqiqiy iste`molchi kim va u qaysi mamlakatlarda yashaydi kabi savollarga ham javob bo`lishi kerak.
O`zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar (fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari) kooperativlarga birlashtirilmaganligi oqibatida tabiiy jarayonlar natijasida to iste`molchilarga etkazib berilayapti xalos. (11-rasm).
Shu o`rinda mayda tovar ishlab chiqaruvchilar (fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari)ning muammolariga to`htalib o`taylik:
- urug`lar, o`g`itlar, yoqilg`i-moylash materiallari, ozuqa va h.k sotib olish uchun katta xarajatlar va moliyaviy resurslarning etishmasligi;
- o`z qishloq xo`jaligi texnikasi, uskunalari, transport vositalari yo`qligi, ulardan ijaradan foydalanish;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kafolatlangan sotilishi va ularni bozorga yoki qayta ishlash korxonalariga etkazib berish imkoniyati yo`qligi;
- investitsiya qilingan mablag`larni qoplamaydigan arzon narxlar;
- ishlab chiqarish hajmi, chorva mollari, garov ta`minoti yo`qligi va boshqa mezonlar tufayli davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash choralari (investitsiya subsidiyalari, imtiyozli kreditlar va boshqalar) mavjud emas;



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish