8-jadval.O`zbekistonda investitsiya ko`rsatkichlari dinamikasi
Ko`rsatkichlar
|
2008 yil
|
2010 yil
|
2012 yil
|
2014 yil
|
2016 yil
|
2017 yil
|
yanvar-sentyabr 2018
|
Investitsiyalar mlrd. AQSh doll.
|
7,2
|
10.0
|
12,1
|
15,2
|
16,2
|
13,4
|
8,9
|
Xorijiy invistitsiyalar, mlrd. AQSh doll.
|
2,2
|
2,8
|
2,5
|
3.0
|
3,6
|
3,3
|
2,2
|
To`g`ridan-to`g`ri xorijiy invistitsiyalar, mlrd. AQSh doll.
|
1,8
|
2,5
|
1,9
|
2,4
|
2,5
|
2,5
|
0,9
|
Aholi jon boshiga invistitsiyalar, AQSh doll.
|
265,2
|
353,6
|
405,1
|
495,6
|
509,1
|
412,5
|
270,1
|
Aholi jon boshiga Xorijiy invistitsiyalar, AQSh doll.
|
79,5
|
100,1
|
82,7
|
98,2
|
112,3
|
103,4
|
67,5
|
Aholi jon boshiga to`g`ridan-to`g`ri xorijiy invistitsiyalar, AQSh doll.
|
66.0
|
87,1
|
65,2
|
77,2
|
77,9
|
77.0
|
27,4
|
Jumladan, 2019 yilda umumiy qiymati 24 880,5 million AQsh dollari ekvivalentida investitsion loyihalar rejalashtirilgan bo`lib, 2019 yilning o`zidayoq 2 417,3 million AQsh dollari o`zlashtirilishi bashorat qilinmoqda. Ushbu investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari bo`yicha tahlil qiladigan bo`lsak, 2019 yil va undan keyingi keyingi yillarda 2 882,6 million AQsh dollari korxonalarning o`z mablag`lari hisobidan, 51,6 million AQsh dollari tijorat banklari kreditlari hisobidan va 21 946,3 million AQsh dollari to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilmoqda. Rejalashtirilayotgan investitsion loyihalarning iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlari va korxonalarida o`zlashtirilishi nazarda tutilgan:
Geologiya, yoqilg`i-energetika majmuasi, qimyo, neft-qimyosi va metallurgiya sanoati masalalari majmuasi bo`yicha 19 988,30 million AQSh dollari, jumladan: «O`zbekneftegaz» AJ bo`yicha 19 158,60 million AQSh dollari;
«O`zbekenergo» AJ bo`yicha 230 million AQSh dollari;
«O`zkimyosanoat» AJ bo`yicha 71,7 million AQSh dollari; Geologiya davlat qo`mitasi bo`yicha 193 million AQSh dollari; «Toshkent metallurgiya zavodi» AJ bo`yicha 335 million AQSh dollari;
Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnik, mudofaa, paxtani qayta ishlash va engil sanoat, mahsulotlarni standartlashni rivojlantirish masalalari majmuasi bo`yicha 629 million AQSh dollari, jumladan «O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasi bo`yicha 629 million AQSh dollari;
Hududlarni va kommunal sohani, ekologiya, atrof-muhitni, transport, kapital qurilish, qurilish sanoatini kompleks rivojlantirish masalalari majmuasi bo`yicha 801,4 million AQSh dollari, jumladan: «O`zbekiston temir yo`llari» AJ bo`yicha 180 million AQSh dollari;
«O`zqurilishmateriallari» AJ bo`yicha 566,4 million AQsh dollari; ekologiya davlat qo`mitasi bo`yicha 55 million AQSh dollari; Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi va iste`mol mahsulotlarini qayta ishlash masalalari majmuasi bo`yicha 562,3 mln. AQSh dollari, jumladan: «O`zbek- oziqovqatxolding» XK bo`yicha 530,6 million AQSh dollari; «O`zbekbaliqsanoati» uyushmasi bo`yicha 24,5 million AQSh dollari; «O`zpaxtayog`» AJ bo`yicha 7,2 million AQSh dollari;
Ta`lim, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, turizm masalalari majmuasi bo`yicha 51 million AQSh dollari, jumladan: farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi bo`yicha 21 million AQSh dollari; sog`liqni saqlash vazirligi bo`yicha 30 million AQSh dollari;
Investitsiyalar, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari majmuasi bo`yicha 2 848,50 million AQSh dollari, jumladan: «Asaka bank» ATB bo`yicha 448,8 million AQSh dollari; Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bo`yicha 1 618,50 million AQSh dollari; «O`zsanoatqurilishbank» ATB bo`yicha 660,3 million AQSh dollari;
«O`zsharobsanoat» AJ bo`yicha 65,4 million AQSh dollari; «O`zcharmsanoat» uyushmasi bo`yicha 55,5 million AQSh dollari qiymatida o`zlashtirish rejalashtirilmoqda.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, jalb etilayotgan xorijiy va ichki investitsiyalar faoliyat yuritayotgan ustuvor tarmoqlardagi korxonalarni texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish va raqobatdoshligini oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan choralar mamlakat iqtisodiyotining yanada rivojlanishini ta`minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |