O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
O‘rta maxsus ta’lim Vazirligi
Farg‘ona Politexnika Instituti
«Texnologik mashina va jihozlar» kafedrasi
5340500 – «Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish»
yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun
«Qurilish industriyasining texnologik uskunalari»
fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun
USLUBIY KO‘RSATMALAR
Far PI usulbiy kengashi
tomonidan tasdiqlangan
«__»_________ 20__ y.
«__» son majlis bayoni
Farg‘ona – 2023
Uslubiy ko‘rsatmalar davlat ta’lim qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan oliy texnika o‘quv yurtida hisob-chizish topshiriqlarini bajarish haqidagi umumiy ko‘rsatma asosida tuzilib, «Texnologik mashinalar va jihozlar» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Uslubiy ko‘rsatmalar talabalarga «Qurilish industriyasining texnologik uskunalari» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish uchun xizmat qiladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar «Texnologik mashinalar va jihozlar» kafedraning uslubiy seminarida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. Majlis bayoni №____ ____________ 20__yil
Mexanika fakulteti uslubiy komissiya tomonidan 20___«__» _________ kuni tasdiqlangan.
Tuzuvchilar: kat.o’qituvchi. A.A.Davronbekov
assistent. M.A.Xusanboyev
Taqrizchi: Polvonov X.M.
1- Amaliy mashg‘ulot Jag‘li maydalagichlar ish unumdorligini hisoblash.
Harakatlanuvchi jag‘ning yurishi qaytishida faqatgina yuk tushirishi amalga oshishini va ekssentrik valning yarim aylanishida material prizmasi tushishi sodir bo‘lishini qabul qilamiz.
Maydalagichdan tushadigan material kesimi maydoni quyidagi formala bilan aniqlanadi:
F = a + s + a / 2h = 2a + s / 2h m2,
formuladan h qiymatini formulaga qo‘ysak, quyidagini
olamiz:
F = 2a + s / 2 · s / tg α m2,
Tushayotgan prizmaning hajmi quyidagicha aniqlanadi:
V = 2a + s / 2 · s / tg α ·L m3,
bu yerda: L – yuk tushish tirqishining uzunligi, m.
Maydalagichning ishlab chiqarish samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
-
Qv = Vnkp m3/sek,
|
Qp = Vnkp · r kg/sek,
|
bu yerda: n – ekssentrik valning aylanish soni, ayl/sek;
kp – materialning yumshash koeffitsienti 0,25-0,70 ga teng (katta maydalagichlar uchun materialning yumshash koeffitsientining kichik qiymati, kichik maydalagichlar uchun esa katta qiymati qabul qilinadi);
– materialning hajmiy massasi, kg/ m3.
Maydalagichdan harakatlanuvchi jag‘ning uzoqlashishida material bo‘laklari o‘lchamlarini dmin = a, dmax = a + s deb qabul qilamiz, shunda tushayotgan materiallar bo‘lagining o‘rtacha o‘lchamlari quyidagicha hisoblanadi:
do‘r = a + a + s / 2 = 2a + s / 2 m,
va (31) formulalardan (29) va (30) formulalarga V va do‘r
qiymatlarini qo‘ysak, quyidagilarni olamiz:
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |