O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat



Download 425,5 Kb.
bet37/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

1. Konun chiqaruvchi hokimiyat jamiyat hayotining xilma-xil sohalaridagi o’zgarishlarni, o’zaro munosabatlarni tartibga solish, ularni huquqiy jihatdan kafolatlashga doir qonunlarni ishlab chiqadi. Davlat hokimiyati tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni bajarish va ularga amal qilish majburiy hisoblanadi. qonun chiqaruvchi hokimiyat g’arbda Parlament, Seym, Kongress va h.k. deb yuritilsa, SHarqda Oliy Majlis, Kengash, Xalq qurali va h.k. deb ataladi.
Parlament (fran. parle – gapirmoq so’zidan kelib chiqqan bo’lib, rasmiy so’zlashish joyi ma’nosini anglatadi) – davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatini amalga oshiradi. Parlament birinchi marta XIII asrda Angliyada tashkil qilingan. Oliy vakillik organlari bir necha mamlakatlarda, jumladan Angliya, Frantsiya, Italiya, Kanada, Belpgiyada to’g’ridan to’g’ri parlament deb ataladi. AQSH va ba’zi Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Rossiyada Federal Majlis, Litva, Latviya, Polpshada Seym deb ataladi.
Oliy Majlis – O’zbekiston Respublikasida yagona qonun qabul qiluvchi, unga o’zgartirish kirituvchi Oliy Davlat organidir.13 Xalq vakillari deputatlaridan iborat bo’lgan Oliy Kengash tarkibida 1990–1994 yillarda 150 deputat, 1995–2004 yillarda esa 250 deputat bo’lib, ular saylovchilar tomonidan 1) umumiy; 2) teng; 3) to’g’ri saylov huquqi asosida; 4) yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Oliy Majlisga 25 yoshga yetgan O’zbekiston fuqarolari 5 yil muddatga saylanadi. Oliy Majlis o’z faoliyatini tegishli muddatlarda o’tkaziladigan sessiyalarda amalga oshiradi, sessiyalar bir yilda kamida 2 marta chaqirilishi belgilangan. Zarur hollarda navbatdan tashqari sessiyalar ham chaqirilishi mumkin.
2005 yildan boshlab Oliy Majlis ikki palatali: 1) quyi palata – qonunchilik palatasi ko’ppartiyaviylik asosida okruglardan 120 deputat saylanadi. qonun shu qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullangach, Prezident tomonidan imzolanadi. 2) Yuqori palata – Senat palatasi. Senat pog’onali saylov yo’li bilan tashkil qilinadi. Bu saylov tizimidagi yangilik. qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan 6 kishidan, qoraqalpog’iston Respublikasi viloyat, tuman, shaharlardan deputat kengashlarining qo’shma majlisida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Senatning 16 nafar a’zosi Prezident tomonidan belgilanadi. Jami 94 Senator mavjud bo’ladi. Oliy Majlis a’zolarining umumiy soni 214 deputat qilib belgilangan.
Oliy Majlis o’z faoliyatiga yordam berish uchun turli organlarni tuzadi. Oliy Majlisning vakolatlari Konstitutsiya va Oliy Majlis to’g’risidagi qonunlarda belgilab qo’yilgan. 1993 yil 28 dekabrda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1994 yil 22 sentyabrda «O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to’g’risida» gi qonun qabul qilindi. 2002 yil 12-13 dekabrda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to’g’risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi.
Dunyo mamlakatlarining ba’zi parlamentlarida deputatlar soni qo’yidagicha:
1) AQSH Kongressiga 535 deputat saylanadi.
2) Rossiya Federal Majlisiga 626 deputat saylanadi.
3) Misr Xalq Assambleyasiga 454 deputat saylanadi.
4) Isroil Knessetiga 120 deputat saylanadi.
5) Finlyandiya Eduskuntiga 200 deputat saylanadi.
6) Islandiya Alptinggiga 63 deputat saylanadi va h.k.
Parlamentarizm tajribasi ko’rsatadiki, parlament 1 palatali yoki 2 palatali bo’lishi mumkin. Ma’lumki, demokratik mamlakatlarning aksariyatida 2 palatalidir. XX asr so’nggi o’n yilliklarining o’zida 2 palatali parlamentlar soni 45 tadan 70 taga ko’paydi. Hozirgi zamonda 2 palatali tizim parlamentarizm taraqqiyotining asosiy tendentsiyasiga aylandi. Oliy Majlisning 2001 yil 6 dekabrda qabul qilgan O’zbekiston respublikasi referendumini o’tkazish to’g’risidagi qaroriga ko’ra 2002 yil 27 yanvarda referendum o’tkazilib, ovoz berish byulletiniga quyidagi mazmundagi savollar kiritildi:
1. Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz? (93,65 foiz saylovchilar «ha» deb javob berdilar). Yoki ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11.344.242 nafaridan 93,65 foizi, ovoz bergan, qarshi ovoz 6,35 foizni tashkil qildi.
2. Siz O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati 5 yildan 7 yillik qilib o’zgartirishga rozimisi? (Umumiy saylovchilarning 91,78 foizi «ha» deb javob berdilar). Yoki ovoz berishda qatnashgan 11.117.841 nafardan 91,78 foizi ma’qullagan, 8,22 foizni qarshilar tashkil etdi.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish