2. Ijro qiluvchi hokimiyat davlatning turli idora va muassasalari-dan tashkil topgan bo’lib, ular qonunlarda ifodalangan tadbirlarni hayotga joriy etadi. Ijro etuvchi hokimiyat – hokimiyatning alohida turi, u qonunchilik (vakillik), sud hokimiyatidan xoli, mustaqil ravishda ish olib boradi. Respublika ijro etuvchi hokimiyatiga Prezident boshchilik qiladi, joylardagi ijro etuvchi hokimiyatga esa hokim. Ijro etuvchi hokimiyat ijro organlari tomonidan amalga oshiradi. Ijro organlari – ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi davlat organlaridir. O’zbekiston Respublikasida Oliy ijro organi – Vazirlar Mahkamasidir, u ham hukumat hisoblanadi, ham kollegial, umumiy vakolatli organdir. Vazirlar Mahkamasi 1995 yil 23-24 fevralda va 2000 yil 11 fevralda ikki marta tayinlab va tasdiqlab qo’yildi. Hozir 21 ta vazirlik va 11 ta davlat qo’mitalari mavjud. Ijro organlari turli tarmoq va sohalarni idora etadi. Respublikaning markaziy idoralari: vazirliklar, davlat qo’mitalari va boshqalar. Ular yakkaboshchilik asosida ish olib boradi. Joylarda ijro etuvchi hokimiyatni hokimlar yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi. Joylarni idora etishda u o’zining tarmoq idora organlaridagi bo’lim va boshqarmalariga tayanadi. Masalan, ichki ishlar, sog’liqni saqlash, maorif bo’limi yoki boshqarmalari. Ijro organlari tayinlash va tasdiqlash yo’li bilan tashkil qilinadi va ular o’zini tayinlagan shaxs oldida, shuningdek vakillik organi oldida hisob beradi14.
O’zbekiston Respublikasida ijroiya hokimiyatning rahbari – Prezident, shuningdek ijroiya hokimiyat organi bo’lib Vazirlar Mahkamasi va viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari, qoraqalpog’iston Respublikasida esa Vazirlar Kengashi va tuman (shahar) hokimliklari hisoblanadi15.
3. Sud hokimiyati qabul qilingan va hayotga joriy etilgan qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi davlat idoralari muassasalaridan tashkil topadi.16
Prezident Islom Karimov hokimiyatning uchinchi tarmog’i – sud – huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirishga alohida ahamiyat berish lozimligini bayon etgan edi. “O’tgan yillar mobaynida mamlakatimizda huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo’lgan sud huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi Kontseptsiyasi amalda joriy etildi....”17
Davlat hokimiyati o’zining tuzilishi, mazmuni, maqsad va vazifalariga ko’ra bir xil bo’lmaydi. U ayrim mamlakatlarda keng xalq ommasining irodasini ifoda qilsa, ba’zi mamlakatlarda esa alohida siyosiy kuchlarning yoki ozchilikning manfaatlarini himoya qiladi. SHunga ko’ra bu hokimiyat yo xalq hokimiyati yoki mustabid hokimiyat bo’ladi.
Mustabid hokimiyat ozchilikning hokimiyati bo’lib, u zo’rlikka asoslanadi. Bunday hokimiyatlar ko’pchilikni itoatda tutib turishga, ularning huquq va erkinliklarini bo’g’ib qo’yishga, demokratiyani taqiqlashga harakat qiladi. Mustabid hokimiyat jazolash, majbur qilish usullarini kuchaytirishga va shu yo’l bilan o’z hukmronligini saqlab qolishga intiladi. O’tmishda bunday hokimiyatlar juda ko’p bo’lgan. Napoleon, Gitler, Mussalinolar boshchilik qilgan hokimiyatlar zo’rlikka asoslangan ana shunday hokimiyatlar bo’lgan.
Davlat tuzumi – Konstitutsiyaviy huquq (davlat huquqi) normalari bilan belgilanadigan va mustahkamlanadigan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy manfaatlar tizimi. «Davlat tuzumi» «konstitutsiyaviy tuzum»ga qaraganda kengroq tushunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |