Politologiya fanining boshqa siyosiy fanlar tizimida tutgan o’rni va roli. Prezident Islom Karimov ijtimoiy fanlar roliga hamisha yuqori baho va e’tibor berib kelmoqda. «Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, – degan edi I.A.Karimov, – inson dunyoqarashining shakllani-shida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o’rni beqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo’ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo’ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo’ladimi – ularning barchasi odamning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega»2. Bu jihatdan qaraganda Politologiya ijtimoiy fanlar bilan umumiy aloqada bo’ladi. Politologiya ijtimoiy fanlarning ilmiy xulosalaridan qanday bo’lsa, shundayligicha foydalanmaydi, balki jamiyat, davlat va fuqarolar hayotida bo’ladigan siyosiy o’zgarishlar va ularning hokimiyatga munosabatlarini hamda bu o’zgarishlarni amalga oshirish usullari, mexanizmlarini o’rganadi, siyosiy xulosa, amaliy takliflar beradi.
Politologiya fani ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida muhim o’rin tutadi hamda siyosatni o’rganishda o’ziga xos xususiyati, maqsad va vazifalari borligi bilan farq qiladi. Siyosat – ilm-fanni qiziqtirib kelgan an’anaviy soha hisoblanadi. Uni nafaqat politologiya, boshqa fan sohalari, xususan falsafa, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, huquqshunos-lik, tarix va boshqa fanlar ham qiziqtirib kelgan va kelmoqda. Bu siyosatning murakkab va turli xil hodisalarga boy ijtimoiy hodisa ekanligini ko’rsatadi. Siyosatga, jamiyatning boshqa ijtimoiy hodisalari singari, umumiy va o’ziga xos xususiyatlar, jihatlar xosdir. Bu siyosatni turli fanlar nuqtai nazaridan o’rganish imkoniyatini beradi. Ayni paytda yana shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan fanlarning birortasi siyosat to’g’risida yaxlit, tugal tasavvurni bermaydi. Politologiya esa siyosat sohasi bilan bog’liq bo’lgan bilimlar to’g’risida ana shu vazifani amalga oshiradi.
Politologiya fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli ravishda jamiyatning siyosiy jarayonlari to’g’risida fikr yuritadi. Jamiyat hayotida siyosiy hokimiyat muhim o’rin tutadi. Jamiyatning siyosiy hokimiyati, bu hokimiyatning mohiyati va tuzilishini aniqlash, uning jamiyatda taqsimla-nishi hamda uning mexanizmlarini bilish siyosatshunoslik fanining muhim ob’ektidir.
Politologiyani siyosiy hokimiyatni kim, qaysi siyosiy yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan qanday maqsadlar, manfaatlar va tamoyillar tizimida amalga oshirilishi qiziqtiradi.
Politologiya fani siyosiy hokimiyat, uni amalga oshirishda o’rnatilgan siyosiy rejim faoliyati doirasi, shuningdek, muayyan guruhlar mavqei va munosabati, hokimiyat qamrovi, uni boshqarish usullarini aniqlab beradi.
Politologiya fanining ijtimoiy-gumanitar fanlardagi o’rnini belgilab beradigan nazariy va amaliy shart-sharoitlar mavjud. Bu avvalo, amaliy xarakterdagi ehtiyojlar, qolaversa, mamlakatda amalga oshayotgan demokratik jarayonlar va o’zgarishlar bilan bog’liq. Tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, siyosatshunoslik siyosiy jarayonlarga ta’sir ko’rsatishda katta imkoniyatga ega. Siyosiy jarayonlarning borishi, unda ishtirok etayotgan siyosiy kuchlar, ular tomonidan siyosatning idrok etilishi, ularning maqsad va maslaklari, tashabbuslari, faollik darajalari siyosatda o’z ifodasini topadi. SHuningdek, siyosatshunoslik, jamiyat hayotining siyosiy sohasini o’rganar ekan, unda jamiyatni boshqarishning asosiy institutlari, davlat, partiyalar va boshqa siyosiy-ijtimoiy tashkilotlarning o’zaro munosabat-lari mazmunini, xarakterini ham hisobga oladi. CHunki, siyosiy munosabatlar natijasi ko’proq unga bog’liq bo’ladi.
Politologiya fanining boshqa siyosiy fanlar bilan bog’liqligini yana shu bilan izohlash mumkinki, u ijtimoiy-siyosiy fanlarda ishlab chiqilgan nazariy xulosalarga, amaliy tajribalarga asoslangan holda ish olib boradi. Masalan, milliy munosabatlar bilan bog’liq masalalar falsafa, siyosiy tarix, siyosiy psixologiya, siyosiy sotsiologiya kabi fanlarda ham o’rganiladi. Falsafa millatlarning vujudga kelishi va rivojlanishini umumijtimoiy qonunlar asosida o’rgansa, siyosiy tarixda asosiy e’tibor, u yoki bu siyosiy partiyalarning milliy munosabatlari sohasidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyatini o’rganadi. Sotsial psixologiyada esa, millatlarning kayfiyati, ularning davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar va harakatlar olib boradigan milliy siyosatga bo’lgan munosabatlari o’rganiladi.3
Politologiyada esa bu masala siyosiy hokimiyat va uning faoliyati bilan bog’liq ravishda qaraladi. Politologiya boshqa siyosiy fanlardan farq qilib, davlatning ijtimoiy munosabatlarini tashkil etishdagi roli va ahamiyatini nazariy jihatdan asoslab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |