1. Muayyan g’oya va mafkura mutlaqlashtirilgan (ideologizatsiyalashgan) davlatdir. Bunda biron bir sinf, partiya yoki qatlamga oid mafkura mutlaq hukmronlik darajasiga ko’tariladi, boshqa mafkura va qarashlarga yo’l qo’yilmaydi. O’zgacha qarashdagi kishilar yo’q qilinadi, ularga xos g’oya va mafkuralar ta’qiqlanadi. Sobiq ittifoq, ba’zi sotsialistik mamlakatlar va fashizm hukmron bo’lgan davlatlar bunga misol.
2. Yuqoridagi holning xalqlar va davlatlar boshiga nihoyatda katta kulfat-lar keltirgani, fashizm va kommunizmning mohiyatan bir xil, ammo bir-biriga qarama-qarshi mamlaktlar hayotini butunlay qamrab olgani, oxir-oqibat 2-jahon urushini keltirib chiqargani g’arbdagi ko’pgina mamlakatlarni boshqa yo’ldan bo-rishga majbur qildi. Bu yo’l siyosat o’z yo’liga - g’oya o’z yo’liga, mafkura o’z yo’liga - davlat o’z yo’liga degan qarash (deideologizatsiya - lot bekor qilish) asosida shakllandi. Ammo XX asr 60-yillari oxiriga kelib bu ham to’g’ri emasligi, g’oya va mafkurasiz millat, davlat va jamiyat hayoti holakatli bo’lishi mumkinligi, jamiyatda umumiy bir g’oyaviy tamoyillar lozimligi aniq bo’lib qoldi.
3. Reideologizatsiya yo’li - tamoyili. Demokratiya, fikrlar rang-barang-ligi, vijdon erkinligi, inson huquqlari ustuvor bo’lgan jamiyatda qanday qilib umumiy mafkuraviy tamoyillar bo’lishi mumkin? degan savol paydo bo’ldi. Demokratik davlatlarda g’oyaviy taraqqiyotning bu yo’lida biron-bir mafkura hukmron va davlat mafkurasi darajasiga ko’tarilmaydi. Balki davlat bu sohada ham asosiy islohotchi sifatida ish yuritadi. Demak, O’zbekiston ana shu reideologizatsiya yo’lini tanlandi va shu yo’ldan bormoqda.
Tayanch tushunchalar:
Siyosiy hayot, siyosiy fan, politologiya – fan, politologiya – o’quv predmeti, nazariy politologiya, qiyosiy politologiya, politologiyaning ob’ekti, politologiyaning predmeti, politologiya fanning qonun va tushunchalari, politologiya uslublari, vazifalari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: «O’zbekiston», 2003.
Karimov I.A. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, T.: «O’zbekiston», 1993, 35-83-betlar.
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild, T.: «O’zbekiston», 1994, 29-30-betlar.
Karimov I.A. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. 5-jild, T.: «O’zbekiston», 1996, 104-110-betlar.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Asarlar, 6-jild, T.: «O’zbekiston», 1998, 136-144, 149-162-betlar.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. 7-jild, T.: «O’zbekiston», 1998, 134-135- betlar.
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. Asarlar. 7-tom, T.: «O’zbekiston» 1999, 84-91-98-102-betlar.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. Asarlar, 7-jild, T.: «O’zbekiston», 1999, 370-404-betlar.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild, T.: «O’zbekiston», 2000, 68-71-betlar.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: «O’zbekiston», 2010.
Aristotelь. Soch. V 4t. M.: Politika, 1993, 527-528-betlar.
Levitin L. O’zbekiston tarixiy burilish pallasida. T.: «O’zbekiston», 2001.
Otamurodov S., Ergashev I., Akromov SH., Qodirov A. Politologiya (O’quv qo’llanma). – Toshkent: «O’zbekiston», 1999.
Muxaev R.T. Osnovы politologii. M., 1996.
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «O’zbekiston», 2000, 11-14-betlar.
Maltsev V.A. Osnovы politologii. Uchebnik dlya vuzov. – M.: ITRK. 2002. str. 6-22.
Politologiya (o’zb). Toshkent yuridika instituti. T.: 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |