O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
kafedrasi o’qituvchisi S.EVATOVning
«Siyosatshunoslik» fanidan
MA’RUZALAR
TO’PLAMI
(2012– 2013)
Farg’ona-2012
K I R I SH
Yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda. Bu ulug’vor vazifa jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayotini zamon talablariga javob bera oladigan darajada isloh qilishni, demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirishni, yangilashni, mamlakatni modernizatsiyalashni zaruriyat qilib quyadi. Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining asarlarida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini ko’rsatib berdi. Yangi jamiyat barpo etishni ulkan vazifalari qatorida ta’lim-tarbiya tizimini, ilm-fan sohasini isloh qilish, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy-siyosiy faol kishilarni tarbiyalash, ularning turmush tarzini o’zgartirish vazifasi turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish hayotiy zaruriyat ekanligini yurtboshimiz takror va takror ta’kidlaydi: “Biz yashayotgan XXI asr intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr, - deydi I.A.Karimov, - Kimki bu haqiqatni o’z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va xalq uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa, bunday davlatjahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar.
XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko’rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.”1
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, oliy o’quv yurtlarida hozirgi kun, hozirgi zamon bilan hamnafas fanlarni, shuningdek, politologiya (siyosatshunoslik) fanini chuqur va har tomonlama o’qitish va o’rgatish muhim vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, “... bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko’proq kuchga ega”2 bo’lib turganda politologiya fanini o’rganish, doimo sergak, ogoh va hushyor yoshlarni tarbiyalashda muhim rolь uynaydi.
Ushbu ma’ruzalar matnlari hozirgi zamon G’arb va SHarq siyosatshunosligining nazariy va amaliy tajribalaridan foydalanish hamda jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarda, jahon siyosatida ro’y berayotgan voqea-hodisalar, o’zgarishlarni mamlakatimiz misolida o’rganish asosida yozilgan. Unda zamonaviy siyosiy fanning eng muhim, ustuvor mavzulari hozirgi zamon talablari asosida ko’rib chiqilgan.
Ma’ruza matnlarini yaratishda 2003 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy kompleksining maxsus metodologik komissiyasi bayonnomasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy o’quv yurtlari ilmiy-uslubiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash Prezidumining 2003 yil 1 iyulь majlisi qarori bilan tavsiya etilgan namunaviy dasturi asosida Politologiyaga doir chiqarilgan o’quv dasturi hamda texnika yo’nalishidagi mutaxassisliklari uchun ajratilgan ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslarida o’tilayotgan ma’ruza materiallariga alohida e’tibor berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |