O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


Politologiyaning amaliy funktsiyasi



Download 425,5 Kb.
bet5/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

3. Politologiyaning amaliy funktsiyasi: uning amaliy xarakteri hamda hokimiyat bilan bo’lgan munosabatida o’z ifodasini topadi. Unda boshqaruvda ma’rifiy-buyruqbozlik uslubidan voz kechish, boshqarishda demokratik tamoyillarga asoslanish, siyosiy institutlar va mafkuralar xilma-xilligiga asoslanish turli manfaatlar uyg’unligini ta’minlaydi.
4. Bashorat funktsiyasi: bashoratni amalga oshirish jamiyat hayotida muhim rolp o’ynaydi. Siyosiy qarorlar qabul qilishda, siyosiy jarayonlar va munosabatlarni modellashtirishda alohida o’rin tutadi. Bu politologiyaning siyosiy hayot bilan uzviy bog’liqligini ta’minlaydi, amaliyligini oshiradi.


2. Politologiya fani qonun, tushuncha, kategoriyalari hamda uning
boshqa siyosiy fanlar tizimida tutgan o’rni va roli
Falsafa fanining metodlari barcha ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar metodi bo’lganligi boisdan siyosatshunoslik fani metodlari ham uning metodlari hisoblanadi. Ular quyidagilardan iborat:
1) Dialektik metod.
2) qiyosiy taqqoslash metodi.
3) Emperik-sotsiologik metod: so’rov, anketa, matematik tahlil va h.k.
4) Umummantiqiy metod (Unda analiz va sintez, abstraktsiyalash, umumiylik va o’ziga xoslik, siyosiy jarayonlar modelini izlab topish hamda yangisini yaratish va h.k.).
5) Nazariy metod. (Unda fikrlash, abstraklikdan konkretlikka o’tish).
6) Axloqiy metod. (Ayrim guruh yoki shaxslar xulqini kuzatish, analiz qilish, anketalar tarqatish orqali so’rab o’rganish).
7) Izohlash metodi (qabul qilingan farmon, qonun, qarorlarni izohlab berish).
8) Siyosiy prognozlash metodi. (Bu bilan ijtimoiy to’qnashuvlar oldi olinadi).
9) Axborot - informatsiyalarni umumlashtirish metodi (Fan yutuqlaridan foydalanish).

Politologiyaning metodologik asosi:


1. Falsafiy tahlil.
2. Nazariy tahlil.
3. Ijtimoiy borliqni o’rganish.
Politologiya fani qonuniyatlari. Politologiya fani siyosiy institutlar va siyosiy jarayonlar, siyosiy madaniyat, xalqaro tizimlar, uning mexanizmi, vositalari va amaliyotni o’rganishda muayyan qonunlarga tayanadi hamda amal qiladi.
Politologiya fani amal qiladigan qonunlar ko’lami turli xil bo’lib, mamlakat ichki hayoti, mintaqaviy va xalqaro tizimlar, umumbashariy taraqqiyot sohalari bilan bevosita daxldordir.
Politologiya fanining o’rganadigan qonunlari siyosat, siyosiy jarayonlar, siyosiy hokimiyat, siyosiy partiyalar va siyosiy faoliyatning davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi zaruriy siyosiy mexanizmlari sifatida namoyon bo’ladi.
Davlat hokimiyati va jamiyat siyosiy hayotida qonunlarning harakat qilishi uchun sharoit yaratish, ularning har biri doirasida va o’zaro aloqalarida uyg’un harakat qilish jarayonini vujudga keltira bilish, o’z navbatida undan ko’zlangan maqsad yo’lida foydalana bilish sifatida muhim o’rin tutadi. Bu qonunlarni 2 guruhga ajratish mumkin:
1. Davlat hokimiyati va mamlakat ichki siyosiy hayotida amal qiladigan qonunlar bo’lib, u o’z ichiga:

  1. jamiyat siyosiy jarayonlarida siyosiy hokimiyat mexanizmlaridan samarali foydalanish;

  2. jamiyat siyosiy hayotining demokratiyalashishi;

  3. siyosiy boshqaruv jarayonlari;

  4. siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy hayot munosabatlari;

  5. shaxs, jamiyat va davlat tizimida inson manfaatining ustuvorligi va boshqalar.

2. Bu guruh qonunlari xalqaro munosabatlarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy aloqalar bilan bog’liq bo’lib, ular:

  1. xalqaro xavfsizlik va o’zaro ishonchni rivojlantirish;

  2. xalqaro va davlatlararo ixtiloflarni bartaraf etishning siyosiy vositalari;

  3. umumbashariy muammolarni bartaraf etishning siyosiy yo’llari;

  4. turli xil siyosiy institutlar, siyosiy partiyalar, tashkilotlar va harakatlar o’rtasidagi siyosiy hamkorlikni yo’lga qo’yish va uni barqaror rivojlantirib borish shart-sharoitlari;

  5. jamiyat siyosiy hayotida siyosiy yetakchining o’rni va rolini siyosiy tahlil etish bilan bog’liqdir.

SHuningdek, Politologiyaning ob’ektiv qonuniyatlari ham mavjud:
1. Siyosiy jarayon oqimidagi siyosiy munosabatlarga kirishayotgan tomonlarning har tomonlama tub manfaatdorligi qonuni.
2. Jamiyat siyosiy tizimining uyg’un amal qilish qonuni.
3. Siyosiy munosabatlarda siyosiy madaniyatning zarurligi qonuni.
4. Iqtisodiyot bilan siyosatning dialektik birligi va mutanosibligi qonuni.
5. Siyosiy munosabatlarning ma’naviy-axloqiy asoslarda amal qilish zarurligi qonuni.
6. Ichki siyosat bilan tashqi siyosatning dialektik birligi qonuni.
7. Xalqaro munosabatlarda yangicha siyosiy tafakkurning amal qilish zarurligi qonuni.
Politologiya tushunchalariga «siyosat», «siyosiy hokimiyat», «siyosiy jarayonlar», «siyosiy hayot», «siyosiy munosabat», «siyosiy institutlar», «siyosiy tizim», «siyosiy ong», «siyosiy madaniyat», «siyosiy qadriyatlar», «xalqaro siyosiy munosabatlar» va boshqalar kiradi. Bu tushunchalarning har biri o’z siyosiy mazmuniga ega bo’lib, siyosiy jarayonlar tizimida namoyon bo’ladi.
Politologiyaning kategoriyalari:

Davlat, siyosat, siyosiy hayot, siyosiy munosabatlar, siyosiy hokimiyat, siyosiy partiyalar va tashkilotlar, siyosiy tizim va siyosiy jarayon, xalqaro munosabatlar, siyosiy tizim, siyosiy voqelik, davlat hokimiyati, demokratiyalashtirish va h.k.
Bu kategoriyalarning har biri o’z siyosiy mazmuniga ega bo’lib, siyosiy jarayonlar tizimida namoyon bo’ladi. Masalan, ong muammosini sotsiologiya fanida guruh ongi muammosi sifatida, davlat va huquq nazariyasida huquqiy ong muammosi tarzida, siyosatshunoslik fanida esa siyosiy ong muammosi tarzida o’rganiladi. Madaniyatni - siyosiy madaniyat tarzida tahlil etadi va h.k.
Politologiya qonun va kategoriyalarini o’rganishda, mavjud siyosiy hayot va jarayonlarni idrok etishda har bir xalqning o’ziga xos xususiyatlari mavjudligini ham hisobga olish muhim. SHuning uchun siyosatda mamlakatlar va xalqlarning tarixiy-madaniy, ma’naviy negizlariga, qadriyatlariga tayanish, mavjud siyosiy jarayonlarni xolisona o’rganish va baholashga yordam beradi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, “Yuqorida zikr etilgan maqsad va yo’nalishlarning barchasi avvalo mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko’zlaydigan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan tamoyilni o’zida ifoda etadi”1

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish