O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


 Yangi davrdagi siyosiy qarashlar



Download 425,5 Kb.
bet14/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

3. Yangi davrdagi siyosiy qarashlar.
Bu davr siyosiy qarashlarida davlatning paydo bo’lishi va qaror topishi muammosi siyosiy fikr rivojiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi va uning ustuvor yo’nalishiga ega bo’la boshlaydi. Davlat, jamiyat va shaxs to’g’risidagi qarashlar tizimida individ - fuqaroga alohida e’tibor beriladi. SHuning uchun bu davrdagi siyosiy qarashlar «fuqarolik to’g’risidagi qarashlar» deb ham ataladi. Siyosiy sohada uyg’onish davrining o’ziga xos jihatidan biri ham shundaki, inson uning markaziga qo’yiladi. Masalan, N. Makiavelli (1469-1527-yillar) siyosatning nazariyotchilari uning «ilmiy usul»larini ushlab chiqishga ma’sul ekanligini qayd etadi. Bu davrda siyosatda axloqiy qadriyatlarning maqsadga muvofiqligi g’oyasi asosida «makiavellizm» tushunchasi paydo bo’ladi va siyosiy qarashlarda «Siyosiy Respublikanizm nazariyasi» ilgari suriladi. Bunday qarashlar XVII - XVIII asrda Angliya va Amerikada siyosiy fikr rivojiga sezilarli ta’sir etadi. Makiavelli o’zining «ilmiy usulini»siyosatga nisbatan pragmatizm va utilitar yondashuvga tayangan holda asoslaydi. Siyosiy fanlar voqealarning haqiqiy mohiyatiga kirib borgan holda uni tushuntirib berishi kerakligini qayt etadi. SHu usulda hokimiyat va boshqarish nuqtai nazaridan siyosat va davlatning aynan bahosini berishga harakat qiladi. Makiavelli siyosiy qarashlarida «maqsad vositani oqlaydi», degan tamoyilga asoslanadi. U har qanday maqsadning qonuniy bo’lishini ta’kidlasa, mamlakatlarning siyosiy hayoti, davlatchilik tarixi tajribasi buni hamma vaqt ham to’g’ri yoki mutloq fikr emasligidan dalolat beradi. Makiavellining fikricha yagona maqsad borki, bu maqsad noaxloqiy vositani, ya’ni davlatni yaratilishi va uni saqlab qolishni oqlaydi, deb ko’rsatadi. Natijada, uning ta’sirida ayrim siyosiy kuchlar o’z faoliyatlarida unga tayandilar. (M: Frantsiyadagi 1789 yil revolyutsion yetakchilari va Rossiyada bolьsheviklar v. b.)
Bu davrda Makiavelli tomonidan ilgari surilgan g’oya ayrim siyosiy kuchlar tomonidan o’z manfaatlari yo’lida foydalanilganligini va bu jamiyatlar, xalqlar siyosiy hayotida katta salbiy oqibatlarga sabab bo’lganligini ko’rish mumkin. SHu o’rinda siyosiy faoliyatda «adolatni kuchda» deb bilish bilan «kuch adolatdadir» degan qarash va tamoyillarda katta farq borligini ta’kidlash zarur. Bunda muammoga g’arbona va sharqona yondashuvlardan biri o’ziga xos ifodasini topganligini ko’ramiz.
Makiavelli jamiyatni idora etish to’g’risida aniq bir shaklni ilgari surmaydi. U «yakka hokimiyatni» ham, «respublika» boshqaruv shaklini ham ma’qullaydi.
U o’zining «Gosudar» nomli asarida Respublikani to’g’ri yoki qulay shakli deb, ayni paytda Rim Respublikasi modeli to’g’risida fikr yuritib, «aralash» shaklini yoki hokimiyatning demokratik, aristokratik va monarxiya elementlarining mavjudligi, uning mukammalligini ta’minlab bergan, deb hisoblaydi.
Bunday siyosiy qarashlar keyinchalik Tomas Gobbs (1598-1679 yillar) qarashlarida rivojlantiriladi. Gobbs, monarxiyani - hokimiyatning eng qulay shakli, deb hisoblaydi. Buni o’zining «Leviafan» asarida insonlarning davlat paydo bo’lgunigacha bo’lgan davridagi hayotini tasvirlab, unda «xaos» va «ixtilof»lar hukmron bo’lganligini ta’kidlaydi, yoki bu hukmronlikni «hammaning hammaga qarshi urush» holati sifatida qayd etadi. «Ijtimoiy kelishuv»ga «xaos»dan chiqishdagi muhim yo’l sifatida qaraladi. Monarxning asosiy vazifasi qonunni saqlay bilishda, deb tushunadi.
Angliya faylasufi J. Lokk (1632-1704 - yillar) qarashlarida ham siyosatda fuqarolik kontseptsiyasi ilgari suriladi. Lokk ta’limoti, nisbatan real hayotga asoslanganligi bilan ajralib turadi va cheklangan monarxni o’rnatishni yoqlaydi.
U siyosiy fikr tarixida birinchilardan bo’lib, «shaxs», «jamiyat» va «davlat» tushunchalarining tahlilini beradi, hamda shaxsni jamiyat va davlatdan yuqori qo’yadi. Lokk, inson tug’ilgandan boshlab tabiiy huquqlarga ega bo’ladi, deb ko’rsatib, «hayot» yoki «yashash», «erkinlik» va «mulkka ega bo’lish» huquqlarini ana shunday huquqlar jumlasiga kiritadi. U xususiy mulkka ega bo’lish huquqini quyidagicha asoslaydi, birinchidan, xususiy mulkka ega bo’lish insonning o’zini va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan ehtiyojni ta’minlash uchun kerak, inson zarur narsalarga ega bo’lgan taqdirdagina, o’zining rivojlanishiga alohida e’tibor berishi mumkin. Lokk, fikricha xususiy mulk mutloq qadriyat emas, aksincha, erkin jamiyatga erishish vositasidir. Insonlar mulk jamg’arishda erkin bo’lishlari kerak. Ikkinchidan, mulkka ega bo’lish insonning individualligi shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblaydi. Lokk, davlat jamiyat, jamiyat o’z navbatida, shaxsga bo’ysunishi zarurligini ta’kidlaydi. Davlat va jamiyat bir narsa emas, davlat hokimiyatning qulashi, jamiyat rivojining oxiridan dalolat bermaydi. Jamiyat yangi davlat hokimiyatini o’rnatishi mumkin. Davlat shaxs huquqlarini himoya qilish maqsadida faoliyat ko’rsatadi. U shaxsdan kuchliroq bo’lishi mumkin emas, chunki shaxs jamiyatni, jamiyat esa davlatni tashkil etadi. Lokk qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati bo’lishini yoqlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatga ustuvorlik beradi, chunki u davlatning siyosatini belgilaydi, deb ko’rsatadi.
Frantsiya ma’rifatparvari SHarl Lui Monteskьe (1689‑1755 yillar) o’zining «Qonunlar ruhi» asarida «idora etish tarziga» yoki «qonunlar ruhi»ga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsatib beradi. «Ko’pgina narsalar, - deb yozadi Monteskьe, - iqlim, din, qonunlar, idora etish shakllari, o’tmish saboqlari, axloq, odatlar xalqning umumiy ruhining natijasi sifatida insonlarni boshqaradi».
Monteskьe hokimiyatning bo’linishi nazariyasini «aralash idora etish» g’oyasining davomidir, deb ko’rsatib, huquqning, qonunning ustuvorligini qayd etadi. SHu asosda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir - birlarini to’ldirgan holda hokimiyatni saqlab turishlari mumkin, degan xulosaga keladi.
Siyosiy fikrlar rivoji Yevropadagi davlatlar qurilishi bilan uzviy bog’liq holda bordi. Bu davr namoyandalari unitar mustaqil davlatning kamchiliklarini hisobga olib, siyosiy nazariyani amaliyot bilan bog’lab olib borishga, siyosiy tenglik va demokratiyani yangicha tarzda tahlil etishga, hamda amalga oshirishga harakat qila boshlaydilar. J. Medison (1751‑1836 yillar) respublikanizmning ko’zga ko’ringan nazariyotchilaridan biri bo’lib, u xalq - siyosiy hokimiyatning yagona manbai, saylovlar - respublikaviy idora etishning muhim xususiyati, degan qoidaga asoslanadi. U ko’pchilik fraktsiyasiga ehtiyotkorlik bilan yondashadi, hokimiyatdan foydalanib, ozchilikning manfaatlarini poymol etishi mumkinligi xavfini oldini olish choralariga alohida e’tibor bilan qaraydi. Ozchilikning erkinligini kafolatlash zarurligini himoya qiladi. J. Medison demokratiyaning vakillik orqali idora etish shakli bilan birga liberal idora etish ham zarurligini asoslaydi. Davlat hokimiyatining bo’linishini, ularning har birining nisbiy mustaqilligini va tengligini tan oladi.
Siyosatning «sotsial kontseptsiyasi» fuqarolik kontseptsiyasining davosi sifatida shakllandi. U endi alohida individ - fuqaroga emas, ayrim ijtimoiy guruhga tayana boshladi. Millat, sinflar, insonlar, individlar muayyan guruhlarning, birlashmalarning mahsuli sifatida qaraladi.
Frantsuz ma’rifatparvari J.J. Russo (1712-1778 yillar) esa siyosatda fuqarolik kontseptsiyasining qat’iy ifodachisi va tadqiqotchisidir. Individlar davlatni yaratadi yoki ayni paytda individlarning o’zi davlatning mahsulidir, deb hisoblaydi. Russo ayni paytda 3 ta tashqi omilni qayd etadi: 1. Ijtimoiy tenglikni qo’llab quvvatlaydi, mulkni jamiyat a’zolariga nisbatan tengsiz taqsimlanishiga qarshi chiqadi; 2. Siyosiy yaxlitlikni himoya qiladi; davlatda xususiy hamkorlik bo’lishi mumkin emas, degan g’oyaga tayanadi. 3. U vakillik hokimiyatini - qullik deb hisoblaydi. Bir so’z bilan aytganda, Russo demokratiyaning bevosita shaklini qo’llab chiqadi.
E. Berkga (1729-1797-yillar) Angliya konservatori sifatida tabiiy huquqlarni tan olmasliik g’oyasi xosdir. Uningcha, davlat va jamiyat insonning ixtirosi emas, balki tabiiy rivojlanishning natijasidir. Davlatning asosiy vazifasi tartib va qonunni saqlashdan iborat. Hokimiyatning vakillik shaklini qo’llab chiqadi. Berk Parlamentga - Angliyadagi hokimiyatning haqiqiy shakli sifatida qaraydi va uning faoliyati xalq tomonidan nazorat etilishi mumkin emas, deb hisoblaydi.
A. Tokvilь (1805-1858-yillar) «Amerikadagi demokratiya» nomli asarida o’ziga xos liberal siyosiy nazariyani yaratadi. Uni siyosiy tenglik bilan siyosiy erkinlik o’rtasidagi munosabat ko’proq o’ylatadi. Siyosiy apatiya - siyosiy markazlashuv va ijtimoiy bo’ysundirishning boshlanishidir, deb hisoblaydi. Demokratiyaning ijobiy va salbiy jihatlari bo’lishi mumkinligi to’g’risida fikr yuritadi.
XIX asrning 40-yillaridan siyosiy fikr rivoji mustabid tuzumni asoslagan qarashlar bilan bog’liq. Ular tomonidan muayyan ijtimoiy guruhga, «sinfga» tayanish, ularning siyosiy qarash manfaatlarini «himoya» etish, ular yordamida «proletar inqilobini» amalga oshirish g’oyasi ilgari suriladi. Tenglik, demokratiya, erkinlikni ta’minlashda ular «proletariat diktaturasini» o’rnatish zarurligini, shu orqali adolatli demokratik jamiyatni qurish mumkinligini asoslashga urindilar. «Sinfiy kurash»ga jamiyatni harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaradilar.
Bu g’oyada siyosiy hokimiyatga ega bo’lish, ya’ni diktaturaning proletariat qo’liga o’tishi tub masala sifatida qaraldi. Oktyabr to’ntarishi Rossiyada bolьshevizm ko’rinishida totalitar, ma’muriy buyruqbozlik jamiyatining o’rnatilishiga olib keldi. Sobiq SSSR Konstitutsiyasida hokimiyatning vakillik va bevosita shakllaridan foydalanish ko’rsatilgan bo’lsada, amalda haqiqiy demokratik jamiyatni o’rnatilishiga emas, aksincha, mustaqillik, erkinlik, inson huquqlariga zid bo’lgan tamoyillar markaz bilan respublikalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda, jamiyat siyosiy hayotida o’zining ifodasini topdi. Bu siyosiy qarashlarning g’oyaviy jihatdan bir tomonlama, nodemokratik va soxta ekanligini hayot ko’rsatdi.
Bugungi Rossiyada yangi demokratik tartibotlarning murakkab rivojlanishi sharoitida siyosiy fanlar rivojida yangicha qarashlar paydo bo’lmoqda.



Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish