Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrgʼonа politexnikа instituti



Download 3,35 Mb.
bet42/58
Sana11.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#343919
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
SQT. Аmaliy mashgʼulot

АMALIY MASHGʼULOT № 13

(2-soat)


Mаvzu: Mashinalarning jismonan yeyilishi va maʼnaviy eskirishini aniqlash Temirlash usuli bilan detallarni taʼmirlashni oʼrganish

Mashinaning jismonan yeyilishi undagi har xil elementlarning asta-sekin yoki toʼsatdan moddiy yemirilish (edirilishi, sinishi va fizik-mexanik xossalarini yoʼqotishning boshqa turlari) natijasidir. Jismonan yeyilgan mashina oʼziga nisbatan qoʼyiladigan talablarni bajarolmay qoladi. Jismonan yeyilish foydalanish jarayonida yuz beradi;

Mashina ishlayotganida birinchi turdagi jismonan yeyilish, ishlamayotganida esa ikkinchi turdagi jismonan yeyilish sodir boʼladi.

Birinchi turdagi jismonan yeyilishning asosiy sababi mashinaning detallari va boshqa elementlariga tushadigan yuklanishdir. Ikkinchi turdagi jismonan yeyilishga esa ashyolarning atrof muhit taʼsirida korroziyalanishi, ularning eskirishi, detallarda qoldiq kuchlanishlar qayta taqsimlanishi va shu kabilar sabab boʼladi. Bir soʼz bilan aytganda, mashinalarning jismonan yeyilishi ulardagi konstruktiv elementlarning yeyilishi yigʼindisidan iboratdir.

Jismonan yeyilish miqdoriy jihatdan foizda aniqlanadi. Bunda yangi detalning yeyilishi 0 foiz deb, mazkur vazifadagi mashinada bundan keyin foydalanishga umuman yaramasligi tufayli temir-tersakka joʼnatiladigan detallarning yeyilishi esa 100 foiz deb qabul qilinadi.

Bitta ish sirtiga yoki yaroqliligi yoʼqolganligining bitta belgisiga ega boʼlgan detalning jismonan yeyilganligini aniqlash qiyin emas. Ish sirti bir nechta boʼlganda yoki yaroqliligi yoʼqolganligining bir nechta belgisi boʼlganda yeyilganlik darajasi koʼpincha eng koʼp yeyilgan sirt boʼyicha aniqlanadi.

Mashina yoki agregat jismonan yeyilishining oʼlchovi ushbu formula yordamida hisoblab topiladi:

(13.1)

bu yerda: Uj– mashina yoki agregat jismonan yeyilishining uni ishlab chiqarish narxiga nisbatan foizdagi iqtisodiy oʼlchovi; Qt– mashina yoki agregatni taʼmirlashning smetadagi narxi, soʼm; Qi.ch– yangi, mukammalroq konstruktsiyalar paydo boʼlishi munosabati bilan qiymatini yoʼqotishini hisobga olgan holda jismonan yeyilganlik darajasini aniqlash paytida mashina yoki agregatning toʼliq narxi, soʼm; ∆– xuddi shunday mashina yoki agregatlarni taʼmirlash tajribasi asosida aniqlanadigan qoldiq yeyilishning nisbiy qiymati, %.

Shuni aytish kerakki, Qi.ch. koʼrsatkich texnik taraqqiyotning mashinani ishlab chiqarish narxiga taʼsirini ifodalaydi, chunki u ishlatiladigan mashinani taʼmirlash kerakligi yoki uni yangisi bilan almashtirish maqsadga muvofiqligi masalasini hal etish imkonini beradi. Ravshanki, Uj oʼlchov 100 foizga yaqinlashganda yoki, ayniqsa, bundan oshib ketganda mashinani taʼmirlashning maqsadga muvofiqligini faqat iqtisod bilan bogʼliq boʼlmagan qandaydir mulohazalar bilangina asoslash mumkin.

Maʼnaviy eskirish deganda texnik taraqqiyot taʼsirida ishlab turgan texnikaning narxi pasayishi tushuniladi.

Yangi, unumdorroq mashinalarning paydo boʼlishi va avvalgi mashinalar ishi unumining pasayishi, ilgari ishlatib kelinayotgan mashinalarning maʼnaviy eskirishiga olib keladi.

Texnikada maʼnaviy eskirishining ikki shakli farq qilinadi:

birinchi shakli xuddi shunday loyihadagi yangi mashina arzonroq ishlab chiqarilishi bilan amaldagi narxning pasayishi boʼlsa,

ikkinchi shakli – mashinalarning mukammalroq (ish unumi yuqoriroq) loyihalari yaratilishi natijasida amaldagi texnikaning qadrsizlanishidir.

Texnika taraqqiyoti tufayli narxining pasayishi koeffitsienti mashinaning maʼnaviy eskirganligi mezoni boʼlib xizmat qiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
(2) (13.2)
bu yerda UM– mashinaning boshlangʼich narxi ulushlarida ifodalangan maʼnaviy eskirish mezoni; Q – mashinaning boshlangʼich narxi, soʼm; Qi.ch – mashinalarning mukammalroq yangi loyihalari yaratilishi, shuningdek, xuddi shunday mashinalarni kam harajatlar bilan ishlab chiqilishi oqibatida boshlangʼich narxining pasayishi hisobga olgan holda mashinani ishlab chiqarish narxi, soʼm.

Mashinaning umumiy yeyilganligi quyidagi formula yordamida ifodalanadi:

U= 1-(1-Uj )∙ (1-Um ), (13.3)
Bu yerda; U- mashina umumiy yeyilishining uning boshlangʼich narxi ulushlaridagi oʼlchovi; Uj– mashina jismonan yeyilishining uni ishlab chiqarish narxining ulushlaridagi oʼlchovi; Um– mashina maʼnaviy eskirishining uning boshlangʼich narxi ulushlaridagi oʼlchovi.

Kattaliklar koʼpaytmasi (1-Uj ) (1-Um ) jismonan va maʼnaviy eskirishi oqibatida mashinaning boshlangʼich narxi ulushlaridagi qoldiq narxini beradi.

Mashinalarning jami yeyilishi. Foydalanish mobaynida har qanday mashinaning jismonan yeyilishi uzluksiz kechadigan obʼektiv jarayon boʼlib, barcha konstruktiv va nokonstruktiv elementlarning jismonan yeyilishi uning tashkil etuvchilaridir. Bularga mashinalarga texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlashda baʼzi tashqi omillarning taʼsir koʼrsatishi natijalari ham qoʼshiladi, chunki bu omillar qator hollarda tegishli konstruktiv va nokonstruktiv elementlarning yeyilishiga maʼlum darajada taʼsir qiladi.

Mashinaning jami yeyilishini quyidagi uchta tashkil etuvchi bilan berish mumkin: 1) ishlayotganda tushadigan yuklanishlar tufayli mashinaning yeyilishi Rm1; 2) tashish vaqtida tushadigan yuklanishlar taʼsirida mashinaning yeyilishi Rm2; 3) saqlash, texnik xizmat koʼrsatish hamda taʼmirlash paytida tushadigan yuklanishlar tufayli mashinaning yeyilishi Rm3, yaʼni:


Um.j=Pm1+ Pm2+Pm3 (13.4)

Mashinaning jami yeyilishi Um.j butun xizmat muddati mobaynida mashinadan foydalanishning uzluksiz vaqt funktsiyasi (t) ga tengdir, yaʼni Um.j=F(t) dir deb taʼkidlash mumkin.

Moy, boʼyoq va boshqa nokonstruktiv elementlarning xizmat xossalarini yoʼqotish kabi mashinadagi har qanday detalning yeyilishi, hatto ayrim namunaning boshlangʼich tavsiflari turlicha boʼlganda ham (ashyo sifati, ishlov berish sifati, yuklanish sharoiti, moylash, xizmat koʼrsatish sharoiti va hokazo) uzluksiz vaqt funktsiyasidir.

Xizmat muddati mobaynida mashinadagi barcha konstruktiv va nokonstruktiv elementlarning yeyilishini qoʼshib butun mashinaning yeyilganlik darajasini keltirib chiqaramiz:



(13.5)
Аyrim elementlarining xususiy yeyilish tavsiflaridan kelib chiqib, foydalanishning istalgan davrida butun mashinaning yeyilish darajasini aniqlash imkonini beruvchi ana shu funktsiyalar orasidagi bogʼliqlikni tez va oson topish uchun har bir alohida olingan element chiziqli bogʼliqlik boʼyicha yeyilishi mumkin deb qabul qilinadi.

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish