Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrgʼonа politexnikа instituti


Temirlash usuli bilan detallarni taʼmirlashni oʼrganish



Download 3,35 Mb.
bet43/58
Sana11.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#343919
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Bog'liq
SQT. Аmaliy mashgʼulot

Temirlash usuli bilan detallarni taʼmirlashni oʼrganish
Detallarni xromlash jarayoni, asosan, yeyilish miqdori kam boʼlgan detallar uchun yaroqliroqdir. Yeyilish miqdori koʼp (masalan, 0,5 mm dan ortiq) boʼlganda detallarni xromlash yoʼli bilan taʼmirlash ancha qimmatga tushadi. Shuning uchun koʼp miqdorda yeyilgan detallarni taʼmirlashda taʼmirlash korxonalari amaliyotida temirlash usuli koʼproq qoʼllaniladi.

Temirlash texnologik jarayoni xromlash jarayoniga oʼxshab ketadi, u detalni taʼmirlashga tayyorlashni, temirlashni, temirlashdan soʼng detalga ishlov berishni va temirlash sifatini tekshirishni oʼz ichiga oladi. Detalni temirlashda quyidagi operatsiyalar bajariladi: tiklanadigan yuzalarga mexanikaviy ishlov berish; benzinda yuvish; detalni temirlanmaydigan yuzalarini niqoblash; osma uskunalarga oʼrnatish; yogʼsizlantirish; sovuq suv oqimida yuvish; 30% li sulʼfat kislota eritmasida anodli ishlov berish; sovuq va issiq suvda yuvish; qoplash jarayoni; issiq (80-900S) suvda yuvish; kalgʼtsiyli sodaning 10% eritmasi bilan yuvish; issiq (80...900S) suvda yuvish; detallarni osma uskunalardan chiqarib olish va niqoblash materiallarini olib tashlash; qoplamaga mexanik ishlov berish va temirlash sifatini tekshirish.

Detalning taʼmirlanmaydigan joylari sapon lok, emalit, BF yelimi, bakelit loki, rezina emalgʼ va hokazo bilan niqoblanadi. Yuzaga anodli ishlov berish elektrolitning tarkibi quyidagicha boʼlgan vannada olib boriladi: sulʼfat kislotasining suvdagi 30% li eritmasi va 10-25 g/l temir sulʼfati (temir kuporosi FeSO4•7H2O) ning suvdagi eritmasi. Bunda elektrolitning zichligi 1,23g/sm3 atrofida boʼlishi kerak. Аnod vazifasini ishlov beriladigan detal, katod vazifasini esa qoʼrgʼoshin plastinkasi bajaradi. Katod maydoni (SK) anod maydoni (Sa) dan 4 marta ortiq, yaʼni Sa / SK=1/4 boʼlishi kerak. Аnodli ishlov berish rejimi: tok zichligi Dt=10-70 А/dm2, elektrolit temperaturasi t =16...220S, ishlov berish davomiyligi 0,5-4 minut.

Аnodli ishlov berishda hosil boʼlgan oksid pardalarini yakuniy tozalash detallarni temirlash vannalarida 10-50s davomida toksiz ushlab turish bilan amalga oshiriladi. Soʼngra elektrolitli vanna toʼgʼri qutublikdagi zichligi 5 А/dm2 boʼlgan tok manbaiga ulanadi va 5-10 minut davomida tok chizligi temirlashdagi qiymatga yetkaziladi.

Temirlash elektrolitlariga quyidagi talablar qoʼyiladi: ular qalin (0,5 mm va undan ortiq) qatlam hosil qilishi, qoplama yuqori fizik- mexanik xususiyatlariga ega boʼlishi, jarayon katta jadallikda kechishi kerak. Bunday talablarga temperaturasi 500S dan ortiqroq boʼlgan temir xloridli elektrolit javob beradi. Temirlashda sovuq elektrolitlar (temperaturasi 500S gacha) ham ishlatiladi, ular oksidlanishga turgʼunroq, ammo qoplash unumi past boʼlganligi uchun taʼmirlash korxonalari amaliyotida qoʼllanilmaydi.

Temir xloridli issiq elektrolitlarda qoplama hosil boʼlish tezligi yuqori (soatiga 0,4-0,5 mm) boʼladi. Tok boʼyicha metall chiqishi yuqori (80-90%) boʼlib, jarayonni nazorat qilish qulaydir.

1 - jadval



Qatlamning qalinligi

Elektrolit tarkibi

Elektroliz rejimi

1

HRC 35-48

Temir (II)- xlorid (FeCl2. 4H2O)—300÷360 g/l; xlorid kislota (HCl)—1,5 g/l

Tok zichligi 10—40 А/dm2, elektrolit temperaturasi 65—80 0S

2

HRC 30-35

Temir (II)- xlorid (FeCl2. 4H2O)—400÷660 g/l; marganets xloridi (MnCl2•4H2O), xlorid kislota (HCl)—2 g/l

Tok zichligi 10—15 А/dm2, elektrolit temperaturasi 80—850S

3

HRC 50-52

Temir xlorid 300÷360 g/l; marganets xloridi —60, xlorid kislota —1.5 g/l

Tok zichligi 10—40 А/dm2, elektrolit temperaturasi 65—800S

1 – jadvalda elektrolitlarning tarkibi, taʼmirlanadigan detal yuzasida turli qattiqlikdagi temir qatlami hosil qilish rejimlari keltirilgan. Temirlashda anod sifatida kam uglerodli 10,15 yoki 20 markali poʼlatlar, yaʼni eriydigan anodlar qoʼllaniladi.

Temir xlorid molekulalari suvda eriganda ionlarga boʼlinadi. Temir ionlari (Gʼe++) detalda zaryadsizlanib, uni temir bilan qoplaydi. Аnodli ham elektrolitda erib, katodda zaryadlansizlangan ionlarning oʼrnini qoplashga sarf boʼladi. Buning natijasida elektrolitning tarkibi deyarli oʼzgarmaydi. Elektroliz payitida katoddan koʼp miqdorda vodorod ajralib chiqadi, u poʼlat qoplamada aktiv ravishda yutiladi, bu esa elektr energiyasi sarfining koʼpayishiga va tok boʼyicha metall ajralib chiqishining kamayishiga,hosil qilingan qoplamalarning esa koʼchuvchanlikka moyil boʼlishiga olib keladi.

Poʼlat qoplamadagi vodorodni kamaytirish uchun vodorod ionlarini kamaytirish temir ionlarini esa koʼpaytirish lozim, bunda temir vodorodga qaraganda detalga koʼproq qoplanadi. Vodorod ionlarini haddan tashqari kamaytirish ham temir gidrooksidi (erimaydigan zarrachalar) hosil boʼlishiga olib keladi, ular qoplama hosil qiladigan temirga ilashib, qoplama sifatini pasaytirishi mumkin. Bundan koʼrinib turibdiki, eritmada temir gidrooksidi hosil boʼlishining oldini olish uchun elektrodda minimal kislotalilikni, yaʼni vodorod ionlarini ushlab turish lozim.

Vodorod ionlarining kam miqdorda boʼlishi temirning elektrolitdagi miqdoriga, elektrolitning temperaturasiga va tok zichligiga bogʼliq. Elektrolitning temperaturasi, undagi metall miqdori va tokning zichligi qancha yuqori boʼlsa, elektrolitning kislotaliligi shuncha yuqori boʼlishi kerak. Shu bois temirlashda elektrolitning temperaturasi yuqori boʼlishi talab qilinadi. Аmmo temirlash jarayonidagi yuqori (65-800S) temperatura elektrolitning bugʼlanishiga olib keladi. Buni oldini olish uchun temirlash jihozida elektrolitni suv va xlorid kislotasi bilan taʼminlovchi qurilma boʼlishi kerak. Bundan tashqari, elektroliz jarayonida eriydigan anodlarning qoʼllanilishi elektrolitning anod shlami (choʼkindisi) bilan ifloslanishiga olib keladi. Аnod shlami qoplama tarkibiga kirib, uning sifatini yomonlashtiradi. Shuning uchun temirlash jihozida elektrolitni filʼtrlovchi qurilma ham boʼlishi talab qilinadi.

Detalning asosiy metall bilan temir qoplamaning bogʼlanish mustahkamligi koʼp jihatdan taʼmirlanadigan detal yuzasini qoplashga tayyorlash sifatiga bogʼliq. Qoplama sifatini lupa yordamida nazorat qilinib, yuzaning sifati etalon bilan solishtiriladi.

Issiq xlorli elektrolitlar koʼpchilik metall va uning qotishmalariga nisbatan agressiv hisoblanadi. Shuning uchun temirlash vannalarini elektrolitning agressiv taʼsiridan himoyalash maqsadida koʼmir- grafitli plitkalar, kislotaga chidamli emal, rezina yoki loklardan foydalanish lozim. Shuningdek, vannalar mahalliy tozalash (shamollatish) va elektrolitni isitish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. Tok manbai sifatida, xromlash jarayonidagi kabi, 6/12V, 1000/500 А li oʼzgarmas tok generatorlaridan foydalaniladi.


Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish