Texnologik mashina va jihozlarining zanjirli uzatmalarini taʼmirlash
Zanjirli uzatmalarni taʼmirlash
Zanjirli uzatmalar detallari - zanjir va yulduzchalar yeyilishining asosiy sabablari yulduzchalar oʼqlari paralleligining buzilishi, zanjirning salqi yoki ortiqcha tarangligi, zanjir va yulduzchalar qadamlarining har xilligi, yuqori temperatura va sifatsiz moylashlar boʼlishi mumkin.
Zanjir tarangligi susayganda tishlar uchi ilashib, zanjir choʼziladi, yulduzchadan sakrab chiqadi, uzatma shovqin va siltanishlar bilan ishlaydi, natijada zanjir uzilishi yoki tishlar sinishi mumkin.
Zanjir yeyilishi, choʼzilishi natijasida uning qadamining ortishi bilan xarakterlanadi va qadam boshlangʼich oʼlchamiga nisbatan foizlarda ifodalanadi.
Qulaylik va yuqori aniqlik uchun 50 ta zveno uzunligidagi zanjir boʼlagi uzunligi oʼlchanadi. Buning uchun zanjir vertikal holda osiladi va pastki uchiga yuk mahkamlanadi. Vtulkali rolikli zanjirlar uchun qadamning ruxsat etilgan ortishi quyidagicha.
Katta yulduzchadagi 15 30 35 40 45 50 60 70 80 90
tishlar soni.
Zanjir qadamining ruxsat 6,4 5,3 4,6 4,0 3,5 3,2 2,6 2,3 2,0 1,7
etilgan ortishi,%
Masalan: Katta yulduzchasi tishlari soni 80 ta boʼlgan yangi zanjir 50 ta zvenosi uzunligi l = 476,3 mm., qadami t = 9,525 mm., eskirgan zanjir uzunligi l1= 490 mm. ni tashkil qiladi. Ushbu zanjirning foydalanishga yaroqliligi tekshirilsin.
Zanjir qadamining orʻtacha nisbiy uzayishini aniqlaymiz.
(12.6)
Demak, ushbu zanjir yaroqsiz ekan.
Zanjirli uzatmani taʼmirlashda yeyilgan yulduzcha va zanjir yangisiga almashtiriladi. Yangi zanjir va yulduzcha qadami bir xil boʼlishi lozim. Аks holda zanjir uzilishi yoki yulduzcha tishi sinishi mumkin. Zanjirni oʼrnatishdan oldin zvenolarni tekshirish maqsadida uning har bir sharniri qoʼlda egib koʼriladi. Soʼngra zanjir kerosinda yuviladi artiladi, 1 soat davomida issiq moyda qaynatiladi, yulduzcha kiydirilib, biriktiruvchi zveno biriktiriladi. Zanjirlarni US-1 va UT-1 tipidagi moylar bilan moylanadi. Zanjirning osilish darajasi zanjirning yetakchi tarmogʼiga chizgʼichni qoʼyish yoʼli bilan aniqlanadi. Bunda zanjir oʼqlararo masofaning 2 % ga teng qismiga, yaʼni 1 m. uzunlikka 2 sm.ga osilishi mumkin. Аks holda, ortiqcha taranglik yoki salqilikda oʼqlararo masofa rostalanadi.
Zanjirni yaroqsizlikka ajratishda quyidagi koʼrsatkichlariga amal qilinadi:
- valik ikki tomonlama yeyilgan boʼlsa, tashqi diametri 7,7 mm gacha boʼlsa, sapfaning eni 1,0 … 1,8 mm dan oshsa; vtulkaning tashqi diametri 11 mm gacha, ichki diametri 9,6 mm gacha; yon tomoni yeyilishi 1 m dan oshsa; tashqi detallar ezilsa; detallarda darslar boʼlsa; teshiklarning yeyilishi diametri boʼyicha 0,5 mm dan oshsa, egilgan boʼlsa bunday detallar yaroqsiz deb topiladi.
1-jadval
Zanjirlarning nuqsonlash oʼlchamlari
2-jadval
Zanjirlarning nomi
|
Zanjirlarning qadami
|
Yaroqsizlantirish oʼlchamlari(Аralashganlar uchun 20 ta boʼlak,mm)
|
Oʼlchash patidagi tortish kuchi (kg)
|
Vtulkali-rolikli
|
15,875
19,05
25,4
38,0
41,3
|
330
397
528
790
859
|
20
20
50
50
50
|
Ilmoqli
Ilmoqli
|
38,0
41,0
|
790
859
|
50
50
|
Аralashgan
|
57,0
|
594
|
10
|
Zanjirlarni taʼmirlashda yaroqsiz deb topilgan detallarni hammasi yangi detallar bilan almashtirilishi zarur.
Zanjirni yigʼish uchun ajratishda bajarilgan ishlarni teskari tartibda amalga oshirish kerak.Аgar plastinkalar ftulkalar bilan jips joylashmasa, konussimon qolip bilan zichlash lozim.Zanjirlarni taʼmirlashni yana bir usuli – detallarga ajratmasdan qoʼshni ftulkalar orasidagi masofani yaqinlashtirishdir. Buning uchun plastinkalar choʼktiriladi. Choʼktirilish qiymati kalibr – fiksator yordamida chegaralanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |