Hindiston buyuk bir zamin turfa millat yashaydi unda asrlarga tengdir taruxi hindlar asli qizziqqon



Download 298,64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.07.2022
Hajmi298,64 Kb.
#801748
Bog'liq
Hindiston - Vikipediya



Hindiston
Hindiston buyuk bir zamin turfa millat yashaydi unda asrlarga tengdir taruxi hindlar asli qizziqqon
juda 20 76 guruh talabasi yozdi S.I.


Hindiston Respublikasi
भारत
गणरा य
Bhārata Gaṇarājya
Bayroq
Gerb
Shior: 
स यमेव
जयते
(Satyameva Jayate) 
Sanskritcha
: Haqiqat hamisha gʻolib
Madhiya:
 
जन
 
गण
 
मन
(Jana Gana Mana)
Poytaxt
Yangi Dehli
Rasmiy til(lar)
hind

ingliz
Hukumat
Parlamentlik Respublika
Mustaqillik (Birlashgan Qirollikdan)
Maydon
• Butun
3,287,590 km
2
(
7-oʻrin
)
• Suv (%)
9.6
Aholi
• 2018-yilgi roʻyxat
1,352,642,280 (
2-oʻrin
)
• Zichlik
328/km
2
YIM 
(
XQT
)
2020-yil roʻyxati
• 
Prezident
Ram Nath Kovind
• 
Bosh Vazir
Narendra Modi
• Sana
15-avgust 1947


Hindiston
(
hindcha

भारत
[Bharat], 
inglizcha

India), Hindiston Respublikasi (
hindcha

भारत
गणरा य
[Bhārat Gaṇarājya], 
 inglizcha

Republic of India) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan
janubga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, garbda
Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston
dengizidagi Lakkadiv va Amindiv o.lari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham
kiradi. Maydoni 3,3 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 352 mln. kishi (2018). Poytaxti – 
Yangi Dehli
shahri
Maʼmuriy jihatdan 28 shtat (z(a(ye) va 7 ittifoq hudud ((yegp(ogu)ga boʻlinadi.
Hindiston – federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi.
Amaldagi konstitutsiyasi 1950-yil 26-yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik oʻzgartishlar
kiritilgan. Davlat boshligi –- prezident (2002-yildan A.P.J. Abdul Kalam). U parlamentning ikki
palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari aʼzolaridan iborat saylovchilar hayʼati
tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata –
Shtatlar kepgashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa)dan borat parlament, ijroiya
hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Hindiston qirgʻoqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston yarim orol va
Hindgangtekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum togʻlarining bir qismini oʻz ichiga olali.
Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitogʻlik. Hindiston yarim orolning deyarli
hammasini Dekan yassitogʻligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib
boradi). Hindis-tom yarim orol shimolda allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng
baland togʻ tizmasi – Himolay (Hindistonda balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va
• Butun
AQSh$
3,202 milliard. (
4-oʻrin
)
• Jon boshiga
AQSh$
2,338
Pul birligi
Hind rupiysi (
INR
)
Vaqt mintaqasi
UTC
+5:30
• Yoz (
DST
)
UTC
+5:30
Qisqartma
IN
Telefon prefiksi
91
Internet domeni
.in
Davlat tuzumi
Tabiati


Qoraqurum togʻlari Hindistonni shimoldan toʻsib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardap
toshkoʻmir, temir rudasi, titam, oltin, tabiiy gaz, marganets, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho
toshlar, mis, meft, slyuda, qoʻrgʻo-shin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik
mus-sonli iqlim. Iyun – oktabrda issiq va nam, noyabr– fevralda quruq, salqin, mart – mayda juda
issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning 70–90% yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat va
Himolay togʻlarining shamolga roʻpara yom bagʻirlarida 5000– 6000 mm, Shillong platosida
12000 mm (Yer yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim
orolning markaziy qismida 300–500 mm. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 15°
(shimolda), 27° (janubiy da), may oyiniki hamma joyda 28– 35°, ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda
oʻrtacha temperatura yanvarda – G, –8°, iyulda 18–23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi Jamna,
Hind (gʻoqori oqimi), Braxma-putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari, Krishna. Daryolari yozda
sersuv (musson yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema
qatnaydi. Tuproqlari Hindiston hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitogʻligida qora,
Hindgang tekisligi va dengiz boʻyi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay togʻlari yom
bagʻrida togʻ-jigar rang, sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon. podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan
yuqoriga almashinib boradi. Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng
tarqalgan. Mamlakatning 25% oʻrmon. Himolay togʻlarinish quyi yon bagʻirlarida terak, yuqorida
tik, sandal, himolay kedri, qoraqaragay, oqqaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va
Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay togʻ oldi doim yashil oʻrmonlardan iborat. Hindistonda
oʻsimliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlikning
yarmidan koʻpini uchratish mumkin.
Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod
turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars, mangusg va boshqa
hayvonlar yashaydi, ilomning deyarli barchaturi mavjud. Mamlakatda 75 milliy bogʻ va 420 dam
ortiq qoʻriqxona mavjud. Iirik milliy bogʻlari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, "Gullar vodiysi"
(UttarPradesh), Sariska va boshqa
Hindiston – dunyoda eng koʻp millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda
soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-yevropa
tillarining hindoriy tillari guruhida soʻzlashuvchi xalqlar – hindustoniylar, marathlar, bengallar,
bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga
mansub. Hindiston janubda, asosan, dravid tillarida, shimoliy va Shimoli-sharqida tibetbirma
tillarida soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar – hind va ingliz tillari.
Aholining koʻpchiligi (73%) hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom (16%), xristian (6%), sikhizm
(2,5%) va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay, Dehli,
Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau.
Aholisi


Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi.
Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi – 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida
yuksak darajada rivojlangan sha\ar madaniyati vujudga kelgan (qarang 
Xarappi madaniyati
).
Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shimoli-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib kslib,
avval Pan-job, keyinchalik Gang daryosi nodiysida joylashdilar. Miloddan avvalgi 6-asrda shimoliy
Hindistonning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Maga-y\"adavlati boʻlgan.
Miloddan avvalgi 6–4-asrlarda iqtisodiy taraqqiyot qad. hind jamiyatida turmush sharoitlarini
ancha oʻzgartirdi. Kullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va
konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini
paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi 4-asr oʻrtalarida
Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi magadha davlati tasarrufida
boʻlgan. magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daresi havzasining bir qis-mini Axomaniilar
bosib oldi. Miloddan avvalgi 327–325 yillarda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi.
Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Mauriylar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho
Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hozirgi Afgʻonistonning bir qismi Mauriylarga
qarashli edi. Milodiy 1-asrda Hindiston shim.ning katta qismi kushonlar qoʻl ostiga oʻtdi (qarang
Kushon podsholigi
). Kushonlar davlati yemirilgach, 4-asrda Hindiston shimolda yana Magadha
dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida shimoliy Hindistonning talaygina qismi
– sharqda Bengaliya qoʻltigilan garbda Panjob va Katxiyavar yarim orolgacha boʻlgan hudud
Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakata-ka, Pallavlar, Vanga kabi
davlatlar mavjud boʻlgan. 2–4-asrlarda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. 6–12-
asrlarda Hindistonda bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-asrning 1-yarmida mahalliy
podsholardan biri Harsha Hindiston shimoldagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha
imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 yil hukm surdi. 8-asr boshlarida arablar Sindni bosib
oldilar. 11-asr boshlarida Mahmud Gʻaznaviy Hindiston shimoliga bir necha marta hujum qilib,
Panjobning bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. 12-asr oxiri – 13-asr boshlarida
Hindiston shimolini Gʻuriylar davlati hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi. Uning oʻlimidan soʻng
Gʻuriy noiblaridan biri Qutbiddin OyboqDe^li sultonligiga asos soldi. 14–15-asrlarda hind
rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputana (qarang 
Rojasthon
) dan tashqari Hindiston shimolda
mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva hamda Dekanning shimolda Baxmoniy sul-tonligi
paydo boʻldi. Afgʻonlarning Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451 – 1526)da Gang daryosi
vodiysining talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi. 15-asr oxirida Hindistonga dastlabki yev-
ropalik mustamlakachilar – portugallar kirib keldi va 16-asrning 1-yarmida ular dengiz sohiliga
joylashib oldilar. 1526-yil aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim
Loʻdiyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu
davlat 1858-yilgacha mavjud boʻldi). 17-asr boshlarida Hindistonga Angliya va Gollandiyaning
Tarixi


Ost-Indiya kompaniyalari suqilib kirdi va portugallarni Hindiston bilan olib borayotgan dengiz
savdosidan mahrum qilib, mamlakatda qator faktoriya (savdo-sotiq punktlari) ocha boshladi.
1664-yil fran-suzlarning Ost-Indiya kompaniyasi ham tashkil etildi. Boburiylar oʻrtasidagi oʻzaro
ichki kurash ingliz va fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyalariga Hindistonda harbiy ekspansiya
uyushtirish imkonini berdi. Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu ikki kompaniya oʻrtasida
Jaiubiy Hindistonda boʻlib oʻtgan janglar (1756–63) natijasida Angliyaning OstIndiya
kompaniyasi gʻolib chiqib, Bengaliyani zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini oʻz vassallariga
aylantirdi. 1803-yil Dehli bosib olingach, boburiy podsholar inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga
mutlaq qaram boʻlib qoldi. 1833-yil Ost-Indiya kompaniyasi savdotashkiloti sifatida gugatilib,
unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuk-latildi. Hindiston sskin-asta
Buyuk Britani-yaga qishloq xoʻjaligi xom ashyosi yetkazib beradigan bazaga aylanib qoldi. 19-asr
oʻrtalarida mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻo-lonlari boʻlib oʻtdi. 1857–59 yillarda boʻlib
oʻtgan mashhur sipohiylar qoʻzgʻo-loni (qarang 
Hindiston xalq qoʻzgʻoloni
) Hindistonning keyingi
taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 1858-yil Ost-Indiya kompani-yasi tugatilib, Hindistonni bevosita
Buyuk Britaniya idora qila boshladi. 19-asrning 80-yillaridan mamlakatda xalqning norozilik
namoyishlari, mitinglar, ish tashlashlar avj oldi. 1885-yil qator millii tashkilotlar birlashib,
Hindiston milliy kongressi (HMK)ga uyushdi. 20-asr boshlari unda B. Tilak boshchili-gida soʻl
demokratik oqim shakllandi. 1905-08 yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj oldi. Ayniqsa,
1908-yilgi Bombay ish tashlashi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Buyuk Britaniya hukumati milliy
ozodlik harakatini diniy jamoa belgilari boʻyicha boʻlib tashlashga harakat qildi va 1906-yil
Musulmonlar ligasi partiyasining paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. Unga qarshi hindularning Hindu
maxasabxa (hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy tashkiloti tuzildi. 
Birinchi jahon urushi
davri
(1914– 18)da Hindiston metropoliya tomonida urushda qatnashdi. 1918-yildan
mustamlakachilikka qarshi kurash yanada avj oldi. Bu davrda HMK rahbarlaridan biri boʻlgan
M.K.Gandi mustamlakachilarga qarshi kurashning satʼyagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik
koʻrsatish) shaklini targʻib qildi. Gandi taʼlimoti – gandizm HMK partiyasining rasmiy mafkurasiga
aylandi. Ingliz mustamlakachilarining Amritsar qirgʻini (1919-yil aprel)dan soʻng dekabrda HMK
itoat qilmaslik kampaniyasini avj oldirdi. 1918–22 yillarda ishchilar harakati kuchaydi. 1920-yil
Bugun Hin-distop kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1923–27 yillarda milliy ozodlik
harakati vaqgincha susaydi. 1927-yil HMKda antiimperialistik kurashni faollashtirish
tarafdorlarini birlashtirgan soʻl qanot vujudga keldi. Unga J. Neru va S.Ch.Bos rahbarlik qildilar.
1929–30 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni antiimperi-alistik harakatni yangi bosqichga koʻtardi.
1930-yil HMK M.Gandi rah-barligida yana boʻysunmaslik kam-paniyasini boshlab yubordi. 1931-
yil martda HMK rah-barlari mustamla-kachi hukmron doi-ralar bilan muzokara boshladi. Har ikki
tomon kelisha olmagach, boʻysun-maslik kampaniyasi davom ettirildi (1934-yilgacha). 1935-yil
Angliya parlamenti Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga koʻra,
viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin
hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi. Mamlakatda bu reaksion
hujjatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936-yil HMK imperialistik kuchlarga qarshi yagona


front tuzish vazifasini ilgari surdi. Ikkinchi jahon urushi (1939–45) davrida Hindiston antifashistik
koalitsiya tomonida boʻldi. Urush soʻnggida Hindiston bilan Angliya imperializmi oʻrtasida
iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946-yil boshida armiya, flot va aviatsiyada
inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar boʻlib oʻtdi. 1946-yil 18–23-fevralda Bombaydagi harbiy
dengizchilar qoʻzgʻoloni inqilobiy harakatning yuqori choʻqqisi boʻldi. Angliya huku-mati milliy
harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946-yil bahorda Hindistonga dominion maqomini
berishga qaror qilganligini eʼlon qildi. 1946-yil avgustda J. Neru boshchiligida muvaqqat hukumat
tuzildi. Milliy ozodlik haraka-tining avj olib ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari
Hindistondan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1947-yil 15-avgustda Hindiston hududida ikki
mustaqil davlat – Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan
iborat) dominionlari vujudga keldi. Hindistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru
boʻldi. 1950-yil 26-yanvarda Hindiston suveren respublika deb eʼlon qilindi. Mamla-katda agrar
islohotlar oʻtkazila boshlandi. Sanoatda davlat sektorini yaratish va uni rivojlantirish, qishloq
xoʻjaligida zamindorlik yer egaligini tugatish yoʻllari bel-gilandi. 1964-yil mayda J. Neru vafotidan
soʻng HMK partiyasining ahvoli ogʻirlashdi. 1965-yil kuzda Hindiston – Pokiston mojarosi yuz
berdi. 1966-yil Toshkent uchrashuvitsya imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat
oʻrtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos boʻldi. 1966-yil yanvarda L.B.Shastri vafotidan soʻng
J.Neruning qizi – I. Gandi Hindiston Bosh vaziri boʻldi. 1977-yil martda parlamentga oʻtkazilgan
saylovda Janata parti (partiyasi) gʻolib chiqdi. Bu HMKning keyingi 30 yil (1947– 77)
mobaynidagi birinchi yirik magʻ-lubiyati edi. Janata parti yetakchisi M. Desai Hindiston
Respublikasining toʻrtinchi Bosh vaziri boʻldi. 1977-yil martdagi magʻlubiyatdan keyin HMK
partiyasi inqiroz davrini boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha koʻzga koʻringan rahbarlari
Janata partiga oʻtib ketdi. 1978-yil yanvarda sobiq Bosh vazir I. Gandi va uning bir qancha
tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya – HMK(I)ni tuzdilar. 1980-89, 1991-96 yillar va 2004-
yildan HMK [1978-yildan HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston - 1945-yildan BMT aʼzosi.
1991-yil 26-dekabrda UzR suverenitetini tan olgan va 1992-yil 18-martda diplomatiya
munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 26-yanvar – Respublika kuni (1950) va 15-avgust –
Mustaqillik kuni (1947).
Hindiston milliy kongressi (I) partiyasi, HMK (1885-yil 28-dekabrda tashkil etilgan)dagi
boʻlinishdan keyin 1978-yil yanvarda tuzilgan; Bxaratiya janata parti, Janata parti (1977-yil
tuzilgan)ning boʻlinishi natijasida 1980-yil aprelda tashkil etilgan; Janata dal partiyasi, 1988-yil
11-oktabrda tuzilgan; Hindiston Kommunistik partiyasi, 1925-yil 26-dekabrda asos solingan;
Hindiston Kommunistik partiyasi (marksistik), 1964-yil noyabrda tuzilgan. Umumhindiston
kasaba uyushmalari kongressi, 1920-yil tuzilgan; Hindiston kasaba uyushmalari milliy kongressi,
1947-yil asos solingan; Hind kasaba uyushmalari markazi, 1970-yil tashkil etilgan.
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyush-malari


Hindiston – agrar-industrial mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi
hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan oʻnta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq
xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 45% ni
tashkil etadi. Iqtisodiyoti koʻp ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni tashkil etuvchi davlat
sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi oʻrin
egallaydi.
Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon xoʻjaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 mln.dan ortiq fermer
xoʻjaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi;
shundan 141 mln. gektari faqat ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi).
Qishloq xoʻjaligi maydonining 20% sugʻoriladi. Mamlakatda aholi soni koʻp boʻlishiga qaramay,
uning qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilibgina qolmay, koʻp qismini
eksport ham qiladi. Qishloq xoʻjaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari – sholi,
bugʻdoy, tariq, duk-kakli don ekinlari va moyli oʻsimliklar. Hindiston shakarqamish, yer yongʻoq,
choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Shuningdek,
kauchuk, kofe, makkajoʻxori, tamaki, qalam-pir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va
hokazo) yetishtiriladi. Xda kokos palmasi, banan, sit-rus va boshqa mevali daraxtlar ham oʻsti-
riladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi, tuya, par-randa boqiladi. Pillachilik
rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Oʻrmon xoʻjaligida qimmat-baho yogʻoch
tayyorlanadi.
Sanoatida marganets, slyuda (du-nyoda oldingi oʻrinlardan birida), toshkoʻmir, titan, temir rudasi,
ol-tin, tabiiy gaz, xromit neft, bok-sit va boshqa qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 380 mlrd. kVt-soat
elektr energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi issiqlik elektr stansiyalarida, 1/7 qismi GESlarda);
AESlar ham bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik (aso-san, jut va ip-gazlama), oziq-
ovqat (qand-shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, se-ment, qogʻoz,
shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Qora va rangli metal-lurgiya, kimyo sanoati,
mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi korxonalarning
yarmidan koʻpi Hindistonda joylashgan. Yadroviy texnologiyalar va koinotni zabt etish boʻyicha
yetakchi oʻrinda. Hindistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini
mayda va hunarmandchilik korxonalari beradi.
Transportida temir yoʻl transporti muhim rol oʻynaydi. Transport yoʻlilar uzunligi 75 ming km
(15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yoʻllari uzunligi 3 mln. km dan ortiq. 1984-yil Kalkutta
shahrida met-ropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan daryo yoʻllari soni 14
Xoʻjaligi
Transporti


ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yoʻllari orqali amalga oshiriladi. Dengiz
savdo flotining tonnaji 10366 ming t ded-veyt. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin,
Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo
yoʻllari orqali bogʻlangan. Asosiy aeropor-tlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay,
Bxubaneshvar, maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta
aeroport mavjud.
Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar,
kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe,
ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan
neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, isteʼmol mollari va boshqa oladi. Tashqi
savdoda AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya,
Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – Hindiston rupiyasi.
Mamlakatda sogʻliqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qoʻllaniladi. Tibbiyot
xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa
tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi.
Mamlakatda koʻplab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona va ambulatoriya tarmoqlari
mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman, Maharashtra
shtatidagi Madha, Marv, Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va boshqa
Hindiston mustaqillikka erishgan naytda mamlakat aholisining 96% savodsiz boʻlgan. 1949-yilda
qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepud
majburiy talim joriy etildi. 2005-yilda savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Mamlakatda katta
yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish maqsadida maxsus maktablar ochilgan boʻlib,
ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi. Hindistonda xalq taʼdimi tizimi maktabgacha taʼlim
muassasalari, boshlangʻich va kichik asosiy maktab, toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan
iborat. Mala-kali ishchilar hunar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati
5–6 yil va oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xusu-siy oʻquv yurtlari ham mavjud.
mamlakatda 219 universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik va qadimgi oliy
oʻquv yurtlari: Bombay universiteti, Kal-kutta universiteti, Chennay universiteti va boshqa
asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona (1902-yil tashkil etilgan), Dehlidagi
Tashqi savdosi
Tibbiy xizmati
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari


ommaviy kutubxona (1951), Chennaydagi ommaviy markaziy kutubxona (1896) va boshqa
Mamla-katda 460 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat muzeyi (1851-
yil tashkil etilgan), Dehlidagi hozirgi zamon sanʼati milliy galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-
Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi shahridagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi Hindiston muzeyi (1814),
Birla Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy Hindiston muzeyi, Dehlidagi J. Neru (1964), M.
Gandi (1948) memorial muzeylari.
Hindistonda ilmiy tadqiqotlar universitet va maxsus markazlarda, ilmiy jamiyat va
assotsiatsiyalarda, fanlar aka-demiyalarida olib boriladi. Hindiston milliy fanlar akademiyasi eng
yirik ilmiy muassasa hisoblanadi.institutlarga Ilmiy va sanoat tadqiqotlari ksngashi, Atom
energiyasi boʻyicha komissiya, Qishloq xoʻjaligi tad-qiqotlari boʻyicha Hindiston kengashi,
Tibbiyot tadqiqotlari boʻyicha Hindiston kenga-shi, Universitetlarni mablagʻ bilan taʼminlash
komissiyasi, Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik qiladi. Hindiston ilmiy kongressi assotsi-
atsiyasi Hindistonning eng ommaviy ilmiy jamiyatidir. Hindistonda 130 maxsus ilmiy tadqiqot
muassasasi, 700 dan ortiq ixtisoslashgan laboratoriya ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Mamlakatda
ilmiy tadqiqot bilan 2,5 mln. kishi shugʻullanadi.
Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51 mln. nusxadan iborat 19 ming gazeta, 35 mln. nusxadan
iborat 18 ming jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Indian ekspress" ("Hind eksprsssi", ingliz tilidagi
kundalik gazeta, 1932-yildan), "Xindustan tayms" ("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik
gazeta, 1923-yildan), "Tayms of In-dia" ("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1838-
yildan), "Steytsmen" ("Davlat arbobi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1875-yildan), "Neshnl
gerald" ("Milliy xabarchi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1938-yildan), "Nav bharat tayms" ("Yangi
Hindiston vaqti", hind tilidagi kundalik gazeta, 1947-yildan), "Naya patx" ("Yangi yoʻl", oylik
adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnal, 1954-yildan), "Forin affers riports" ("Xalqaro
munosabatlar xabarchisi", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1952-yildan), "Hayot" (urdu tilidagi
haftanoma, 1963-yildan), "Hindu" (ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1878-yildan), "Hindustan" (hind
tilidagi kundalik gazeta, 1933-yildan), "Blits" ("Chaqmoq", ingliz, urdu, hind, marathiy tillaridagi
haftalik jurnal, 1941-yildan). Press Trast of Indiya, Hindistondagi eng yirik axborot agentligi
(PTI), 1947-yil tashkil etilgan; Yunayted Nyus of Indiya (YUNI), Hindiston matbuot axborot
agentligi, 1961-yil tuzilgan. Umumhindiston radiosi 1936-yildan, Umumhindiston televideniyesi
1976-yildan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927-yildan, telekoʻrsatuvlar 1959-yildan boshlangan.
Hind adabiyotining 3 ming yildan koʻproq anʼanasi vedalar – sanskrit tilidagi diniy gimnlardan
boshlanadi. Miloddan avvalgi 10–4-asrlarda xalq ogʻzaki ijodida yirik epik dos-tonlar –
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Adabiyoti


"Mahabharata" va "Ramaya-na" shakllandi. Qadimgi hind adabiyoti yodgorliklari – puranlar
muqaddas matnlari bu dostonlar matnlariga yaqin. Qadimgi hind ertaklari toʻplamlaridan
"Panchatantra", "Xitopadesha", "Vetalapanchavinshati", "Shuksaptati" mashhur. Mualliflik
adabiyoti milodiy 1-asr boshlarida paydo boʻldi. Sanskritadabiyotining buyuk shoiri va dramaturgi
Kalidasatr. Bxasa (3–4-asr) va Shudraka (5–6-asr) ham mashhur dramaturg boʻlishgan. Sanskrit
adabiyotida Bxo-vabxugi (8-asr) ham sezilarli iz qoldirdi. Dandin (7-asr)ning "Oʻn shahzoda sar-
guzashti" romani sanskrit badiiy nasrining choʻqqisi hisoblanadi. Mil.ning dastlabki asrlaridan
dravid tillari (qarang 
Dravidlar
)da, jumladan, tamil tshshtgi adabiyot (qarang 
Tamil adabiyoti
)
rivojlandi. taxminan 7-asrdan oʻrta asrlar adabiyotining tarixi boshlanadi. Sanskrit va tamil tilidagi
adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind adabiyoti
dravid va yangi hind-oriya tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa kashmir
va sindh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana boshladi. Musulmon
davlatlarining paydo boʻlishi va islom dinining keng tarqalishi natijasida Hindistonning fors
tilidagi adabiyoti yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil va boshqalar). Shoirlardan Vali (17–
18-asr), Mir Toqiy, Mirzo Gʻolib va boshqa urdu sheʼriyatining eng yaxshi namunalarini yaratdilar.
19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik hara-katining rivojlanishi natijasida adabiyotda \ind
maʼrifatparvarlik davri boshlandi. Bu davr adabiyotida Dinobondxu Mittro, Premchand Mit-tro,
Bonkimchondro Choddopaddqay va Bengaliyaning boshqa yozuvchilari samarali ijod qildilar. Ayni
vaqtda ingliz tilida ijod qilgan dastlabki shoirlar (G. L. V. Derozio, K. Gosh, T. Datt)ning sheʼrlarida
ingliz romantizmining taʼsiri seziladi. 20-asrning 20-yillarida mustaqillik uchun kurash \ind
adabiyotining markaziy mavzusi boʻlib qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi bengaliyalik R. Tagor
boʻldi. Fors va urdu tillarida ijod qilgai shoir M.Iqbol oʻz asarlarida yuksak badiiylikka erishdi.
1930-yillarning oʻrtalarida taraqqiypar-nar yozuvchilarning \arakati vujudga keldi. 20-asrning 30-
yillarida Hindistonda ingliz tilidagi nasr paydo boʻldi (M. R. Anand, N. K. Narayan, X. Chattopa-
dxaya va boshqalar). 1936-yil Iremchand, M. R. Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan
Hindistop taraqqiyparvar yozuvchilar assoniatsiyasi tuzildi. Gan-dizm adabiyotga chuqur taʼsir
koʻrsatdi. Inqilobiy romaitik oqim shakllana boshladi (Joʻsh Malihobodiy). Sheʼriyat shakllari
yangilandi, nasr tez rivojlana boshladi. Ayni vaqtda deka-dentlik oqimlari \am paydo boʻldi
(I.Joʻshi, M.Varma). Hindistonning mustaqillikka erishishi (1947) ilgʻor adabiyo-tning rivojlanishiga
yordam berdi. Mustamlakachilik qoldiqlarini yoʻqo-tish uchun kurash va iqtisodiyotning
yuksalishi ilgari qoloq boʻlgan bir qator adabiyotlarning rivojlanishiga qamda yangi
adabiyotlarning shakllanishiga imkoniyat tugʻdirdi. Hindistonning milliy tillaridagi adabiyotlar
bilan bir qatorda ingliz tilidagi adabiyot \am rivojlangan. 1940–60 yillarda Hindistonda ind
progressiv adabiyot namo-yandalari A.S.Jafri, S.K.Chouxan, Xoʻja Ahmad Abbos, Yashpal, A.N.
Kas-mi, A.Nagar va boshqa oʻz asarlarida mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy muam-molarni koʻtarib
chiqib, jamiyatdagi eng lolzarb masalalarni \al etishga daʼvat etdilar. Milliy adabiyot vakillaridan
B.Bxattachoriya, M.R.Anand, M.Bondopaddxay, T. Bondopaddxay, G.Singx, R.V. Desai,
R.Krishnamur-ti, R.A.Maxadevan, Vshʼchatxol va boshqa oʻz asarlarida mamlakatda iqtisodiy
istiqlolga erishish, qashshoqlikni bar-taraf etish, savodsizlikni tugatish, xalqning maʼnaviy


darajasini oshirish kabi muammolarni koʻtarib chiq-dilar. Progressiv yozuvchilar Sh.Chou-xan, X.
Dvidedining gʻoyaviy estetik qarashlari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy \odisa va jarayonlar bilan
cham-barchas bogʻlangan. Yozuvchi I.Joʻshi \ind adabiyotida "psixologik adabiyot" vakili sifatida
namoyon boʻldi. Yozuvchi va dramaturg V.Prabxakara oʻz asarlarida mustaqil Hindistonning
ijtimoiy muammolarini \aqqoniy tarzda tasvirladi. 1980–90-yillarda M.Rakesh, Kamleshvar, B.
Saxni, J.Kumar, Dug-gal, A.Pritam, K.Azmi, Saksena, Vimal va boshqa adiblar samarali ijod qildilar
(yana q. 
Xsh"
) adabiyoti).
Hindistonda miloddan avvalgi 3–1ming yilliklar-dayoq mudofaa, xoʻjalik va turar joy binolari, bogʻ
va suv \avzalari boʻlgan yirik sha\arlar (Sang\ol, Lot\al, Mathura, Pataliputra) qurilgan. Miloddan
avvalgi 4–2-asrlarda ulkan qalʼa, saroylar (Patali-putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy
ashyolarga moʻljallangan inshoot – stupalar, memorial ustun (stambxa)lar, gʻor ibodatxonalari
(Karlida, miloddan avvalgi 1-asr; Ajantat, miloddan avvalgi 2-asr – milodiy 7-asr) va monastirlar,
ehromlar yaratilgan. Milod boshlarida budda ibodatxonalarining yangi turlari (Sangida yer ustiga
qurilgan toʻrt kolonnali peshay-vondan iborat kub shaklidagi ibodatxona, 5-asr; Ellorda yaxlit
qoyatoshni oʻyib ishlangan ibodatxona, 8-asr) paydo boʻldi. 6–7-asrlarda ibodatxonalarning silliq
minora shaklidagi shimoliy (Madya-Pradesh shtatida joylashgan Kxajuraxo ibodatxonalar
majmuasidagi Kandarya Maxadeo va Bxubaneshvar shahridagi Mukteshvara ibodatxonalari) va
zinasimon minora shaklidagi janubiy (Ma-xabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibo-datxonasi) turlari
shakllandi. Shu davrda Banoras shahrida \indular ibodatxonalari qurildi; shaqarda 1500 ga yaqin
ibodatxona bor. 13-asrdan Dexli sultonligi davrida yirik saroy ansambllari, masjid, gumbazsimon
maqbara, minoralar (Dexdidagi Qutb Minor deb atalgan minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1 193
yildan qurila boshlangan) \amda musta\kam qalʼa devorlari bilan oʻralgan shaqarlar (Siri,
Jaqonpa-no, Tugʻlaqobod, Feruzobod; ammasi 14-asrda oz. Deqli xududida) qurildi. Boburiylar
davlati tashkil boʻlgach, Hindiston meʼmorligi yuksak choʻqqilarga erishdi: sha\ar va qalʼa qurilishi
sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi (Agra, Ajmer, Ollo\oboddagi qalʼalar, "Fate\pur-Sekri"
shaar-qalʼasi, 1569–84), qubbasimon maqbaralar (De\lidagi Xumoyun maqbarasi, 1565; Agra
shahri yaqinidagi Tojmahal) qurildi.
Qurilishda marmar eng koʻp ishlatiladigan qurilish materialiga ailandi. Ayni paytda Hindistonning
ayrim hududlarida meʼmorlikda mahalliy kolorit saqlanib qoldi (Asarvdagi Dadagarir buloq
paviloni, 16-asrda., Datiyadagi Bir Singx Deo saroyi, 17-asr boshi). 16-asrda yaratilgan
Haydaroboddagi Chor Minor Zafar arki, uning yaqinidagi Makka masjidi, Ahmadoboddagi
chayqalib turadigan minoralar ulkan tarixiy obidalardir. 17-asrda "Marvarid" nomi bilan atalgan
masjid, Jahongirshohning marmardan qurilgan maqbarasi, Dehlidagi Rang Mahal saroyi, durlar
bilan bezatilgan masjid, sikhlarning Amritsardagi sajdagohi – Oltin ibo-datxona bunyod etildi.
Baromi (Roja-sthon), Kanarak (Orissa), Kajuraxo (Madhya-Pradesh)dagi ibodatxonalar hind
Meʼmorligi


meʼmorligining bebaho yodgorliklariga aylandi. 19-asrda eski shaharlar (Kalkutta, Madras,
Bombay) rivojlandi va Yevropa meʼmorligi uslubidagi inshootlar bunyod etildi. Mustaqillikka
erishgach, mamlakatni industrlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qurilishlar avj oldi. Yangi shaharlar
qurildi (Chandigarx, 1951–56, Le Korbyuzye boshchiligidagi meʼmorlar guruhi; Bxilai, 1963-yildan
qurila boshlangan, hind meʼmorlari guruhi). Zamonaviy binolardan yiriklari: Kalkuttadagi bank
(1969, meʼmor A.Gupta), M.Gandi muzeyi (1960–63, meʼmor Ch.Korrea), Kanpur shahridagi
Texnologiya instituti (1963, meʼmor A.Kanvinde), Bombaydagi "Tojmahal" mehmonxonasi
(1975).
Hindiston janubda tosh davriga oid gʻorlardagi rasmlar, qiz-dirilgan loydan tayyorlangan
buyumlar, zargarlik bezaklari saqlangan. Mohenjodaro, Xarappa va Hind daryosi havzasining
markazlarida miloddan avvalgi 3–2-ming yillikda ilk sinfiy jamiyat sanʼati rivojlandi (hayvon va
mifologik obrazlar tasvirlangan boʻrtma muhrtumorlar, haykalcha va boshqalar). Miloddan
avvalgi 4–2asrlarda toshdan yodgorliklar tayyorlandi (Didarganjadan topilgan maʼbudalar haykali,
Sarnatxadan topilgan "Sherali kaptel"). Milodiy 1– 5-asrlarda 
Kushon podsholigi
davrida
Gandxara badiiy maktabiga mansub buddaviy haykallar yasash rivojlandi. 5–7-asrlarda devoriy
rassomlik gul-lab yashnadi (Ajantadat gʻor ibodatxonalar). 10– 12-asrlarda bronza haykal-
taroshligi keng tarqaldi [raqs tushayo-tgan Shiva (Natarajan) haykalchasi]. 13-asrdan Dehli
sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati davrida amaliy bezak sanʼati va kitob mini-atyurasi
taraqqiy etdi. Oʻrta asrlarda Hindistonda miniatyura sanʼati rivojlandi. Dastlabki hind miniatyura
maktablaridan gujarot maktabi mashhur boʻlgan. 16-asrda miniatyura sanʼatining boburiylar
maktabi vujudga keldi. Bu maktab vakillari tasvirning haqqoniy boʻlishiga intildi; tarixiy risolalarga
bezaklar yaratish, portret va ani-malistik janrlar keng tarqaldi. mustamlakachilik davrida
Hindiston professional sanʼati deyarli rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi (gilam toʻqish, kash-
tachilik, toʻqish, fil suyagi va yogʻoch oʻymakorligi, qadama naqsh, tanga zarb qilish va
boshqalar) taraqqiy etdi. 19-asr oxi-ridan zamonaviy rassomlik vujudga keldi (R.R.Varma). 20-asr
boshlarida, "Bengaliya uygʻonish davri"da koʻp ras-somlar milliy anʼanalarni saqlab qoldilar
(rangtasvirchilar A.Tagor, N.Bos, S.Ukil; haykaltarosh V.P.Kar-markar va boshqalar). Hindiston
tasviriy sanʼatida turli oqim va maktablar, jumladan modernistik oqim rivojlangan. Ras-somlar
D.P.R.Choudxuri, B.N.Jija, S.N.Banerji, haykaltaroshlar K. Sen, Ch. Kar, P. D. Gupta, grafiklar X. Das
va boshqa milliy sanʼat anʼanalarida asarlar yaratdilar. Hindistonda amaliy bezak sanʼati ham
rivojlangan.
Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega boʻlib, dunyoda eng qadimgi va oʻziga xos shakllardan tashkil
topgan. Uning ildizlari xalq bayram va diniy marosimlari, Xarappa madaniyati (ayniqsa,
Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan bevosita bogʻliq. Hindistonning qadimgi yozma yodgorliklari
("Vedalar" – "Rigveda", "Samaveda", "Atharvaveda" va "Yajur-veda"; miloddan avvalgi 2–1 ming
Tasviriy sanʼati


yilliklari)da diniy madhiyalar oʻz aksini topgan. Musiqashunoslar Hindistonda mumtoz musi-
qaning yuzaga kelishini bevosita "Sa-maveda" bilan bogʻlashadi. Uning falsafiy-estetik va
nazariy mezonlari Bharataning sanskrit tilida yozilgan "Natyashastra" risolasida asoslab berilgan
(taxminan milodiy 3–4-asrlar), Matanganing "Brihadeshi" risolasida (5–7-asrlar) hind mumtoz
musiqasi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. sharangadevaning "Sangitaratnakar" 7 jildli
toʻplamida (13-asr) hind ragalari, ularning parda va ritmik tuzilishi, milliy musiqa sozlari va boshqa
masalalar yoritilgan. Ramamatyaning "Svaramelakalanidhi" (16-asr) hamda hind olimlarining
boshqa risolalarida musiqiy tovushlar (thath) tizimi koinot quvvati sifatida yuzaga kelgan
tovush (nada)lar hamda olam taraqqiyoti mahsuli boʻlmish usullar birlashuvi maʼnosida talqin
etiladi. Kosmologik tasavvurlar asosida Kuyesh tizimining 7 ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta
asosiy parda, ular negizida 22 yarim tondan kam boʻlgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga kelgan.
13-asrdan boshlab Shimoliy Hindiston musiqa madaniyati Markaziy va Urta Osiyo xalqlarining
badiiy anʼanalari, musulmon sanʼati taʼsirida rivojlanib borgan. Buning natijasida hind mumtoz
musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi: shimoliy ("hindustani") va janubiy ("karnatak"). Janubiy
Hindiston musiqa uslubi (karnatak) asosan anʼanaviy xonan-dalik sanʼati bilan ajralib turadi, unda
ragalar negizida diniy qoʻshiqchilik janrlari – kirtan, pada (bastakorlar Purandaradasa, 15–16-
asrlar; Kshetrayn, 17-asr), kriti (mumtoz ashulaning asosiy turi; Shyam Shastri, Muttusvami
Dikshitar, Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, 18–19-asrlar), yengil mumtoz musiqa janrlari – tillana
(18-asr), javalli (19-asr) va boshqa keng oʻrin olgan.
Shimoliy Hindiston mumtoz musiqasida eng muhim lirik janrlardan "dhrupad" (Svami Haridas,
Miyan Tansen, 16–17-asrlar), xonandalikda, soʻngra sozandalikda ham ishqiy va shirin kayfiyatni
aks ettiruvchi, virtuozli "xayal" (manbalarda uning asoschisi Amir Xus-rav Dehlaviy hisoblanadi)
janrlari keng oʻrin olgan. Mumtoz musiqa sohasida "thumri", "gʻazal", "kavalli", soʻfiyona "kalam",
shuningdek, "dadra", "tappa", "tarana"lar ham mavjud.
Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor, raqs sanʼati shakllari asosida anʼanaviy musiqiy teatr
turlari – jatra, yakshagana, tamasha va boshqa tashkil topgan. Mumtoz raqs turlariga bharat
natyam, kathakali, kath-ak, manipuri, odissa va boshqa kiradi.
Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi va rang-barangligi Hindistonda turli millat vakillarining
istiqomat qilishi, ular koʻp tillarda soʻzlashuvi bilan belgilanadi. Xalq musiqa cholgʻularidan urma
dhol, dholak, damaru, udukkai, puflama kombu, singh, tiruchinnam, karnay, murali, mohori, nagasar,
torli-chertma ekta-ra, dutara, tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha, banam, sarinda va boshqa
keng oʻrin olgan. Professional musiqa sozlaridan vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay,
bansuri, sur-nay, shohnay, nagasvaram, fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga, gha-tam va
boshqa ommalashgan.
Hindistonda milliy ozodlik harakati va mustamlakachilikka qarshi kurashning kuchayishi (19-
asrning 1-yarmi va 20-asrning oʻrtalari) milliy musiqa madaniyatining rivojlanishida muhim davrni


boshlab berdi. Rabind-ranat Tagorning ijodi yorqin sahifa boʻlib qoldi. Faol ziyolilar orasida milliy
musiqa merosini oʻrganishga qiziqish kuchaydi. Yangi oʻquv yurtlari ochildi, jamoa tashkilotlari
tashkil etildi: Madras (hozirgi Chennay)da musiqa akademiyasi (1928), Kerala sanʼat markazi
(1930), Xalq sanʼatini saqlash Bengaliya jamiyati (1932), Dehlidagi Gandharva Mahavidyalay
musiqa instituti (1939) va boshqa Vishnu Narayyana Bhatkhande, Vishnu Digam-bar Paluskar,
Chinnasvami Mudalyar, Subbarama Dikshitar kabi musiqashunos olimlar hind musiqa madaniyatini
rivojlantirishda oʻz ilmiy asarlari bilan katta hissa qoʻshdilar.
Hindiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach (1947), hind musiqasining rivojlanishida yangi davr
boshlandi. Teatrlarda yangi musiqali spektakllar qoʻyildi (Shila Vatsning "Qotgan yer", Gʻulom
Haydarning "Boʻysunmas Pan-job", S.Shankarning "Poyezd", G.D.Madgulkarning "Ram haqida
qissa" va boshqalar). Kino musiqasi kompozitorlik ijodini rivojlantirishda muhim omil boʻlib qoldi,
unda milliy va Gʻarbiy Yevropa maktablarining uslubiy omillari uygʻunlashgan. natijada
kompozitorlar tomonidan kino uchun xalqqa manzur kuy va qoʻshiqlar yaratildi. 1960–90 yillarda
A.Vishvas, H.Kumar, S.Choudhuri, R.Barman, Ravi, Naushad, Xayyom, Madan Mohan kabi
kompozitorlar kinomusiqa janrida ijod qilishgan, hozirgi kunda Shankar va Jeykishan,
Lakshmikant Pyarelal, S.D.Barman, Anu Malik kabi kompozitorlar bu sohada faol ijod qilmoqda.
Ular bastalagan kuy va qoʻshiqlarni Talat Mahmud, Gita Datt, Shamshod Begum, Manna Dey,
Lata Mangeshkar, Muham-mad Rafi, Mukesh, Asha Bhonsle, Usha Mangeshkar, shuningdek,
Kumar Sanu, Alka, Yagnik, Anuradha Paud-val, Sonu Nigam, Udit Narayyan, B.Subramaniam,
Kavita Krishna Murthi, Ar Rahmon Hariharan, Adnan Sami va boshqa ijro etishgan.
Mumtoz musiqa ijrochiligida Ravi Shankar (setor), Bismilloh Xon, Ali Akbar Xon, Amjat Ali (sarod),
Hariprasad Chaurasiya (nay), Pandit Ram Narayyan (sarangi), Pandit S.R.Vyas va Malikarjun
Mansur (xonanda-raga), Subbulakshmi, Kishori Amonkar, Sandhya Mukerji (xonanda-raga),
Mukesh Sharma (sarod), Irshad Xan (setor va surbahor), ustad Zokir Huseyn va Ilmas Huseyn
Xon (tabla), Jagjit Singh (xonan-da-gʻazal), Gʻulom Ali (xonanda-gʻazal), Gulfam Ahmad (sarod
va rabab) va boshqa mashhur.
Hindistonda musiqa maktablari va kollejlari, universitetlarda musiqa fakultetlari mavjud. Musiqa
sanʼati sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari, sanʼatkorlarning ijrochilik faoliyatini muvofiklashti-ruvchi
tashkilotlar, musiqa sanʼatiga oid konferensiya, forum, festivallarni tashkil etuvchi idoralar
faoliyat koʻrsatmokda; bular orasida – Dehli musiqa, raqs va drama akademiyasi (Sangit Natak
Akademi), Bombay ijrochilik sanʼati milliy markazi, Chennay musiqa akademiyasi mashhur. Milliy
musiqa madaniyatining turli xil shakllarini targʻibot etishda Umumhindiston radiosi bosh vazifani
bajarmoqda.
Teatri


Hindistonda xalq teatr tomoshalari qadim zamonlardayoq paydo boʻlgan. Ular qabilalarning turli
urf-odatlari, oʻyin va raqslari asosida vujudga kelgan. Xalqteatrining asosiy shakllari \ozirgacha
yetib keyagan. Aksariyat teatr tomoshalarining asosini qadimgi ind epik dostonlar – "Ramayana"
va "Ma-habharata"tn olib oʻynaladigan sa\-nalar tashkil qilgan. Uning eng koʻp tarqalgan syujeti
dostonlar qahramonlari – Rama va Krishna hayotidan olingan lavhalardan iborat. Anʼanaviy
teatrlarning yorqin va taʼsirli vositalaridan biri raqsning bharat-natyam, kat\akaliy, kathak,
manipuriy kabi turlaridir. Janubiy Hindistondagi koʻp geatrlarning xoreografik asosini bharat-
natyam va kathakaliy, Shimoliy Hindistondagi tsatrlar xoreografik asosini kathak va manipuriy
tashkil qiladi. Gʻarbiy Bengaliya va Oris-sada jatra lirik dramasi mashhur. Bunda tomoshalar ochiq
joyda oʻtkazilgan, sahna va dekorapiyalar boʻlmagan. Xalq teatrlari Hindistonning boshqa
rayonlari – Maharashtra (tomosha), Kashmir (joshi), 
Rojasthon
(svangi)da ham boʻlgan. Hind
mumtoz teatri taraqqiyo-tida xalq teatrlarining taʼsiri kuchli boʻldi. Uning gullagan davri Bxasa,
Kalidasa va Shudraka ijodi bilan bogliq. 12 – 13-asrlarda Hindiston mumtoz dramasi tanazzulga
uchradi. 16-asrda Mala-bar sohillarida spektakllar tunda bayramlarda qoʻyiladigan diniy
mavzudagi teatr paydo boʻldi. Bu teatrning sodda turi – tulal 18-asrgacha saqlandi. 19-asrning
2-yarmida milliy ozodlik harakatining kuchayishi, milliy ongning oʻsishi Yevropa tipilagi teatrni
vujudga keltirdi. Bengal, hind, marath tillarida dramaturgiya yaratildi. 1872-yil bengal dramaturgi
G.Ghosh Milliy teatrga asos soldi. U hind teatr sanʼati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. 19-
asrning 2-yarmi – 20-asrning 1-yarmida hind teatrida yangi shakllarning paydo boʻlishi hind
yozuvchisi R.Tagor nomi bilan bogʻliq. 20-asrning 40-yillari professional va havaskor teatr
jamoalari vujudga keldi; ular Xalq teatrlari assotsiatsiyasi (1943-yil asos solingan)ga birlashdilar.
Mustamlakachilik tuzumining soʻnggi yillari mustamlakachilikni qoralovchi teatr tomoshalarining
turli shakllari paydo boʻldi. Hindiston mustaqillikka erishgach, milliy madaniyat, jumladan, teatr
sanʼati rivoj topdi. 1953-yilda Musiqa, raqs va drama akademiyasining ochilishi katta ahamiyatga
ega boʻldi. Kalkuttada "Bohurupiy", "Star", "Rangmahal", "Mi-nerva", Teatr markazi, "Tarun opera",
Dehlida "Yangi teatr", Bombayda "Dramatik Vint" teatrlari mashhur. Shuningdek, Ollohobod,
Chennay, Bano-ras, Puna va boshqa shaharlarda ham doimiy teatrlar mavjud. Qoʻgʻirchoq teatri
ham teatr tomoshalarining eng qadimgi turlaridan biridir. Soya teatri keng tarqalgan.
Hindistonda birinchi film 1912-yilda ishlangan ("Roja Xarishchandra", rejissor D.G.Pxalke).
Dastlabki ovozli kino 1931-yil ekranga chiqdi ("Dunyo nuri", rejissor A.Iraniy). 1930-yillarda, milliy
ozodlik harakati avj olgan davrda ilgʻor ijtimoiy goyalar bilan sugʻorilgan "Devdas" (1935, rejissor
P.S. Baruat), "Kutmagan edilar" (1936), "Qoʻshnilar" (1939, ikkalasining rejissor V.Shantaram) kabi
s|>ilmlar yaratildi. 1947-yil Axborot va radioeshittirish vazirligi huzurida kinematografiya boʻlimi
tashkil etildi. Xalq hayetini haqqoniy aks ettirgan filmlar paydo boʻldi ("Yer farzandlari", 1946,
rejissor Xoʻja Ahmad Abbos; "Mazlumlar", 1949, rejissor N.Ghosh). 1950-yillarda zamonning
muhim ijtimoiy masalalariga bagishlangan "Daydi" (1951, rejissor R.Kapur). "Ikki bigha yer" (1953,
Kinosi


rejissor B.Roy), "Yoʻldosh" (1953, rejissor X.A.Abbos) yaratildi. Rejissor S.Reyning "Yoʻldagi
qoʻshiq" (1955), "Yengilmaganlar" (1957), "Apulning dunyosi" (1959)dan iborat kinotrilogiyasi
jahon kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. Usha davrda rejissor G.Datt "Qogʻoz gullar",
"Chanqoqlik", "Oy nuri" filmlarini yaratdi. 1960-yillarda koʻngilochar musiqali filmlar yara-tadigan
Bombay studiyasidan farqli oʻlaroq real voqelikni aks ettiruvchi filmlar tayyorlaydigan Kalkutta
kino maktabi vujudga keldi ("Xor", 1975; "Parashuram", 1978, ikkalasining rejissor M.Sen; "Raqib",
1970; "Uzoq momaqaldiroq" 1973, ikkalasining rejissor S.Rey; "Mantxan", 1977, rejissor
Sh.Benegal). 1970-yillarda rejissor Ya.Chop-raning "Shoʻʼla", "Qayerdadir, qachondir", produser
R.Kapurning "Bobbi", rejissor R.Reddining "Dafn marosimi" filmlari ekranga chiqdi. 1980-yillarda
rejissor M.Kumarning "Inqilob", rejissor B.R.Chopraning "Yonayotgan poyezd", rejissor
A.Gopalakrishnanning "Yuzma-yuz", rejissor G.Aravindoning "Oridad" filmlari shuhrat qozondi.
1990-yillarda rejissor A.Chopraning "Dsvona dil", produser M.Kumarning "Be-tob", "Yarador" kabi
vatanparvarlik goyalari bilan sugorilgan filmlari ekrapga chiqli. Kino aktyorlaridan B.Saxni,
D.Ananl, D.Kumar, M.Kumari, Raj, Rishi va Karishma Kapurlar (q Kapurlar tiasi), S.Nirgis,
A.Bachchan, Amirxon, Shohruhxon, Salmanxon, R.Mukerji, A.Patel, M.Dikshid va boshqa mashhur.
Hindistonda hujjatli filmlar ham chiqarilali. 1960-yil Puna shahrida Kinematografiya instituti
ochilgan. 1954-yildan Bombayda xar yili Butun Hindiston kinofestivali oʻtkaziladi. Hiid kino
sanʼati vakillari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkentdagi
kinofsstinallarida faol qatnashib, koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritganlar. Hindistonda yiliga 1000
dan ortiq film yaratiladi va u jahonda yaratilayotgan filmlarning 14% ni tashkil etadi.
Asosiy maqola: 
Oʻzbekiston — Hindiston munosabatlari
Oʻzbekiston
 bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 
1991-yil
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Hindiston Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib,
1992-yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar
yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston – Hindiston munosabatlari
Fotolari


Bombay Borsasi
Tavuskushu olan Hindistonin ulusal kush
Guney Hindiston sahil


Kuzey Hindistonda Dag'lar
Hindiston Parlamenti
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.


 
Soʻnggi tahrir 3 kun avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Hindiston&oldid=2627635

dan olindi

Download 298,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish