Komp'yuterlar yaratilgandan keyin.
Shu ondan e'tiboran fikirlash jarayonlarini modellashtirishdagi izlanishlar (40-yillar oxiri) ikki bosqichga bo‘lingan: neyrokibernetik va mantiqiy.
Neyrokibernetik bosqich.
Bu bosqich o‘zini tuzaoladigan tizimlarga asoslangan, ko‘p elementlardan tuzilgan, funksional ravishda bosh miyasi neyroni kabi.
Bu tizim g‘oyasini yaratish sababi ikki oddiy savoldan iborat:
- Inson qayeri bilan fikrlaydi?
- U joyni qanday boshqaradi?
Quyida savol kelib chiqadi neyronlar biz uchun nimani fikrlaydi. “Fikrlash” neyron nuqtai nazaridan – bu ta'sirchanlik! Agar sizga nimadir yoki kimdir ta'sir etsa, bu shuni anglatadiki sizni fikrlashga majbur qilish tushuniladi!? Ta'sirlanish esa – bu qattiq o‘ylanish demakdir.
Bu bosqichdagi asosiy g‘oyani keyingi o‘rinda tuzish mumkin: fikirlash qobiliyatiga ega yagona ob'ekt – bu bosh miyyadir. Shuning uchun xam xar-bir “fikirlovchi” qurilma uning strukturasini ishga solishi shart.
Bundan kelib chiqib neyrokibernetika bazibir bosh miyya tuzilmasidagi dasturiy – apparat tuzilmalarga qaratilgan. Fiziologlar tomonidan oldinroq o‘rnatilgan yani inson bosh miyyasining asosiy ko‘p qismi bir-biriga bog‘langan asab xujayralari (1011 gacha) va neyronlardan iborat. Shuning uchun xam asosan neyrokibernetikada analitik neyronlar va ularni umumiy xolga keltiruvchi funksional tizim elmentarini yaratishga qaratilgan. Bu tizimlar neyron tarmoqlari deb yuritilgan.
Neyrotarmoqlarni avvalgi bosqichlarini kashf etuvchilar Mak-Kallok, Pits va Rozenblattlardir. 1958 y. Frenk Rozenblatt elektron qurulmaning komp'yuter modelini ko‘rsatgan u perseptron (ingl. perceptron) deb atalgan 1960 yilda esa birinchi ishchi xolatdagi mashina “Mark-1” inson ko‘zi va miyasini umumiy ishchi xolatini modellashtirgan.
9-Расм. Френк Розенблатт тасвирий датчик Марк-1 билан.
Bu mashina bir necha xarflarni tanigan yani kartochkalar orqali yozilgan xarflarni tasvir datchigi yaqinlashtirlgan “mashina ko‘zlar orqali”. U alifboning bir necha xarflarini ajrata olgan ammo xarflarning yozilishiga tasirchan bo‘lgan. Misol uchun A, A va A bu qurulma uchun uch xil xarfni anglatgan. Bosqichma-bosqich 70-80 yillarda bu sun'iy intellekt yo‘nalishidagi izlanishlar pasayib borgan. Birinchi natijalar qiniqarsiz bo‘lgan. Bu xaqda mualliflar fikricha usha paytdagi komp'yuterlarda xotira va past darajadagi tezlik xalaqit qilgan.
Katta integral sxemalarning paydo bo‘lishi, superkomp'yuterlar, yangi ijobiy sun'iy intellekt modellari tufayli neyrotarmoqlarga yana qiziqish uyg‘otdi (misol uchun “Xopfild” modeli).
Bugungi kunda neyrokomp'yuter texnologiyalarini qo‘llashning asosiy vazifasi tasvirlarni anglashdir, misol uchun koinotning ob'ektlarini tasviriy natijalari identifikasiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |