4. Shakllantirish. Turli xil axborot birliklari (ya'ni, ularning qaysidir bir shkala bo‘yicha – tartibli, klassifikasion (sinfiy), metrik va xokazo) orasida mutanosiblik (nisbiylikni) kiritilishining va axborot birliklarini munosabatlari va xususiyatlarining intensivliklarini o‘lchash orqali (yo‘li bilan) tartibga solishni (keltirishni) mo‘ljallaydi. Misol: “97/EI.6-01 o‘quv guruxi o‘zlashtirish bo‘yicha kursda birinchi o‘rinni egallaydi (turadi)”.
5. Semantik matrisa. (Semantika so‘z – ibora ma'nosi) Shkalalashtirish axborot birliklarini avvalambor, “miqdoriy” izoh (sharx)larga ega bo‘lgan tushunchalar uchun bir-birlari bilan taqqoslanish (nisbiylashish) mumkin. Amaliyotda miqdoriy shkalalarni ko‘plab bo‘lmaydigan tushunchalar ancha ko‘p uchraydi, ammo ular orasidagi yaqinlikning aniqlanishiga talab ham mavjud (masalan, “sun'iy intelekt” va “sun'iy ong”). Semantikalar quyidagicha sinflanadi:
Ahamiyat, ya'ni ob'ektiv mazmun;
Kontukstual ma'no, mazkur tushunchaning boshqa, ushbu vaziyatda qo‘shni bo‘lgan tushunchalar bilan aloqalari orqali aniqlanuvchi (belgilanuvchi);
Shaxsiyona ma'no, ya'ni ekspertning nazarlari orqali aks ettirilgan obe'ktif ahamiyat;
Pragmatik ma'no, konkret vaziyat to‘g‘risida bo‘lib o‘tayotgan (joriy) bilimlar orqali aniqlanadi. Masalan, “Axborot qabul qilindi.” Degan jumla (ibora) – bu narsa kerakli yoki yo‘qligi bog‘langan xolda xam negativ xampozitiv baxoga ega bo‘lishi mumkin.
6. Aktivlik. Mazkur xususiyat “bilim” tushunchasini “ma'lumotlar” tushunchasidan prinspial ravishda farqlaydi. Masalan, odamlarning bilimlari qoidaga ko‘ra aktiv bo‘ladi, unga bilib olish aktivligi xosdir. Bilimlardagi ziddiyatlarning aniqlanishi ulardan olib o‘tishga va yangi bilimlarning paydo bo‘lishiga turtki beruvchi sabab bo‘ladi. Aktivlikning rag‘bati sifatida bilimlarning to‘liq emasligi (etarli emasligi) va ularni to‘ldirilishi zarurligi o‘rin oladi. Aktiv bo‘la turib, bilimlar insonga faqatgina tipik emas, balki prinspial tomondan yangi, noan'anaviy masalalarni yechishga imkon beradi.
Qoidaga ko‘ra, masalalarning yechimini topish jarayonida mantiqiy fikr yuritiladi va tajribalar qo‘llaniladi. Qaysidin masalaning yechilishi uchun tajriba qo‘llanilganligini belgilanishining umumiy termini (atamasi) sifatida evristika o‘rin oladi. Evristik tajribaning konkret misollarini xulosa (voqea) larining asosida fikr yuritish (muxokama qilish) deb aytilishi ancha avval qabul qilingan. Bu – yuridik amaliyot, tibbiyot va avtoservisda qo‘llaniladigan asosiy fikr muloxazalar turidan biridir. Bunday muloxazalar yordamida xuquqshunoslar, tibbiyot xodimlari va avtomexaniklar avvallari uchragan presedentlar (voqealar) deb ataluvchi xodisalar to‘g‘risidagi masalalarning yechimlarini topishga o‘rinmoqdalar.
Bilimlar to‘g‘risidagi fan epistemiologiya deb ataladi. Bu fan doirasida bilimlarning xarakteri, tuzilishi va kelib chiqishi ko‘rib (o‘rganilib) chiqiladi. Epistemalogiyaning ayrim kategoriyalari 10-rasmda ko‘rsatilgan.
10-rasm. Epistemalogiya kategoriyalari
ETlar mantiqiy xulosalarni faktlarning qo‘llanilishi bilan shakllantiradi. Bilimlar atamasi belgilanishi bo‘yicha bilimlar axborotlarni ifodalash uslublari ierarxiyasi (quyidagining yuqoridagi bo‘ysunuvchi tartibi) tarkibiga kiradi, 11-rasm.
11-расм. Axborotni taqdim etish usullarining iyerarhiyasi.
Bilimlarni turli sabablarga ko‘ra sinflash mumkin.mavjud bo‘lganlikning uslubiga qarab, faktlar (yaxshi ma'lum bo‘lgan vaziyatlar(voqealar)) va evristikalar (ekspertlarning tajribalaridan olingan bilimlar)ni farqlaydi. Faktlar atamasi bilan ishonchli deb tan olingan axborot ifodalanadi.
ETlarda qo‘llashning uslubiga qarab – faktik bilimlar (faktlar) – (“A – bu A”) tipidagi bilimlardir; qoidalar – (“Agar - unda”) qarorni qabul qilish uchun bilimlar; metabilimlar (bilimlar to‘g‘risidagi bilimlar) – tizimga bilimlarni qo‘llash uslublarini ko‘rsatadi va ularning xususiyatlarini belgilab beradi (aniqlaydi, ifodalaydi).
Metabilimlarning klassik (mumtoz) misoli sifatida xalq maqollari va cho‘pchaklari joy olgan bo‘lib, ularning xar birlari bilimlarni turli xil konkret vaziyatlar (masalan: “Etti o‘lchab, bir kes!” jarroxlar va tikuvchilar orasidan tashqarida xam ishlatilishi mumkin) ning keng sifatida bilimlarni xarakterlab beradi.
Ifodalanishning shakllariga bilimlarni deklarativlilarga (faktlar, strukturalishtirilgan to‘plamlari ko‘rinishida, prosedura (amal, tartib) (faktlarga ishlov berish amaliyoti ko‘rinishidagi algoritmlar) va nooshkoralarga) bo‘linadi.
Prosedura bilimlarni ko‘pincha u yoki bu narsani qanday qilish to‘g‘risidagi bilimlar deb ataydi. Bu bilimlar misol uchun sirasiga bir paqir suvni qanday qilib qaynatish mumkinligi to‘g‘risidagi bilimlar kiradi.
Deklarativ atamasi deklarativ qiymatlik shaklida ifodalangan bilimlarga qo‘llaniladi. Masalan, “Barmoqlaringizni, suvi qaynab turgan idishga soling”.
Nooshkora bilimlarni ayrim xollarda osti bilimlar deb ataydi. Negaki ularni til yordamida ifodalab berish mumkin bo‘lmaydi. Masalan, sun'iy neyron tizimida ifodalangan bilimlar nooshkora bilimlarni eslatadi, negaki, odatda neyron tarmog‘i uning ichida mavjud bo‘lgan bilimlarning asl ma'nosini bevosita tushuntirib bera olmaydi, ammo u bunday qobiliyatni tegishli dastur mavjud bo‘lganida olgan bo‘lar edi.
Bilimlarni o‘zlashtirib olish uslubi bo‘yicha ilmiylariga (sistematik ravishdi o‘qish va o‘rganish davomida qabul qilingan) va xayotiy, maishiy (xayot davomida olinadigan) larga bo‘linadi.
Adabiyotda uchraydigan yana bir necha aniqlanmalarni ko‘rib chiqamiz.
Intensional bilimlar – obe'ktlarning ayrim sinflarini xarakterlovchi yoki ularga tegishli bo‘lgan bilimlar.
Ekstensional bilimlar – qaysidir bir sinfni konkret obe'ktiga tegishli bo‘lagn bilimlar (faktlar, ma'lumotlar, tasdiqlar).
Qayd etishimiz kerakki, intensional va ekstensional bilimlarning munosabatlari – qardosh – turli munosabatlardir. Masalan, “texnologik operatsiya” – bu interval “payvandlash” (kavsharlash) tushunchasi esa – ekstensionaldir, negaki, “payvandlash” texnologik operatsiyalarning biridir. Ushbu tushunchalar nisbiyligi ochiq ko‘rinib turibdi. Masalan, “payvandlash” tushunchasini, o‘z navbatida “kumush bilan payvandlash” va “qalay bilan payvandlash” tushunchalariga nisbatan intensional deb xisoblash mumkin. Qoidaga ko‘ra bu kabi bilimlar deklarativlilarga tegishli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |