Swiss Re sug‘urta kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib 4,7 mln aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g‘aznachilar, pochta xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. SI ularning vazifasini bemalol bajara oladi.
Sun’iy intellektning laboratoriyadan «tashqariga» chiqqaniga va muammolarni amaliy tarzda yecha boshlaganiga ancha bo‘ldi. U ko‘plab mobil dasturlar va videoo‘yinlarga o‘rnatilgan. Matnlar va tasvirlarni o‘qish algoritmi ham sun’iy intellekt yordamida amalga oshiriladi. Intellektual yordamchilar deb ataluvchilar oddiy savollarga javob berishga, latifalar aytish, internet tarmog‘ida qidiruvlarni amalga oshirishga va o‘z xo‘jayinining xatti-harakatlarini tahlil qilishga qodir. Yuzni tanish tizimi bilan jihozlangan so‘nggi rusumdagi smartfonlar ham sun’iy intellektdir. Neyron tarmog‘ida moslashtirilgan, ya’ni inson miyasi tamoyillaridan foydalangan holda o‘zini o‘zi o‘rganishga qodir.
Yuqoridagilardan tashqari, aksariyat iste’molchilarning robotlarga ishonch bildirmayotganligi SIning ommalashishiga halal berayotgan to‘siqlardan biridir. Odamlar o‘ziyurar mashina yoki samolyotlar xizmatini qabul qilishlari uchun biroz vaqt kerak, albatta. Biroq, zamonaviy texnologiya-lar qurshovida o‘sib-unayotgan yosh avlodda buning aksi bo‘lib, ularni bu jarayon u qadar havotirga solayotgani yo‘q.
Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay SI rivojlanishdan odamlarga yordam berishdan to‘xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot hodimlari bilan o‘ziga xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi. Medtronis kompaniyasi esa IBM bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun maxsus dastur ishlab chiqmoqda.
Mazkur dasturiy ta’minot qon tarkibidagi qand miqdorining favqulodda tushib ketishini 3 soat avval aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun shu kasallika chalingan 600 ta anonim bemorlarning tibbiy ma’lumotlari o‘rganib chiqildi. Bu endi odamlar o‘z salomatliklarini mobil qurilmalardagi maxsus dasturlar orqali muntazam nazorat qilib borish imkoniga ega bo‘lishadi deganidir. Ko‘rib turganingizdek, SI ning hayotimizdagi o‘rni kundan-kunga chuqurlashib bormoqda.
Ular insoniyatning yutug‘imi yoki mag‘lubiyati, degan savol ustidagi bahslar hali uzoq davom etadi. Eng muhimi, fantastik yozuvchi Ishoq Azimov ta’biri bilan aytganda, robotlarni yaratishda odamlarga zarar yetkazmaslik shior qilib olinishi kerak. Sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi. O‘tgan asrning 80-yillari boshlarida sun’iy intellekt ishlab chiqishda mustaqil yo‘nalish shakllangan bo‘lib, u “ekspert tizimlar” deb nomlandi.
Ekspertning (yoki ekspertlar guruhining) o‘rnini egallashi hamda murakkab muammolarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish mumkin bo‘lgan intellektual tizimlar,birinchi navbatda, harbiylarga kerak bo‘ldi, keyin tibbiyot xodimlariga, undan keyin esa bunday tizimlarni joriy qilish bilan inson faoliyatining hamma soha mutaxassislari shug‘ullana boshladi. Ishlanmalarning maqsadi – murakkab funksiyalarni bajarishda natija beradigan, ekspert yoki mutaxassis-ekspertlar guruhi taklif qilgan yechimlardan sifat va samaradorligi bo‘yicha qolishmaydigan dastur yaratishdir.
Ekspert tizimlarning ishlab chiqaruvchilari o‘z fanlari nomi uchun E.Feygenbaum tomonidan kiritilgan “bilimlar injeneriyasi” degan atamadan foydalandilar. Ushbu atama mazkur bilim sohasi nomi sifatida keyinchalik keng tarqaldi. Mantiqiy xulosa chiqarish tizimlaridan (ekspert tizimlaridan) tashqari boshqa yo‘nalishlar ham rivojlantirildi (masalan, neyron tarmoqlar). Obrazlarni farqlay olish uchun tizimlar, jumladan, tabiiy tilni idrok qiladigan tizimlar paydo bo‘ldi. Ba’zi ishlanmalar foydalanishda shu darajada qulay bo‘ldiki, ularning tijorat analoglari ham paydo bo‘la boshladi.
Sun’iy va tabiiy intellekt orasidagi o‘xshashliklar. Zamonaviy ekspert tizimlar ekspertlarning – ma’lum doiradagi masalalarni hal etishda chuqur anglaydigan kishilar (mazkur bilim sohasida mutaxassislarning bilim va ichki 2 hissiyotlari bilan sezishlaridan foydalanadilar. Ekspert tizimlar hisoblash tuzilmasi bo‘lib, tuzilgan mantiqiy tanlov kichik tizimlari va hisoblash operatsiyalarining ehtimoliy to‘plamidan ekspertlar taklifiga ko‘ra, mustaqil ravishda, yechim algoritmini shakllantiradi.
Operatorlarning u yoki boshqa kichik tizimlarini tanlashi avval ekspertlar tomonidan ifodalangan baho va taqqoslashlar asosida yuz beradi. Ekspert tizimi oldida turgan funksiyalarni bajarish usullari ekspertlarning taqdim etgan u yoki bu ssenariyniamalga oshirish mumkinligi darajasi bo‘yicha hamda ma’qul variantni tanlash imkon borligini ifodalovchi chizmalarga asoslangandir.
Ammo har holda mazkur tizimlarni masalalar yechishda tajribaga suyangan holda, o‘zini-o‘zi o‘rgatadigan mexanizmlar ko‘zda tutilmagan, chunki tadqiqot obyektiga ta’sir va uning holatini o‘rganish, ya’ni to‘laqonli faol elementlar va samarali teskari aloqa mavjud emas. Ko‘pgina ekspert tizimlarda avtonom o‘zini-o‘zi tahlil qilish va o‘z ichki tuzilmasini takomillashtirish ko‘zda tutilmagan. Hozirgi zamonaviy dinamik ekspert tizimlar esa ma’lum darajada tashqi muhit o‘zgarishlarini hisobga oladi hamda o‘z ma’lumotlar bazasining tuzilmasini o‘zgartirishga qodir va hozircha bu kerakliyo‘nalishdagi ehtiyotkorona qadamlar hisoblanadi.
Ekspert tizimlaristandart qobiqlari dasturiy ta’minotni yaratishda erishgan katta yutuqlariga qaramasdan (endilikda ularni har bir ekspert mustaqil ravishda, hatto muhandisdasturchilarning yordamisiz, to‘ldirishi mumkin), mazkur murakkab uskunalar hozircha sun’iy intellektning to‘laqonli tizimlari hisoblanmaydi. Biroq ekspert tizimlari mutaxassis ekspertlarning tajribasi va bilimlaridan global miqyoslarda foydalanishga imkon beradi, ularning bilim va tajribasini qo‘llash hatto tajribasiz foydalanuvchilarga ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Neyron tarmoqlar yanada qiziqarliroqdir.
Dastlab neyron tarmoq perseptron (perseptio – idrok qilish) debnomlangan, chunki ularni shakllantirishda asosiy vazifa obrazlarni farqlab olish bo‘lgan. Dastlabki perseptron – Mark-I – birinchi neyrokompyuter (uning yaratish tamoyillari va texnik amalga oshirish variantlari 1957-yilda (F.Rosenblatt) ishlab chiqilgan, 1985-yilda esa birinchi tijorat neyrokompyuteri – Mark–III yaratilgan).
Neyron tarmoqlar elementlari sifatida neyronlarning chiziqli bo‘lmagan matematik 3 modellaridan foydalaniladi, ular tarmoqda juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Neyronlarning ko‘p qismini kirayotgan signalga aksta’sirini o‘zgartirib sozlash mumkin. Agar zarur va keng qamrovli masalalar orasida yechimi oldindan ma’lum bo‘lganlar soni yetarli darajada bo‘lsa, neyron tarmoqni – neyrokompyuterni o‘rgatishni boshlasa bo‘ladi.
Tarmoqni sozlab, o‘rgatib, u orqali barcha ma’lum yechimlarni o‘tkazib, natijada chiqishda zarur javoblar olinadi. Sozlash neyronlarning parametrlarini tanlashdan iborat. Umuman olganda, sozlash uchun tarmoqni o‘rgatuvchi dasturni ishlab chiqish zarur. Sozlashdan keyin tarmoq xuddi shu qatordagi masalalarga to‘g‘ri javob berishiga qodir bo‘ladi. Matematiklar asosli ravishda ekspert tizimlarda va neyron tarmoqlarda masalalar yechish mexanizmi deyarli bir xil deb taxmin qiladilar.
Ammo agar neyron tarmoq holida, hatto uning sozlovchisi uning tuzilmasida o‘rgatish va o‘zini-o‘zi o‘rgatish jarayonida bilim qanday qilib shakllanishini tushunmasa (ya’ni tarmoq “qora quti”ni ifodalaydi ), u holda ekspert tizimga uning yaratuvchilari ushbu ma’lumotlarni (ma’lum rasmiyatchilikdan foydalangan holda) oldindan ma’lum shaklda kiritib qo‘yishlari lozim.
Yaqinda Moskvada sun’iy intellekt tizimiga bag‘ishlangan birinchi Rossiya forumi — RAIF (The Russian Artifisial Intellegense forum) bo‘lib o‘tdi. Unda yirik kompaniyalarning menejerlari va IT-mutaxassislaridan iborat 500 nafar ishtirokchi yig‘ildi. «AiF.ru» nashriga ko‘ra, aqlli mashina texnologiyasi va sun’iy intellekt — ertangi emas, bugungi kun. Ular savdo-sotiq, sug‘urta, bank sohasida, tibbiyotda, ishlab chiqarish sanoatida, qo‘riqlash va boshqa ishlarda foydalanilmoqda.
Xulosa
Ayni vaqtda hayotimizga sun'iy intellekt va robotlar jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Chunki sun'iy intellekt har sohada o'z o'rnini egallab bo'ldi. Misol uchun qo'limizdagi aqlli telefonlardan tortib koinotni zabt etishimizda sun'iy intellektning o'z o'rni mavjud . Ma’lumki, har qanday kompyuter, demakki, sun’iy intellektga ega mashina, ikkilik sanoq tizimi asosida ishlaydi. Bu haqidan maktab informatika kursida yetarlicha ma’lumot beriladi. Atigi ikkita raqamdan iborat sanoq tizimida esa, muayyan algoritmalarni bajarishda o‘ziga xos cheklov-chegaralar yuzaga keladi. Xossatan, haqiqiy sonlar bilan ishlashda, yoki taqribiy hisoblashlarda ikkilik sanoq tizimi yaramaydigan vaziyatlar yuzaga keladi.
Xulosa qilib aytish mumkunki, insonning intellektual faoliyati xar javhada, shuningdek xavotirlar qanchalik о‘rinli va bu qachon yuz beradi — bunisi qorong‘u. Faqat, Elon Maskning sun’iy tafakkur ishlab chiquvchilarga jarayon ustidan nazoratni saqlash muhimligini alohida ta’kidlab yо‘llagan maktubida keltirilganidek, kompyuterlarning maqsadi bizning xohish-istaklarimizga mos kelishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmog‘imiz zarur. Bir sо‘z bilan aytganda, kelajagimiz – о‘sib borayotgan qudratli texnologiyalar va donishmandlik о‘rtasidagi poygada qaysi jihat g‘olib bо‘lishiga bog‘liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. S.S.Qosimov Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Aloqachi 2006y.
2. Orifjonov M. Bekmurodov T. Xojimatova G. ‘‘Ekspert tizimlar’’, Toshkent-‘‘Fan’’-1991y.
4. E.M.Xachaturova, V.A.Karimova ‘‘Sun‘iy intellekt tizimlari’’ TATU 2008
5. D.A.Xalilov ‘‘Sun‘iy intellekt’’ TATU FF 2012
Internet sahifalari.
1. www.etuit.uz
2. http://moodle.fbtuit.uz/course
3. www.ziyonet.uz
4. www.google.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |