Dasturning informatsion-metodik ta’minoti
Dasturdagi mavzularni o‘tishda ta’limning zamonaviy metodlaridan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning «Muammoli ta’lim» texnologiyasining «Munozarali dars» metodidan foydalanish nazarda tutiladi.
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo`llanmalar ro`yxati Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
Islom Karimov. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. “O‘zekiston”, 2009.
Alkaeva L. Ocherki tureskoy literaturы.-- Moskva, 1969.
Ocherk istorii azarbeydjanskoy literaturы.-- Moskva, 1963.
Karataev M. Kazaxskaya literatura na sovremennom etape.-- Alma-ata, 1979.
Qo‘shimcha adabiyotlar
Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi ma’naviy.-Toshkent, 2005.
Jalolidddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir.Toshkent,2004.
Rashod Nuri Guntekin. Choliqushi.-Toshkent,2002.
Nozim Hikmat. Inson manzaralari.-Toshkent,1982.
Yashar Kamol. Inja Mamad.-Toshkent,1968.
Abay. O‘lanlar -Toshkent.2000
Muxtor Avezov. Abay. Abay yo‘li.-Toshkent,1957-1960.
Chingiz Aytmatov Asrni qaritgan kun. Qiyomat.Toshkent,1986.
Chingiz Aytmatov. Kassandra tamg‘asi.-Toshkent, 2003
Maxtumquli. She’rlar.-Toshkent,1976.
Ozmitel Ye. Nasledie klassiki i kirgizskaya literatura.—Frunze,1980.
Kor-Oglы X. Turkmenskaya literatura.—Moskva,1982.
Turkiy xalqlar adabiyoti tarixi. O‘UM, O‘zMU 2011. O‘zbek filologiyasi fakulteti kutubxonasi.
www. feb-web.ru
www. krugosveta.ru
K I R I Sh
«Turkiy xalqlar adabiyoti tarixi» fani qadim tarixga ega. Turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari adabiyoti jahon madaniyatida muhim o‘rin tutadi. “Alpomish”, “Manas”, “Qo‘rqut ota kitobi” kabi folklor asarlari, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Fuzuliy, Abay, Muxtor Avezov, Chingiz Aytmatov kabi ijodkorlar asarlari jahon adabiyoti tarixida o‘ziga xos mavqega ega. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixini, zamonaviy adabiyotini o‘rganish dolzarb ahamiyatga egadir.
«Turkiy xalqlar adabiyoti tarixi» fanida folklor asarlari, yozma adabiyot namunalari, zamonaviy adabiyot asarlari o‘rganiladi. Turk, ozarboyjon, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari adabiyoti tarixi davrlashtiriladi. Asarlarga, adabiy jarayonga tanqidiy va xolis baho bera olish jihatidan bu fan muhim sanaladi
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
«Turkiy xalqlar adabiyoti tarixi» fanidan chuqur bilim berish, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari adabiyoti bo‘yicha yaxlit tasavvur uyg‘otish bu fanning maqsadi sanaladi.
Fanni o‘qitishning vazifalari:
“Turkiy xalqlar adabiyoti” yuzasidan ma’lumot berish;
“Turkiy xalqlar adabiyotini” jahon adabiyotiga taqqoslash;
Turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari adabiyotining o‘ziga xos soha ekanini tushuntirish;
Turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari adabiyoti bo‘yicha bilim berish;
Yozuvchilar, shoirlar hayoti va ijodini o‘rganish kabi bir qator vazifalardan iboratdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
“Turkiy xalqlar adabiyoti” bo‘yicha chuqur nazariy bilimga ega bo‘lishi, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari adabiyotini tahlil qilish, badiiy asarlarga estetik baho berish, adabiy jarayonni ilmiylik asosda baholash ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, estetika, san’at sotsiologiyasi, psixologiya, falsafa fanlarida o‘rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog‘langan dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning turli metodlari orqali o‘tkaziladi.
“Turkiy xalqlar adabiyoti tarixi” kursi bo‘yicha ma’ruza
Do'stlaringiz bilan baham: |