Mavzu-2. Turk adabiyoti (2 soat)
R ye j a:
1. Jaloliddin Rumiyning hayoti va ijodi.
2. Yunus Emro ijodi.
3. Tanzimot davri adabiyoti.
4. Rashod Nuri Guntegin ijodi.
5. Zamonaviy turk adabiyoti.
A d a b i yo t l a r:
1. Alkaeva L. Ocherki tureskoy literaturы M., 1959.
2. Kabakli A. Turk adabiyoti. I jild. Istanbul, 1994.
3. Fitrat. Eng eski turk adabiyotining namunalari. T., Samarqand.1927.
O‘zbek 1. Turklerin oltin kitobi I jild. Terjuman tezislarinde
dezilib basilmishtir. Istanbul, 1990.
Jaloliddin Rumiy. Masnaviy ma’naviy. T., 1999: 2005.
Jaloliddin Rumiy. “Ichingdagi ichingdadur”, T., 1998: 2004.
Garbuzova V. Turk adabiyoti tarixi klassiklari. T., 1960.
Alimbekov A. Turk adabiyoti tarixi xrestomatiyasi. T., 1989.
R.N.Guntegin. “Choliqushi” T., 1971.
YuNESKOning qarori bilan “2007 yil xalqaro Jaloliddin Rumiy yili” deb e’lon qilindi.
Mavlono Jaloliddin Rumiy (1207-1273) hazratlari tavsifida so‘z ketarkan, A.Jomiyning aniq va qisqa ta’rifi yodga keladi:
Man chi guyam vasfi on oliyjanob, Nist payg‘ambar vale dorad kitob.
Tarjimasi: (Men ulug‘ janob Vasfida ne dey, Payg‘ambar emas, lekin kitobi bor).
Mavlono Jaloliddin Rumiyning tasavvuf olamiga kirib kelishi shayx F.Attorning bashorati bilan bo‘lganligi uning ilk tafsirchilaridan Xusomiddin Chalabiydan tortib Davlatshoh Samarqandiygacha o‘tgan shariflar bir ovozdan tasdiqlaydilar. Ahmad Avlokiyning “Manokib-ul-orifin” asarida zikr qilinishicha Damashqda shakllangan Muhiddin Ibn Arabiy maktabining davomchisi sifatida faoliyatda bo‘lgan.
“Forsiy tafsir” nomi bilan ham ulug‘langan “Manaviyi Sharif” o‘n yillar chamasi muddat oralig‘ida yaratilib, Mavlono vafotidan 4 yil avval aruz usuli bo‘lgan masnaviy shaklida yozilgan bu asarni olimlar didaktik doston (Ye.E.Bertels), xamosiy (tik) she’rlar majmuasi (T.Tunomdarion), irfoniy kitob (R.Nikolson), tasavvuf qomusi (A.Shimmel) kabi sifatlar bilan atab, uning janriy o‘ziga xosligini belgilamoqchi bo‘ldilar. “Masnaviyining musharrixlaridan biri Obiddin posho” bu kitobdin usullari usullarining usuli, haq taologa va haqiqatga yetishish sirlarining kashshofi. Bu buyuk fiqx, Alloh taolo dinining ochiq-oshkor dalili, burxoni va taqvo kitobidir” deb baho berilgan.
Rumiyning ilmiy adabiy merosi orasida uning she’riy asarlari “Devoni kabir” (“Ulug‘ devon”)ga jamlangan bo‘lib, unda g‘azal, ruboiy va masnaviy shakllarida yozilgan 3 mingdan ortiq she’rlar bor. Maktubiy “fixi ma fixi” (“nimaiki undadir undandir”) kabi asarlari ham saqlangan. U o‘zbek tiliga turkchadan “Ichingdagi ichingdadur” deb tarjima qilingan.
Yunus Emro (1240-1320) hayoti va ijodi. Shoir she’rlaridagi tasavvufiy qarashlar “Risolat ul nusxiya” (“Nasihatlar kitobi”) asari.
Rashod Nuri Guntegin (1889-1956) hayoti va ijodi. Adibning “Choliqushi” (1924), “Tamg‘a” (1927), “Yashil kecha” (1928) asarlarida turk qishloqlaridagi ijtimoiy, ma’naviy hayotning aks ettirilishi. “Xazonrezgi” asarida jamiyatdagi ma’naviy axloqiy muammolarning yoritilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |