Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti sirtqi bo’lim


Qo’shish va ayirish amallariga doir sodda masalalarning tuzilishi va yechilishi bilan tanishtirish



Download 72,96 Kb.
bet7/11
Sana09.12.2022
Hajmi72,96 Kb.
#882204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DILYAYRA ISLONOVA

Qo’shish va ayirish amallariga doir sodda masalalarning tuzilishi va yechilishi bilan tanishtirish.


Bolalarni sodda masalalar bilan tanishtirishning dastlabki bosqichida o’qituvchi oldida birdaniga bir qancha murakkab muammolar paydo bo’ladi:

  1. Bolalar ongiga masala bilan bog’liq bo’lgan aniq tushunchalarga doir ikkilamchi signallar kirishi va mustahkam-lanishi kerak.

  2. Masala berilgan sonlarni va izlanayotgan sonni ko’ra olish malakasini hosil qilish.

  3. Amallar va ularning komponentlari ongli tenglashga o’rgatish. Bolalar 5 ichida sanashning ba’zi malakalarini egallab olganlaridan keyin, uni o’rganishni davom yettirish bilan birga masalalar va ularni yechish bilan tanishtirish ishini olib borish kerak. O’qituvchi stoldan chap qo’liga 2 ta daftar oladi va "Chap qo’lida 2 ta daftar bor"-deydi, so’ngra o’ng qo’liga yana 2 ta daftar oladi va "O’ng qo’limda 2 ta daftar bor. Ikkala qo’limda nechta daftar bor?" -deydi.

Bolalar harakatli masalalarni yechishni o’zlashtirib olganlaridan va shunday masalalardan birini yechib bo’lganlaridan keyin o’qituvchi bunday deyishi mumkin: "Biz sizlar bilan masala yechdik, endi yana bitta masala yechamiz. Tinglang, men masalani o’qib beraman"-masala shartini o’qiydi, bolalar esa uni yechishadi.
O’qituvchi "Shart, amal, masala, savol yechilishi, javobi" tushunchalari ta’rifini bermaydi.
Bularni bolalar o’zlari amaliy ravishda o’zlashtiradilar.
Navbatdagi darslarning birida o’quvchilar berilgan va izlaayotgan son bilan tanishadilar, Ma’lumki, har qanday tekstli masalani yechish jarayoni bir nechta bosqichdan iborat:

  1. Masalani o’zlashtirish va uning dastlabki tahlili.

  2. Yechimni izlash, yechim rejasini tuzish.

  3. Yechishni bajarish va masala savoliga javob berish.

  4. Yechimni tekshirish va zarur bo’lsa, uni to’g’rilash. Masala savoliga javobni uzil-kesil ifodalash.

Birinchi bosqichda o’quvchining asosiy vazifasi masala nima haqda? Masalada nima ma’lum? Nimani topish kerak?
Bu bosqichning bajarilishi uchun quyidagi usullar ajratiladi:

  1. Masalada tavsiflangan hayotiy vaziyatni tasavvur qilish.

  2. Masala tekstini ma’noli qismlarga bo’lish.

  3. Masala tekstini qayta ifodalash.

  4. Masalada tavsiflangan vaziyatni: a)real predmetlar b)predmet modellar v)rasm yoki chizma shaklidagi grafik modellar yordamida tasvirlash.

Sodda masala qisqa yozuvining shakli har hil bo’lishi mumkin. Qanday shaklni tanlash masala tarkibi va mazmuniga bog’liq. Yozuv shaklini tanlab, berilganlarni va izlanayotganlarni shunday joylashtirish kerakki, ular orasidagi bog’lanishlar eng tushunarli bo’lib ko’rinib tursin. Masalan yuqorida tahlil qilingan masalani ustun shaklida yozish qulay, bu holda yozuv matematik mazmunini yorqin ifodalaydi, berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog’lanish yorqin ko’rinib turadi.
"Parpi 4 ta, Malik esa 5 ta baliqcha tutdi. Bolalar hammasi bo’lib nechta baliqcha tutishdi?" Masalasida qisqa yozuvni bir satrga joylashtirish va berilganlarni katta qavs bilan birlashtirish qulay 46... , 56... Qavs va uning ostidagi so’roq belgisi bu holda berilganlar bilan? Izlanayotganlar orasidagi bog’lanishni ifodalaydi.
Birinchi sinfdan boshlab shartli belgilardan foyda-laniladi. Masalan, "Naimaning 4 ta qo’g’irchog’i bor. Lolaning qo’g’irchoqlari ham shuncha. Naima bilan Lolaning qo’g’irchoqlari birgalikda nechta?" masalasiga (birinchi sinf matematika darsligining 72 - betidagi 2-masala) doir rasmda Naimaning qo’g’irchoqlarini qizil doirachalar bilan, Lolaning qo’g’irchoq-larini ko’k rangli doirachalar bilan belgilanadi.
Bolalar masalani to’g’ri yechish uchun amal tanlashda qanday yordam berish kerak? Avvalo masalani tahlil qilish kerak, tahlil haqida biz yuqorida gapirgan edik. Bolalarni masalada aytilgan konkret vaziyatni tasavvur qilishga, berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog’lanishni tushunishga o’rgatib bo’lganidan keyin o’qituvchi oddiy nabor polotnosidan foydalanishi mumkin, uning alohida cho’ntaklariga bir hil predmetlarning mos sonlarini qo’yish kerak bo’ladi:
Masala tekstida shartda berilganlarga mos keluvchi ayrim ma’noli qismlarni ajratish masalani qisqacha to’g’ri yozish va arifmetik amallarni to’g’ri tanlashga yordam beradi.
Konkret misol qaraymiz. Oldindan doskaga yozib qo’yilgan ushbu "Donho’rakda yettita qushcha bor edi. Yana bir nechta qushcha uchib keldi. Hammasi bo’lib donho’rakga o’nta qushcha qo’ndi. Donho’rakga nechta qushcha uchib keldi?" Masalani o’qib, o’quvchilar o’qituvchi boshchiligida birinchi ma’lumot haqida nima aytilgan bo’lsa hammasini ajratishadi, ya’ni masalaning birinchi ma’noli qismini aniqlaydilar va uni vertikal chiziq bilan ajratib qo’yadilar shundan keyin sharning 2-3 ma’noli qismlarini ajratadilar. Masalan ma’noli qismlarga bunday bo’linganday bo’ladi: "Donho’rakda yettita qushcha bor edi. Yana bir nechta qushcha uchib keldi. Hammasi bo’lib donho’rakga o’nta qushcha qo’ndi. Donxo’rakga nechta qushcha uchib keldi?"
Shundan keyin bolalar ajratilgan har bir qismda eng muhim so’zlar va sonlarni ajratadilar. O’quvchilar ushbularni ta’kidlaydilar: "Yettita qushcha bor". "Bir nechta qushcha uchib keldi". "Hammasi o’nta qushcha bo’ldi". "Nechta uchib keldi?" SHundan keyin masalani qisqa yozish bolalarga qiyinchilik qilmaydi: Bor edi-7
Uchib keldi-? Hammasi-10
Masalaning qisqa yozuvi va qilingan tahlil o’quvchilarning amalni amalni to’g’ri tanlashlariga yordam beradi. Ular nechta qushcha uchib kelganini bilish uchun undan ayirilish lozimligini fahmlaydilar:
10 – 7 q 3
Bolalarga muvoffaqiyatli ta’lim berishda mustaqil ravishda sodda masalalar tuzish malakasi katta ahamiyatga ega. Tarkibli masalalarni yechishda o’quvchilarning sodda masalalar topish va ularni ketma-ket qatorini mustaqil tuzishlariga to’g’ri keladi.
Agar o’quvchi sodda masalalar tuzish malakasiga ega bo’lsa, u holda bunday o’quvchilar tarkibli masala yechishga o’rgatish oson. Sodda masalalarni yechishda bolalarni ularga doir har hil savollarni o’ylab topishga va savollarga doir mos ma’lumotlarni tanlashga majbur qilinishining sababi mana shunda.



Download 72,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish