Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti sirtqi bo’lim


BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARI UCHUN ARIFMETIK MASALALARNING AHAMIYATI



Download 72,96 Kb.
bet4/11
Sana09.12.2022
Hajmi72,96 Kb.
#882204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DILYAYRA ISLONOVA

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARI UCHUN ARIFMETIK MASALALARNING AHAMIYATI.


Bola maktabdagi mashg’ulotlarning birinchi kunidayoq masala bilan uchrashadi. O’quvchilarning qanday hayotiy tajriba va bilimga ega ekanini aniqlash maqsadida o’qituvchi o’quvchiga eng sodda masala orqali murojaat qiladi. Masalan: "Sening to’rtta qalaming bor edi, sen yana bitta qalam olding. Sendagi qalamlar nechta bo’ldi?"
Matematik masalalar o’quvchilarga matematik tushunchalarni to’g’ri shakllantirishga, uni o’rab turgan muhitni chuqurroq anglashga, shu bilan birga masalalar yechishga bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.
Eng asosiylaridan yana biri masalalar yechish orqali o’quvchi to’rtala arifmetik amal va ularning hossalarini puhta o’rganadi. Matematika tili rivojlanadi. Qisqasi, masala bu nazariya bilan amaliyotni bog’lovchi muhim zvenodir.

2. Masala haqida tushuncha.


" M a t e m a t i k ma s a la " o’ z i n i m a ?
Matematik masala -ihcham hikoya bo’lib, unda ba’zi kattaliklarning qiymatlari kiritilgan bo’lib, ularga bog’liq va masala shartida ular bilan ma’lum munosabatlar orqali bog’langan boshqa kattaliklarning qiymatlari izlanadi.
Ammo o’qituvchilar boshqa ta’rifni ham biladilar "Masala-bu so’zlar bilan ifodalangan savol bo’lib, uning javobi arifmetik amallar yordamida olinishi mumkin". Bu ta’rif faqat arifmetik masalalarga taaluqlidir.
Masalada quyidagi tarkibiy elementlarni ajratish mumkin :

  1. Masalaning sharti - syujetning so’zlar bayoni bo’lib, unda son qiymatlari masala tarkibiga kiruvchi kattaliklar orasidagi funktsional bog’lanish oshkor (sonlar yordamida) holda yoki oshkormas shaklda (so’zlar yordamida) ko’rsatilgan bo’ladi;

  2. Masalaning savoli - bunda bir yoki bir necha kattalikning noma’lum qiymatlarini bilish taklif qilinadi.

Shunday qilib, har qanday arifmetik masalada noma’lum son va berilgan sonlardan iborat elementlar albatta bo’lishi kerak.
Demak, istalgan arifmetik masala uch komponentdan iborat bo’lar ekan.

  1. masalaning matni, b) masaladagi sonli faktlar, v) masalaning savoli. Bu uchchala komponent oldida malum t a l a b l a r ham yotadi.

    1. Masalaning matni: qisqa, ravon va tushunarli bo’lishi kerak.

    2. Sonli faktlari: hayotiy, taraqqiyot dinamikamizni ochib beruvchi mantiqan to’g’ri tanlangan, imkoniyat chegarasidan chiqmagan bo’lishi kerak.

V) Matn ohirida so’roq gap tariqasida yozilgan aniq savol bo’lishi kerak. Shart va savol - masalaning asosiy elementlaridir.
Matnli masalalarning asosiy hususiyati shundaki, ularda izlanayotgan sonni topish uchun berilgan sonlar ustida qanday amallarni bajarish kerakli to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatilmaydi. Shu sababli masala matnida berilgan sonlar bilan izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni ko’rsatuvchi biror bilvosita ko’rgazmalar bo’lishi va bu bog’lanish kerakli arifmetik amallarni tanlash va ular tartibini aniqlashi kerak.
Masalaning to’la yechimi shartning tahlilidan; amallarning
bajarilishi tartibini ko’rsatuvchi rejadan; kattalikni u yoki bu qiymati qanday amal bilan topilishi va nega shu amal bilan topilishini tushuntirishdan; arifmetik amallarni bajarish va javobdan iborat bo’ladi.
Masalaning to’la yozma yozilishi juda katta joyni egallaydi va tez yozish ko’nikmasini bo’sh egallagan bolaning ancha vaqtini oladi, shu sababli I-IV sinflarda ham qo’llaniladi. Ammo boshlang’ich sinflarda masala yechimiga beriladigan to’la og’zaki tushuntirishni qo’llashga urinish kerak.
Beriladigan masalalar vaqt bo’yicha ham, bolaning aqliy rivojlanishiga ta’siri bo’yicha ham muhim o’rin egallaydi.
O’quvchining masalani mustaqil yechishdan unda ko’nikma va malakalarning tarkib topishi uchungina emas, balki aloqa (o’quvchi-o’qituvchi) o’rgatish uchun ham foydalaniladi. Bilimlarni tekshirishda masala o’quvchi tafakkurining rivojlanishi haqida fikr yuritish, kerakli amallarni to’g’ri tanlash, hisoblash ko’nikmalari haqida fikr yuritish imkonini beradi.

Download 72,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish