Bolalar eng oldin tanishadigan dastlabki masalalar, tabiiyki bolalar uchun tushunarli bo’lishi kerak. Yig’indi va qoldiqni topishga doir masalalar shunday masalalar jumlasiga kiradi. Bunday masalalarni yechish bilan tanishtirishni parallel olib borish maqsadga muvofiq. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi:
Malika 2 ta qo’g’irchoq va 1 ta qoptok rasmini chizdi. Malika nechta o’yinchoq rasmini chizgan?
Shuhrat jo’yakdan 5 ta pomidor uzdi. Tushlikda 3 ta pomidorni eyishdi. Nechta pomidor qoldi?
Stol ustida 5 ta katak va shuncha bir chiziqli daftar bor. Stol ustida hammasi bo’lib nechta daftar bor?
Bu kabi masalalar 1-sinf darsligining 51 – sahifasidan boshlanadi. Shu sahifaga qadar masalalar rasm asosida berilgan. Chunki u davrda bolalar "Alifbe" ni o’qib tugatmagan bo’ladi. Sodda masalalarning qiyinligi bo’yicha 2-tur bu sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir masalalar:
1.Obidga 7 ta, Anvarga esa undan 3 ta ortiq kitob bor. Anvarda nechta kitob bor? 2.Ozoda 5 ta ertak, Go’zal esa undan 2 ta kam ertak o’qidi. Go’zal nechta ertak o’qigan? Sodda masalalarning navbatdagi qiyinroq turi noma’lum qushiluvchini topishga doir.
Masalan: "Taqsimchada 6 ta nok va bir nechta olma bor. Mevalarning hammasi 9 ta. Taqsimchada nechta olma bor?"
Shundan keyin sonlarni ayirmali taqqoslashga doir va "Nechta ortiq?" va "Nechta kam?" savoli ikki hil masala keladi. Masalan: "Olimda 5 ta Obidda esa 3 ta o’yinchoq bor. Olimning o’yinchoqlari Obidning o’yinchoqlaridan nechta ortiq?" Shu shartning o’zida ikkinchi savolni bunday ifodalash mumkin: "Obidning o’yinchoqlardan Olimning o’yinchoqlaridan nechta kam?"
Shundan keyin o’quvchilar noma’lum kamayuvchi va noma’lum ayiriluvchini topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtiriladi. Bu hil masalalar ismsiz sonlar va syujetli holda beriladi: "Noma’lum sondan olti ayirildi va to’rt hosil bo’ldi. Noma’lum son nimaga teng?"
Keyin syujetli masalalar yechiladi: "O’tloqda o’n ikkita g’oz o’tlab yurgan edi. Bir nechta g’oz darahtlar orasiga kirib ketgandan keyin o’tlokda oltita goz qoldi. Nechta g’oz darahtlar orasiga kirib ketgan?"
Shundan keyin bolalar bir nechta bir hil qo’shiluvchilarning yig’indisini topishga doir masalalarni qo’shish, ko’paytirish bilan yechishga o’tadilar: "Oshhonada har birida uch litrdan to’rt banka meva sharbati bor. Bu bankalarda necha litr sharbat bor?"
So’ng mazmuniga ko’ra bo’lish, teng qismlarga bo’lishga doir masalalar bilan tanishadilar: "Buvida 10 ta sabzi bor edi. U sabzilarni beshtadang qilib bog’ladi necha bog’ sabzi hosil bo’ldi?"- degan masala mazmuniga ko’ra bo’lish bilan "O’n ikkita qalamni uchta o’quvchiga barovardan bo’lib berishdi. Har qaysi o’quvchi nechtadan qalam oldi?" -degan masalaning teng qismlarga bo’lish bilan yechiladi. Qiyinligi bo’yicha masalalarning navbatdagi gruppasi noma’lum ko’paytuvchini topishga doir, undan keyin noma’lum bo’linuvchi va bo’luvchini topishga doir masalalardan iborat. Qiyinligi bo’yicha masalalarning navbatdagi gruppasi noma’lum ko’paytuvchini topishga doir, undan keyin noma’lum bo’linuvchi va bo’luvchini topishga doir masalalardan iborat.
Shundan keyin bolalar karrali taqqoslashga doir masalalar bilan tanishadilar: "Gulzor ustida 8 ta ninachi va 2 ta kapalak uchib yuribdi. Ninachilar kapalaklardan necha marta ko’p? Kapalakalar ninachilardan necha marta kam?".
Shundan keyin 2-sinf o’quvchilari soni bir necha marta kattalashtirish va kichiklashtirishga doir sodda masalalar yechish bilan tanishadilar.
Sonning ulushini va ulushiga ko’ra sonning o’zini topishga doir masalalar bilan 3-sinf o’quvchilari sonlarni karrali taqqoslashlarini o’rgangandan keyin tanishadilar. Ulushlariga doir eng elementar masalalar olib qaraladi: "Kitob 60 betli. Bola kitobning 1q3 qismini o’qidi. Bola necha bet o’qigan?"
So’ng o’quvchilar vaqtga doir sodda masalalar yechish bilan tanishadilar: "Bola uyidan soat 8-u 30 minutda yo’lga chiqdi va soat 8-u 50 da maktabga yetib keldi. Bola yo’lda necha minut sarflaganini soat modeli yordamida toping".
So’ng o’quvchilar vaqtga doir sodda masalalarni yechish bilan tanishadilar: "Bola uyidan soat 8-u 30 minutda yo’lga chiqdi va soat 8-u 50 da maktabga yetib keldi. Bola yo’lda necha minut sarflaganini soat modeli yordamida toping"